1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari


IV. Olti Yoshli bolalarni psixologik-pedagogik ko’rik komissiyasi a`zolarining vazifalari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə34/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

IV. Olti Yoshli bolalarni psixologik-pedagogik ko’rik komissiyasi a`zolarining vazifalari
1. Komissiya raisi:
Rais komissiya faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; komissiyaning ish faoliyati samaradorligini ta`minlaydi, uning ish rejasini, kun tartibini tuzadi; a`zolarning ishga bo’lgan mas`uliyati va intizomi ustidan nazorat olib boradi; psixologik-pedagogik ko’rik jaraYOnining belgilangan qat`iy tartib va me`YOrlar asosida o’tkazilishini ta`minlaydi; komissiyaning maqsad va vazifalarini jamoada, ota-onalar o’rtasida targ’ib etadi; tashxis jaraYOnining tashkiliy masalalarini hal etadi; sodir etilgan kamchilik va muammolarni bartaraf etadi YOki tuman, shahar tashxis Markaziga taklif kiritadi. Rais ko’rik komissiyasi faoliyati haqida maktab pedagogik kengashi yig’ilishida hisobot beradi. Tuman, shahar tashxis Markaziga taqdim etiladigan hujjatlarni rasmiylashtiradi.
2. Maktab amaliy psixologi:
Maktab amaliy psixologi psixologik-pedagogik ko’rik komissiyasining mas`ul kotibi hisoblanadi. U komissiya faoliyatiga doir barcha hujjatlarni tayYOrlaydi. Maktab amaliy psixologi komissiya tarkibida olti Yoshli bolalarning maktabga tayYOrlik darajasini aniqlovchi psixologik metodikalarni tanlash, o’tkazish, birlamchi ma`lumotlarni qayta ishlash, interpritatsiya qilish, umumlashtirish, yakuniy tashxis xulosasini chiqarish, barcha mezonlar bo’yicha talablarga javob bergan bolalarga 1-sinfda o’qishlari uchun tavsiyalar berish; maktabga tavsiya etilmagan bolalarni maktabgacha ta`lim muassasalarida YOki uy sharoitida maktabga tayYOrlash xususida ota-onalarga maslahatlar berish vazifalarini bajaradi. U ko’rikning faqat Respublika tashxis Markazi ilmiy Kengashi tomonidan tavsiya etilgan psixologik metodikalar asosida o’tkazilishini ta`minlashga ham mas`uldir.
3. Pedagog (boshlang’ich ta`lim mutaxassisi): Psixologik-pedagogik ko’rik komissiyasining barcha a`zolari bilan
hamkorlikda har bir bolaning psixologik tashxis metodikalaridan to’liq va talab darajasida o’tishini ta`minlash va natijalarni baholash; ko’rikka kelgan bola bilan suhbatlashish, uning ilk o’quv ko’nikmalarining shakllanganligi, maktab haqidagi tasavvurlari, qiziqish va havaslarini so’rab bilish, o’z-o’zini baholash, atrofdagilarga bo’lgan munosabati, ma`naviy-axloqiy jihatlarini o’rganish; bolaning maktabda pedagogik jihatdan o’qishga tayYOrligini aniqlash, xulosa chiqarish va ota-onalarga tegishli maslahatlar berish vazifalarini bajaradi.
4. Maktab vrachi (hamshira):
Psixologik-pedagogik ko’rikdan o’taYOtgan bolaning maktabga jismoniy tayYOrligini o’rganadi, uning tibbiy varaqasidagi barcha YOzuvlar bilan tanishadi va tibbiy komissiya xulosasi bilan bolaning salomatligini taqqoslaydi. Bolani og’iz bo’shlig’i, ko’zi, qulog’i, harakat organlarida kamchilik YO’qligiga to’liq ishonch hosil qilgach psixologik-pedagogik ko’rikdan o’tishga ruxsat beradi. SHuningdek, vrach (hamshira) bolaning ota-onasi bilan uning salomatligi, uyqusi, hatti-harakatlari, ishtahasi haqida suhbat qiladi, bola maktabda o’qishga tavsiya etilganda uning kun tartibini tashkil etish, shaxsiy gigienasiga taalluqli masalalarni ota-onalariga tushuntiradi.
Olti Yoshli bolalarni psixologik-pedagogik ko’rik komissiyasi tarkibida ishtirok etaYOtgan ota-onalar vakillari va zaruriy hollarda taklif etilgan logoped, maktabgacha ta`lim muassasalari mutaxassislari ham komissiya ishida faol ishtirok etadilar, ularning vazifalari komissiya raisi tomonidan belgilab beriladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə