1-mavzu: “Pedagogika” fanining maqsad va vazifalari Reja


-rasm. Pedagogikaningasosiykategoriyalari



Yüklə 314,6 Kb.
səhifə2/12
tarix28.04.2023
ölçüsü314,6 Kb.
#107506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-ma\'ruza matni (3)

3-rasm. Pedagogikaningasosiykategoriyalari
Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya- muayyan, aniqmaqsad hamda ijtimoiy tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uningongi, xulq- atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim- o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, kompetentlikn tarkib toptirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, umumlashmalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma - shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish layoqati. Malaka - muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Kompetensiya - egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
Ma’lumot - ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Shakllantirish - shaxsda barqaror xususiyat va sifatlarni belgilangan talab va me’yorlae asosida tarkib toptirish jarayoni.
Rivojlanish - shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
2. Ta’limga oid huquqiy-me’yoriy hujjalar;
2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o’rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjat asosida ta’lim sohasiga doir qator islohotlar amalga oshirildi. Ta’lim tizimini xalq bilan muloqot va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida isloh qilishga asosiy e’tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» PQ-3305-son qarori asosida respublikamizda ilk bor Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son Farmoni va «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «Maktabgacha ta’limtizimi boshqaruvini tubdan takomillash-tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-son Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonda quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilandi:
birinchidan, maktabgacha ta’limsohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ikkinchidan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
uchinchidan, respublikada davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari orasida sog‘ lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta’limmuassasalariga bosqichma- bosqich qamrab olinishini ta’minlash, ularga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, byudjetdan subsidiyalar ajratish, shuningdek, bolalarning maktabgacha ta’ limi va tarbiyasining muqobil shakllarini amaliyotga tatbiq etish;
to‘rtinchidan, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini ta’lim-tarbiya jarayoniga, shu jumladan nodavlat sektorida joriy etish;
beshinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan maktabgacha ta’lim muassasalarini ta’minlash;
oltinchidan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
yettinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish va tajribali yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish;
sakkizinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ratsional va belgilangan me’yorlar asosida sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishini ta’minlash uchun munosib sharoitlar yaratish, ko‘ngilochar va bilim beruvchi mashg‘ulotlar elementlari bo‘lgan, hajmlari va intensivligi asosiy tibbiy taqdimnomalar bilan belgilanuvchi serharakat o‘ yinlar va mashqlar uyushtirish;
to‘qqizinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-3304-son Qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3304-son Qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyati takomillashtirildi.
Mazkur qarorga muvofiq, quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
birinchidan, xalq ta’limi tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni har tomonlama rivojlantirish, o‘quvchilarning bilimi va ma’naviy-axloqiy darajasini yanada yuksaltirish;
ikkinchidan, o‘rta ta’lim maktablari hamda o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta’minlash orqali 11 yillik o‘rta ta’limni joriy etish bo‘yicha tashkiliy-metodik tadbirlar tizimini amalga oshirish;
uchinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga kasb-hunar o‘rgatish hamda umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’limstandartlariga va maktabdan tashqari ta’ limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq xalq ta’limi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatishda metodik rahbarlik qilish;
to‘rtinchidan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitish samaradorligini ta’minlash, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va mehnat ta’limini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
beshinchidan, o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, o‘quvchilarning o‘quv, psixologik va jismoniy yuklamasini optimallashtirishni hisobga olgan holda ta’lim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
oltinchidan, mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilg‘ or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangilangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;
yettinchidan, mehribonlik uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-mehnat ko‘nikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uyg‘unlashuviga ko‘maklashish;
sakkizinchidan, rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan hamda davolanishga va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalarning (shu jumladan inklyuziv) ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora- tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini muvofiqlashtirish;
to‘qqizinchidan, xalq ta’limi muassasalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bo‘limlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish orqali o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, «ommaviy madaniyat» ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash;
o‘ninchidan, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tomonidan davlat ta’lim standartlari va talablari bajarilishining tizimli monitoringini olib borish;
o‘n birinchidan, ta’lim muassasalarida byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni hamda byudjet intizomiga rioya etishni ta’minlash;
o‘n ikkinchidan, ta’lim muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish.
“Maktabning maqsadi insonlarga kasbiymaqsadlariga erishishda yordam berishi kerak, qaysiki o‘zlarining hohishdagi qobiliyatga mos ravishda ushbu jarayonni o‘zida mujassamlashtiraolgan insonlar o‘zlarini ko‘proq band, mahoratli hisoblaydi va jamiyatni barpo etuvchi bo‘lib tarbiyalanadi.” - degan edi Gardner.
Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda; 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan o‘qitish muddatlarida amalga oshirilishi belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, kasb-hunar ta’limi ixtiyoriylik asosida kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11 sinflari o‘quvchilari ta’lim olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o‘rgatish, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta’limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart- sharoitlar yaratish, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 868-son qarori qabul qilindi.
Akademik litsey - o‘rta maxsus o‘quv yurti. Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi. Akademik litseyda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi (gumanitar, texnika, agrar va b. sohalar) bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanlarni chuqur o‘ rganishga qaratilgan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi.
Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi ishlarning qoniqarli emasligini ko‘rsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi ta’lim sifatini oshirish va mazmunini yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bo‘lmoqda.
Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish hamda akademik litseylarda o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlar maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14 martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2829-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorning 2-bandida akademik litseylarning muhim vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari belgilab berildi:
umumta’lim maktablarining eng iste’dodli o‘quvchilarini tanlash, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o‘qishni oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishga maqsadli chuqur tayyorlash;
o‘quvchilarning ijodiy salohiyati namoyon bo‘lishi va faollashishiga ko‘maklashuvchi, individual iste’dodlarni va har bir o‘quvchining qobiliyatlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlarni egallab olish jarayonida mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish;
ilg‘or mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish va uning mazmunini doimiy ravishda yangilab borish.
Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son Qarori qabul qilindi.

Yüklə 314,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə