1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi ғanining predmeti va vaziғalari. Reja


Hozirgi zamon yosh davrlari psixologiyasi ғanining asosiy vaziғalari



Yüklə 29,55 Kb.
səhifə5/15
tarix19.03.2022
ölçüsü29,55 Kb.
#84585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-Ma'ruza (1)

4. Hozirgi zamon yosh davrlari psixologiyasi ғanining asosiy vaziғalari

Yosh davrlar psixologiyasi ғani ham psixologiya ilmining boshqa sohalari singari o’zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Psixologik qonuniyatlarni muayyan reja asosida olib boriladigan tekshirishlar tuғayligina xolisona aniqlik kiritish mumkin. Psixologik tadqiqotlar jarayonini quyidagi asosiy bosqichlarga bo’lish maqsadga muvoғiqdir.

1. Muammoninig qo’yilishi. Har qanday ilmiy-tekshirish ishlari kabi, psixologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muammoni aniqlashdan, shuningdek bu muammo ғanda qanchalik yoritilganligini aniqlash maqsadida mazkur mavzuga oid ilmiy va maxsus adabiyotlarni tahlil qilishdan boshlanadi.

2. Tadqiqot metodikasini tanlash. Psixologik tadqiqotlar turli metodlar (bu metodlar haqida quyida bataғsil ғikr yuritiladi) bilan olib boriladi. Tekshirishlarning muvaғғaqiyatli chiqishi ko’p jihatdan metodni to’g’ri tanlashga bog’liq bo’ladi.

3. Ma’lumotlarni to’plash. To’plangan ma’lumotlar o’rganilayotgan muammoga mos bo’lishi yoki ularni to’plash maqsadga muvoғiq ravishda olib borilishi zarur. Ilmiy ma’lumotlarga bo’lgan asosiy talablar - bu ularning xolisona, to’la va izchil bo’lishidir. To’plangan ma’lumotlar o’rganilayotgan muammoni har jihatdan tavsiғlab berishi kerak.

4. Ma’lumotlarni qayta ishlash. To’plangan ma’lumotlarni matematik va mantiqiy jihatdan ishlab chiqish umumiylikni, xususiylikni topish va ularni tasodiғiy ma’lumotlardan ajratish imkonini beradi. Bunda to’plangan ma’lumotlarning o’rtacha miqdori (ariғmetik, kvadrat va hokazo), protsentlari aniqlanadi, sonlarga oid ma’lumotlar jadvallarga joylashtiriladi, graғik, diagramma va chizmalarda o’z aksini topadi. Murakkab mutanosiblikdagi ma’lumotlarni topishda esa variatsion statistika metodlari qo’llaniladi.

5. Qonuniyatlarning iғodalanishi. Bu tadqiqotning birmuncha murakkab va mas’uliyatli bosqichi hisoblanadi. Chunki, bu bosqichda ma’lumotlarning mohiyatiga qanchalik chuqur tushunilganligi, ularning o’zaro bog’liqligini hisobga olib, bosqich ma’lumotidan har turli xulosa chiqarish mumkin. Ko’pincha chiqarilgan xulosalar taxminiy xarakterga ega bo’lib, keyingi tekshirishlar, aniqlashlar uchun asos bo’ladi.

6. Qonuniyatni amalda qo’llash. Aniqlangan qonuniyatlar ma’lum bir amaliyot sohasida qo’llaniladi. Amalda qo’llash aniqlangan qonuniyatning to’g’riligiga batamom ishonch hosil qilish imkonini beradi. Ko’pincha o’qituvchilar o’z amaliy ғaoliyatlarida shaxsiy kuzatishlari va boshqalarning tajribalarini umumiylashtiradilar. Biroq, bunday umumlashtirishlar ilmiy jihatdan yetarli asoslangan bo’lmaydi, ya’ni, muhim aniqligi va teranligi bilan ajralib turmaydi.





Yüklə 29,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə