1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə43/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

Geteroziya nazariyasi. O’n to’qqizinchi asr oxiri yigir-manchi asr boshlaridan buYOn ijtimoiy haYOtda turmushda keskin o’zgarishlar sodir bo’lgani insonlar o’rtasidagi ijtimoiy, diniy, milliy, irqiy tafovutlarning kamayishiga olib keldi. Turli millat vakillarining aralash nikohga kira boshlagani bunga YOrqin misoldir. Diniy e`tiqodlar, irqiy farqlar, etnik va milliy xususiyatlar xarakter, an`analar, urf-odatlar, marosimlar, rasm-rusum va hokazolar aralash nikohga hech qanday to’siq bo’la olmadi. HaYOt tarzi har xil mamlakatlari xalqlariga xos xususiyatlar ham aralash nikohni to’xtata olmadi. Aralash nikohga kirish tobora kengaymoqda.
Mazkur nazariyaga muvofiq psixik dunYOdagi qayta qurishlar nasliy belgilar keskin o’zgarishiga sabab bo’ldi, natijada farzandlarning o’sishida kuchayish, jadallashish, akseleratsiya hodisasi vujudga keldi. Biroq mazkur muammoni ilmiy jihatdan atroflicha asoslab berish uchun yuqorida ta`kidlangan omillar etarli emas. SHunga qaramay, geteroziya nazariyasi biologik o’sishda jadallashish jaraYOnini vujudga keltirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Urbanizatsiya nazariyasi. Jamiyat rivojlanishida shaharlarning roli ortishi bu nazariyaga asos qilib olingan. O’n to’qqizinchi asrning o’rtalaridan boshlab, qishloq aholisining shaharga ko’chishi (voqelik tariqasida) avj oldi, ya`ni aholi orasida migratsiya YOki urbanizatsiya hodisasi yuzaga keldi. SHaharning turmush tarzi, o’ziga xos xususiyatlari, axborot tarmoqlarining kengligi, madaniyat darajasi, fan-texnika, transport, maishiy xizmat kabi omillar bolalarning aqliy, axloqiy, jinsiy jihatdan ertaroq voyaga etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Qishloq aholisi bilan shahar xalqining yashash muhiti va turmush sharoitining yaqinlashishi akseleratsiya jaraYOniga ijobiy ta`sir etdi, lekin bu omilning o’zi akseleratsiyaning sababi bo’la olmaydi.
Nutritiv nazariya. Bu g’oyaning tub mohiyati shuki, o’sishdagi jadallashish (akseleratsiya) odamlarning ovqatlanishi yaxshilanishi, iste`mol qilinaYOtgan ozuqalarda darmondorilar miqdorining ko’payishi sababli vujudga keladi. Ushbu g’oya namoyandalarining fikricha, V-b, V-12 darmondorilari va foliev kislotasini odamlar ko’proq iste`mol qilishi mazkur holat namoYOn bo’lishining asosiy omili emish. Tabiiyki, inson o’sishining jadallashuvida darmondorilar ma`lum darajada ijobiy ta`sir etishi mumkin, lekin mazkur omillarning o’zi akseleratsiya uchun muhim va yagona negiz bo’la olmaydi. SHuning uchun tibbiYOt xodimlari gigienachilar, biologlar, fiziologlar, psixologlarning ayrimlari bu g’oyani qo’llab-quvvatlaydi. SHuning uchun tahlil qilinaYOtgan, sharhlanaYOtgan ilmiy nazariya akseleratsiya uchun ma`lum turtki vazifasini o’taydi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə