1-topshiriq Iqtisodiy siyosatni amalga oshirish va baholash


-topshiriq Xususiy tarmoq va tadbirkorlikning milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni



Yüklə 31,73 Kb.
səhifə2/6
tarix29.05.2023
ölçüsü31,73 Kb.
#113990
1   2   3   4   5   6
4-topshiriq

2-topshiriq Xususiy tarmoq va tadbirkorlikning milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni
hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati .
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy
omillaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir.
Tadbirkorlik shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil
faoliyati. Bu faoliyat o'z nomidan, o'z mulkiy ma’suliyati va yuridik shaxsning
yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor qonun tomonidan
ta’qiqlanmagan barcha xo'jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib
olish, maslahat berish, qimmatbaho qog'ozlar bilan ish olib borish bilan
shug'ullanishi mumkin. Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko'zlagan holda
daromad olish uchun sarflanayotgan mablag' bilan bog'liq faoliyatdir .
Jumladan Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek:
“…«O‘ztadbirkoreksport» va «O‘zsanoateksport» aktsiyadorlik jamiyatlari,
shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksporti bilan bog‘liq. Bu borada
kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni ta’minlash kerak.”Davlat
moliyasini barqarorligini ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub’ektlari faoliyatini amalga oshirishning tutgan o'rni jamiyat taraqqiyotida, siyosiy
va ijtimoiy o’zgarishlarning eng muhim omili bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa o’tish
davrida bozor islohotlari turlicha namoyon bo’layotgan mamlakatlar, xususan,
MDH davlatlarida bu tendentsiya yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Bunday sharoitda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini amalga oshirishda qator
funksiyalarni bajaradi. Uning siyosiy funksiyasi jamiyat iqtisodiyotining asosiy
bo’g’ini — o’rta mulkdorlar sinfining shakllanish manbai sifatida namoyon
bo’lishidadir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari – foyda olish
maqsadida resurslardan yanada samarali foydalanishga qaratilgan xo’jalik
faoliyatining muhim turidir. Ushbu jarayon quyidagilar orqali izohlanadi: -
tadbirkorlik kishilarning tavakkalchilik va mas’uliyat bilan bog’liq tashabbuskorlik
faoliyati demakdir; - tadbirkorlik cheklangan va innovatsion yondashuvni talab
qiladigan resurslardan yanada oqilona foydalanishga qaratiladi; - tadbirkorlik
faoliyati qo’shimcha daromad va foyda keltirgan taqdirdagina o’zini oqlagan
hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati davomida, bozor iqtisodiyotining nimani,
qanday, kim uchun ishlab chiqarish kerak, degan muhim masalalari o’z yechimini
topadi .
Iqtisodiy erkinlik (mustaqillik), to’liq moddiy javobgarlik, maksimal darajada
foyda olishga qaratilgan tijorat faoliyati tadbirkorlikning eng muhim iqtisodiy
tamoyillari hisoblanadi. Tadbirkorlikning ikkita muhim turi – savdosotiqqa
asoslangan, narxlardagi farqlar hisobidan foyda olishni nazarda tutadigan hamda
aniq iste’molchining ehtiyojlariga mos holda mahsulot ishlab chiqarish va sotishga
asoslangan faoliyatni ajratib ko’rsatish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
mulkchilikning barcha shakli – davlat, xususiy (rivojlanishda ustunlikka ega),
jamoa, shaxsiy hamda aralash shakllari teng huquqli tarzda taraqqiy etadi .
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fuqarolar bandligini
ta’minlashning muhim sharti hamda aholi daromadining barqaror manbai bo’lib
bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekistonda kichik biznesning
ulushi yalpi ijtimoiy mahsulotning bor-yo’g’i 1,5 foizini tashkil etgan bo’lsa, 2011
yilda ushbu raqam 31, 2012 yil yakunida esa 52,5 foizga ko’tarildi. 2013 yilda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi evaziga 500 mingga yaqin yangi ish
joylari tashkil etildi. 2013 yilda yalpi ichki mahsulotda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning ulushi 55,8 foizga yetkaziladi va 2014 yilda yalpi ichki mahsulot
tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga o'sdi, ushbu sohada bandlik
darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan
74,5 foizigacha oshdi. 2015 yilda bu ko’rsatkich 77,9 foiz, 2016 yilda 78,1 foizga
oshgan bo’lsa, 2017 yilning birinchi choragida 77,7 foizga yetganini kuzatishimiz
mumkin.8 Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan
tushgan daromadlar hissasiga to'g'ri keladi. Rivojlangan mamlakatlarda ushbu
ko’rsatkich 70 foizga yaqinligini hisobga olsak, bizda ushbu yo’nalishning kelajagi
porloqligini e’tirof etish mumkin. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jarayonida
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada qo’llab-quvvatlash, ayniqsa qishloq
joylarida uni ravnaq toptirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ishlab
chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlari
eksportga yo’naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda yurtdoshlarimizning
turmush farovonligini oshirishda muhim o’rin tutmoqda .


Yüklə 31,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə