1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari



Yüklə 168,2 Kb.
səhifə18/43
tarix19.10.2023
ölçüsü168,2 Kb.
#128342
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
Мавзу Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва-fayllar.org

Ish vaqtini jamlab hisobga olish. Hisobga olinadigan davrdagi ish vaqtining muddati ish soatlarining normal miqdoridan oshib ketmaydigan shart bilan korxonada ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilinishi mumkin. Bunda hisobga olinadigan davr bir yildan, kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati esa o‘n ikki soatdan ortib ketmasligi lozim. Ish vaqtini jamlab hisobga olishni qo‘llanish tartibi, shuningdek hisobga olinadigan davr mobaynida xodimlarga har oyda to‘lanadigan ish haqi miqdorini tenglashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar jamoa shartnomasida belgilanadi, agar u tuzilmagan bo‘lsa, - ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.


4.3. Qurilishning boshlang‘ich bahosini joriy narxlarda aniqlashda ish haqi uchun sarflanadigan xarajatlar
Ish haqi uchun sarflanadigan xarajatlar ob’ekt qurilishining normativ mehnat sarfini 1 kishi-soat ko‘rsatkichining joriy narxiga (so‘m) va ijtimoiy sug‘urtaga ajratiladigan to‘lovlarni hisobga oluvchi koeffitsientga ko‘paytirish yo‘li bilan quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Szp = T x Sch x Kss
bu erda:
T – ob’ekt qurilishining normativ mehnat sarfi, resurs smetasi bo‘yicha aniqlanadi, kishi-soat;
Sch – ishchilarning bir soat uchun o‘rtacha ish haqi, ob’ektning dastlabki bahosini aniqlashda, mintaqa bo‘yicha quruvchilarning o‘rtacha oylik ish haqining miqdori asosida hisoblanadi;
Kss – ijtimoiy sug‘urtaga ajratiladigan to‘lovlar miqdorini hisobga oluvchi koeffitsient.
Bir soat uchun o‘rtacha ish haqi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Sch = Zms : F
bu erda:
Zms – avvalgi 12 oy uchun statistika ma’lumotlari asosida aniqlangan quruvchilarning mintaqa bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi, so‘m/oy;
F – O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ma’lumotlari bo‘yicha ishchi vaqtining soatda berilgan o‘rtacha oylik fondi.

Yüklə 168,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə