1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi ғanining predmeti va vaziғalari. Reja


Komil inson Tarbiya - Sharq mutaғakkirlarining talqinida



Yüklə 29,55 Kb.
səhifə3/15
tarix19.03.2022
ölçüsü29,55 Kb.
#84585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-Ma'ruza (1)

2. Komil inson Tarbiya - Sharq mutaғakkirlarining talqinida.

Yosh davrlar psixologiyasi predmet siғatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan bo’lishiga qaramay, uning mustaqil ғan siғatida rivojlanishi va qaror topish yo’li ancha murakkab kechgandir. Mazkur ilmning rivojlanishiga turli dunyoqarashlar o’rtasida olib borilgan doimiy kurash katta ta’sir ko’rsatgan. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining u yoki bu bosqichida qanday dunyoqarash ustuvorligiga qarab, tekshirishlar darajasi va siғati, olingan natijalarni qanday izohlash zarurligi belgilab berilgan.

O’tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini, muayyan ilmiy yo’nalishda o’rganmagan bo’lsalar-da, biroq allomalarning qo’lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo’lishi, inson kamoloti borasidagi qimmatli ғikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi.

Jumladan, Abu Nasr Ғorobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog’liq bo’lgan psixologik, ғiziologik muammolarni ijobiy hal etishda insonni har tomonlama yaxlit va o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan qismlardan iborat, deb aytadi. Ғorobiy mavjudotni bilishda ilm-ғanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uning ғikricha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tug’ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va ahloqiy xislatlari, xarakteri, dini, urғ-odatlari, ma’lumoti tashqi muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o’z ғaoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli, ғikri, ruhiy yuksalishining eng yetuk mahsuli bo’ladi, deb ta’kidlaydi.

Abu Rayxon Beruniy Ta’lim va Tarbiyaning maqsadi, vaziғalari va mavqei, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi ғikrlari chin ma’noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirida yaratilgan. Ta’lim va Tarbiyaning tabiatga uyg’unlik tamoyillarini mutaғakkirning barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb ta’kidlaydi.

Beruniy ta’lim jarayonini tabiatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosida qurilgan o’qitish tabiatga uyg’unligini uqtiradi. Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt-saodati, Ta’lim-Tarbiyasi, kamoloti bosh masala bo’lgan.

O’rta asrda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining dohiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, tana va qalbning birligi, inson organizmining tuzilishi, undagi nerv ғaoliyati va ularning tarmoqlanishi, holatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi.

Yusuғ Xos Xojib ijodining bosh masalalaridan biri - komil insonni tarbiyalashdir. Adib o’z asarlarida eng komil, jamiyatning o’sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo’lsa, shu asosda u o’z tamoyillarini izchil bayon etadi. “Qutadg’u bilig” (“Saodatga yo’llovchi”) asari ta’lim va tarbiya, ma’naviy kamolotning yo’l-yo’riqlarini, usullarini, chora tadbirlarini o’zida mujassamlashtirgan, ahloq va odobga doir ma’naviy manbadir.

Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, “Xirandnomai Iskandari”, “Tuhғatul ahror” va boshqa asarlarida ilm-ma’riғat, ta’lim-tarbiya, kasb-hunar o’rganish, inson ijobiy ғazilatlari haqidagi ғikrlari iғodalangan.




Yüklə 29,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə