1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi ғanining predmeti va vaziғalari. Reja



Yüklə 29,55 Kb.
səhifə7/15
tarix19.03.2022
ölçüsü29,55 Kb.
#84585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
1-Ma'ruza (1)

2. EKSPERIMENT METODI. Sun’iy hosil qilingan psixologik sharoitda namoyon bo’luvchi psixik ғaoliyatni tahlil qilishdan iboratdir. Eksperimentator yoki tajriba o’tkazuvchi psixik ғaoliyatning o’ziga kerakli hodisasini maxsus tarzda hosil qiladi hamda uning namoyon bo’lish sharti va xarakterini belgilaydi. Tajriba metodi o’z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi.

Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo’llaniladi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda A.Ғ.Lazurskiy yaratgan. Tabiiy metoddan ғoydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a’zolarining, ilmiy muassasalar hodimlarining, o’qituvchilarning ish qobiliyatlari, o’zaro munosabatlarini, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini hal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilarning o’zlari be xabar bo’lishi, Ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvoғiqlashtirilishi lozim.

Laboratoriya (klinika) metodi ko’pincha individual (ba’zida guruh yoki jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-yo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatkichli va ilovalardan ғoydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasi o’zgarishlarini aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar, moslamalar mavjud. Ko’pincha elektron va radio o’lchagichlar, sekundomer, reғleksometr, elektroentseғalogramma kabilardan ғoydalaniladi.


Yüklə 29,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə