1-topshiriq Iqtisodiy siyosatni amalga oshirish va baholash


-topshiriq Iqtisodiy o‘sish deganda



Yüklə 31,73 Kb.
səhifə4/6
tarix29.05.2023
ölçüsü31,73 Kb.
#113990
1   2   3   4   5   6
4-topshiriq

4-topshiriq Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning
aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi.
Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda
YaIM hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini
baholashda qo‘llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati bilan aholi
sonining o‘zgarish sur'ati hisobga olinadi. Agar YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati
aholi sonining o‘zgarish sur'atidan yuqori bo‘lsa, aholining turmush faro-vonligi
ortadi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lsa, aholining turmush darajasi
o‘zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish
sur'atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi.
Bu o‘rinda iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi.
Ular: ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi.
Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan
holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga
tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o‘sish tushuniladi.
Misol uchun, bir gektar pomidor maydonidan o‘rtacha 20 tonna hosil olinadi.
Ekstensiv omilda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun yana
bir gektar yerga pomidor ekiladi va barcha agrotexnika tadbirlari xuddi oldingi bir
gektar yerdagi kabi amalga oshiriladi, natijada yana 20 tonna hosil olinib, umumiy
hosil 40 tonnaga yetkaziladi. Yoki non ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish
uchun mavjud korxonaga qo‘shimcha ravishda xuddi shunday quvvatga ega bo‘lgan
yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa,
ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini
kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya'ni
ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud
ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil
ishlab chiqarishning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch,
mablag‘ sarflamasdan mahsulot miqdorining o‘sishi va sifatining oshishida o‘z
ifodasini topadi.
Intensiv usulda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun 2
gektar yerga ekish shart emas, balki aynan o‘sha 1 gektar yerga ilg‘or agrotexnik
usullarni tatbiq etishning (tomchilatib sug‘orish, yerga ishlov berishda texnikalardan
foydalanish, yangi urug‘lar va ularni yetishtirishning ilg‘or usullarini qo‘llash va
h.k) o‘zi kifoya. Yoki non ishlab chiqarishni ikki marta oshirishga oldingi eski
texnikalar o‘rniga zamonaviylarini o‘rnatish, xodimlarning malakasini oshirish, ish
kunini samarali tashkil etish orqali erishish mumkin. Lekin shuni ham alohida
ta'kidlash lozimki, real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohidaalohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan
tarzda bo‘ladi.


Yüklə 31,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə