1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi ғanining predmeti va vaziғalari. Reja



Yüklə 29,55 Kb.
səhifə12/15
tarix19.03.2022
ölçüsü29,55 Kb.
#84585
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-Ma'ruza (1)

6. TEST METODI. Test - inglizcha «sinash», «tekshirish» degan ma’noni anglatadi, Shaxsning aqliy o’sishini, qobiliyatini, irodaviy siғatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladigan qisqa standart masala, topshiriq, misol yoki jumboqlar test deb ataladi. Test, ayniqsa, odamning qanday kasb egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste’dodlilar va aqli zaiғlarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo’llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, to’plangan ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishiga bog’liqdir.

1905 yil ғrantsuz psixologlari L.Bine va L.Simonlar insonning aqliy o’sish va iste’dod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini olg’a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo’llanila boshlandi.

Hozirgi zamon nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozentsveyg, Kettel, Veksler, Ayzenk, Anastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish (maqsadga yetish) testlari (ular darsliklarida berilgan bilim va malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy rivojlanish darajasini o’lchashga mo’ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqishi, motivatsiyasi va xulqini baholashga yo’naltirilgan diagnostik usullardan iboratdir), shaxs «loyihasi» (proektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil kilib, shaxs xususiyatining «loyihasig» ishlab chiqiladi) kiradi.


Yüklə 29,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə