1-topshiriq Iqtisodiy siyosatni amalga oshirish va baholash


Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari



Yüklə 31,73 Kb.
səhifə5/6
tarix29.05.2023
ölçüsü31,73 Kb.
#113990
1   2   3   4   5   6
4-topshiriq

Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari.
Iqtisodiy xavfsizlik - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy
inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish boʻyicha koʻradigan chora-tadbirlari
majmui. Rivojlangan mamlakatlarda I.x.ni taʼminlash maqsadlarida yirik firma,
kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil qilinadi. Ular bozorlarni oʻrganish, talab
va taklifni prognozlash, ilmiy-texni-ka taraqqiyotini kuzatish va b. ishlarni
bajaradilar. I.h.ni taʼminlashda mahsulot turini munta-zam yangilab turish,
raqobatdor mahsulotlarni i. ch., harajatlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyot darajasida makroiqtisodiy kategoriya
va muayyan mamlakat milliy iqtisodiyotini tavsiflaydi, bozor tizimida xatar
borligidan va bundan hatto milliy iqtisodiyot ham xoli boʻlmasligini, undan
saqlanish zarurligini bildiradi.
Iqtisodiy xavfsizlikning bosh mezoni bu mamlakat ehtiyojlarining uzluksiz
taʼminlanishi hisoblanadi, bu, birinchidan, imkon boricha oʻzini oʻz mahsulot va
xizmatlar bilan taʼminlashni, ikkinchidan, mamlakatda yaratish mumkin boʻlmagan
tovar va xizmatlarni chetdan qulay narxlarda va uzluksiz keltirib turishni bildiradi.
Aks holda iqtisodiyot izdan chiqadi. Milliy iqtisodiyot darajasida I.x.ning muhim 3
yoʻnalishi (oziq-ovqat, yoqilgʻi-energetika, eksport) mavjud.
Mamlakat aholisining oziqovqatga boʻlgan talabini qondirilishi 80%,
mamlakatning energiya omillariga boʻlgan talabining oʻz hisobidan 70—80% ga
qondirilganda xavfsizlikka erishilgan hisoblanadi. Eksport xavfsizligi mamlakat
eksport salohiyatini amalga oshirish imkoniyati bilan belgilanadi. Eksport tarkibida
isteʼmolga tayyor mahsulotlar, birinchi navbatda, ishlov beruvchi sa-noat
mahsulotlari boʻlishi talab etiladi.
Eksportning cheklangan turdagi tovarlarga, ayniqsa, jahon bozorida narxi teztez oʻzgarib turadigan xom ashyo va energiya omillariga bogʻliq boʻlib qolishi
eksport xatarini tugʻdiradi, narxlar pasaygan paytda eksport tushumidagi
yoʻqotishlar mamlakat iqtisodiyotiga zarar keltiradi. Iqtisodiyot globallashgan,
eksport va importning milliy iqtisodiyotga taʼsiri kuchaygan sharoitda iqtisodiy
xavfsizlikni oʻz ishlab chiqarishi bilan taʼminlab boʻlmaydi. Shunday sharoitda
eksport-import aloqalarining muntazamligini strategik sherikchilik asosida
taʼminlash iqtisodiy xavfsizlikni kafolatlaydi.

Yüklə 31,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə