11- mavzu: Byudjet- soliq siyosati Reja


-chizma. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi



Yüklə 498,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix03.06.2022
ölçüsü498,99 Kb.
#88639
1   2   3   4
10-Maruza

11.1.-chizma. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi 
Iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasi davriy byudjet taqchilligi va ortiqchaligi 
miqdorlariga bog’liq. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasayishi (oshishi) sharoitida 
soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va davlat xarajatlarining avtomatik oshishi 
(kamayishi) natijasida yuzaga keladigan davlat byudjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir. 
Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari: 
1. Pul-kredit emissiyasi; 
2. Davlat zayomlarini chiqarish; 
3. Davlat byudjetiga soliq tushumlarini ko’paytirish. 
Davlat byudjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda muomalada pul massasini 
ko’paytirish inflyatsiyaga olib keladi. 
Olib borilgan izchil makroiqtisodiy siyosat natijasida davlat byudjeti taqchilligi pasaytirildi va 
2003, 2004 yillarda YaIM ga nisbatan 0,4 foizni tashkil etdi (1992 yilda 12 %). Bu umumetirof 
etilgan 3 % li me’yordan ancha past ko’rsatkichdir. 
Byudjet taqchilligi asosan noinflyatsion usullar bilan, ya’ni davlat obligatsiyalari chiqarish hamda 
xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar hisobiga moliyalashtirilmoqda. Respublikamizda 
o’tkazilayotgan soliq-byudjet siyosati makroiqtisodiy barqarorlikni
 
ta’minlab turish, ustivor 
tarmoqlarni investitsiyalash, ta’lim sohasini jadal rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish 
maqsadlariga qaratilib kelinmoqda. 
11.4. O’zbekiston Respublikasi byudjet-soliq siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 
sharoitida uning xususiyatlari. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan fiskal siyosatni yanada takomillashtirish, soliqlar va 
byudjet xarajatlaridan iqtisodiyotni barqaror o’stirishni rag’batlantirishning amaliy vositalari sifatida 
foydalanish borasida chora-tadbirlar belgilanayotganda bugun jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan va 
mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o’z ta’sirini o’shtkazayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini 
hisobga olish zarur bo’ladi.
Eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab quvvatlash borasida 2009 yilda quyidagi fiskal choralar 
ko’rilmoqda: 
-korxonalarning byudjet, byudjetdan tashqari fondlar, kommunal xo’jaligi oldidagi qarzlari 
bo’yicha penyalarni hisobdan o’chirish; 
-ortiqcha to’langan qo’shimcha qiymat solig’i summasini korxonalarga qaytarish muddatini 10 
kunga, ya’ni 30 kundan 20 kungacha qisqartirish; 


- “tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan 
korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to’lovlardan – qo’shimcha qiymat solig’i bundan 
mustasno – ozod qilish muddatini 2012 yilgacha uzaytirish”

;
-o’z vaqtida valyuta tushumlari kelib tushmaganligi uchun jarima choralari 
hisoblanadigan muddatni 30 kundan 60 kungacha uzaytirish.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik 
korxonalar uchun yagona soliq to’lovining2008 yilda 10 foizdan 8 foizga, 2009 yildan boshlab esa 7 
foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalarining kamaytirilishi va 
ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni 
izchil rivojlantirish uchun kuchli rag’batlantiruvchi omillar yaratdi 
Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar, nodavlat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni oladigan 
dividendlarining investitsiyalarga, avval olingan kreditlar uchun hisob-kitob qilishga yo’naltiriladigan 
qismi 5 yil muddatga soliqdan ozod etildi. 
Mamlakatimiz ishlab chiqarish korxonalari uchun keng ko’lamli rag’batlantirish tizimi nazarda 
tutilgan. “Jumladan, ular uchun 2012 yilning 1 yanvarigacha quyidagi soliq va bojxona imtiyozlari 
berilmoqda: 
go’sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun bo’shagan 
mablag’larni ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilishga maqsadli ravishda 
yo’naltirish sharti bilan yagona soliq to’lovi stavkasini 50 foizga qisqartirish; 
tayyor nooziq-ovqat tovarlarning muayyan turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni 
foyda va mulk soliqlaridan, mikrofirma va kichik korxonalarni yagona soliq to’lovidan ozod qilish”
1[4]
Inqirozga qarshi dastur doirasida davlat byudjeti va maqsadli nobyudjet davlat jamg’armalari
mablag’lari hisobidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni qo’llab quvvatlash choralari ko’rilmoqda.
Ichki talabni rag’batlantirish maqsadlarida byudjet tashkilotlari ishchilarining oylik ish 
xaqilarini, pensiya, stependiyalarni nafaqalarni oshirish tadbirlari amalga oshirilmoqda. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatni barqaror rivojlantirishga 
qaratilgan bu chora tadbirlar kompleksni amalga oshirilishi O’zbekiston iqtisodiyotida iqtisodiy 
o’sishni va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, xalqimiz turmush farovonligini oshirish 
imkonini beradi.

Каримов И.А. Жа
ҳ
он молиявий-и
қ
тисодий ин
қ
ирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф 
этишнинг йўллари ва чоралари ., Т.: Ўзбекистон, 2009. 30-бет 

Каримов И.А. Мамлакатни модернизация 
қ
илиш ва янгилашни изчил давом эттириш-давр 
талаби./ Хал
қ
сўзи, 2009 йил 14 февраль 

Yüklə 498,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə