11-amaliy mashg’ulot Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida “Ilk qadam” davlat dasturining tahlili Reja



Yüklə 329,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix12.07.2023
ölçüsü329,22 Kb.
#119532
  1   2   3   4   5
Ilk qadam



11-amaliy mashg’ulot 
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida “Ilk qadam” davlat dasturining 
tahlili 
Reja: 
1.
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi 
2.
Davlat o‘quv dasturi boblari tahlili 
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi 
Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston 
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish 
borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat 
bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-
tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni 
ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab 
berilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim 
muassasalarida: 

davlat maktabgacha ta’lim muassasalari; 

maktabgacha 
ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat 
muassasalari; 

maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari; 

maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi 
boshqaruv organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydur. 
Davlat o‘quv dasturi 7bobdan iborat bo‘lib, 
I-
 
bobda MTM davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTMning 
maqsad va vazifalari aks ettirilgan. 
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch 
hujjat hisoblanadi. 
Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. 
Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv 
dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi 
muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va 
amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi

Yüklə 329,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə