13. Mavzu: Strategik marketing: segmentatsiya, pozitsiyalash va maqsadli bozorni tanlash Reja



Yüklə 147,76 Kb.
səhifə18/19
tarix20.06.2022
ölçüsü147,76 Kb.
#89787
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
13-mavzu

Xaridning keyingi taqdiri. Ishlab chiqaruvchi xarid qilgan shaxs uning tovaridan qanday foydalanayapti, degan savollarga ham javob topa olishi kerak. Agar tovar tokchada chang bosib yotgan bo‘lsa, demak, sotib olgan odam undan qanoatlanmagan, u haqidagi fikrlari salbiy. Agar yoqmagan tovar sotib yuborilgan yoki foydaliroq tovarga almashtirilgan bo‘lsa, ishlab chiqaruvchilarning yangi tovar ishlab chiqarish hajmi pasayadi. Bundan tashqari yetkazib beruvchi kompaniya xaridorlar bilan mahsulotni qo‘llashning yangi vositalarini topsa, u bundan yutadi.
Xaridor qachondir sotib olgan tovaridan butunlay voz kechishi, ishlab chiqaruvchi esa o‘z mahsulotidan nimaiki (chiqindi) qolgan bo‘lsa, atrof-muhitga zarar yetkazmasligi uchun harakat qilishi kerak bo‘ladi (bankalar, shishalar va pamperslar bilan bo‘lgan hodisadagi kabi). Ekologiya va chiqindilarni zararsizlantirish muammolarining o‘sib borishi xaridorlarning atirlarning chiroyli shishachalarini tashlab yuborish borasidagi anglashmovchiliklari Fransiya Rochas kompaniyasining parfyumeriya tarmog‘ida yangi g‘oyaga undadi. 1994–yilda Rochas hajmi 30, 50 va 100 ml. bo‘lgan va tugasa mos keluvchi do‘kondan yana to‘ldirib olish imkonini beruvchi flakonlarda yangi «parvoz suvi» ni taqdim etdi.
Xarid qilgan odam uning tovari taqdirini quyidagicha belgilaydi:
1. Mahsulotdan vaqtincha qutiladi. 2. Mahsulotdan qutiladi.
3. Mahsulotdan butunlay qutiladi. 4. Foydalaniladi. 5. Ijaraga beriladi. 6. Qarzga beriladi. 7. Vazifasiga ko‘ra ishlatiladi. 8. Uni qo‘llashning yangi usuli topiladi. 9.Yaxshi kunlar kelguncha, saqlanadi. 10. Berib yuboriladi. 11. Almashiladi.12. Sotiladi. 13. Tashlab yuboriladi.
14. Sotish uchun. 15. Foydalanish uchun. 16. Vositachiga.
Sog‘lomlashtirish modeli. Sog‘liqni saqlash sohasida ijtimoiy marketing uchun iste’molchilar o‘z salomatliklariga nisbatan o‘zlarini qanday tutishlari muhim ahamiyatga ega: chekishni qanday tashlaydilar, yangi parhezga qanday kirishadilar, trenajyor zallariga qanday keladilar va h.k. «O‘zgarish bosqichlari» nomli modelda beshta bosqich ajratiladi:

  1. Avvalgilari. Anglanmagan holda «nimadir qilish kerak»ligi muammo yoki zarurati. Mulohaza yuritish. Muammo va nimanidir o‘zgartirish haqida jiddiy mulohaza yuritish.

  2. Tayyorgarlik. O‘zgarishlarni boshlash haqida qaror qabul qilish va jarayonga tayyorgarlik.

  3. Harakat. Tabiatini (xulq-atvorini) 1 kundan 6 oygacha muddatga muvaffaqiyatli modifikatsiyalash.

  4. Mustahkamlash. Yangi shaklni 6 oydan ortiq muddatga saqlab qolish.

O‘z salomatligi haqida jiddiy tashvishlanishi uchun (chekishdan voz kechish, vaznini kamaytirish v.b.) inson ushbu besh bosqichning hammasidan o‘tishi lozim. Ijtimoiy marketingning vazifasi – inson ushbu jarayonlarning hammasini bo‘ysundira olishi uchun chaqiriq va vositalar topishdir.
5.Xaridor faolligi siklining modeli. Professor Sandar Vandermerve iste’molchining har qanday masalaga nisbatan uchta tabiatining bosqichlarini ko‘rib chiqishni taklif qiladi: «…gacha» «jarayonda» va «keyin» faollikning yuzaga chiqishi.
«…gacha» bosqichida nima qilish kerakligi haqida qaror qabul qilinadi, «…jarayonda» masalani hal qilish yuz beradi, «keyin» inson erishgan muvaffaqiyatni saqlab qolish bilan shug‘ullanadi.
Korporativ xaridor – IBM dan dasturlarning yangi paketini sotib olish haqida mulohaza yuritayotgan bank yoki boshqa ishlab chiquvchining faollik sikli ko‘rsatilayotgan IBM ning vazifasi tanlovni o‘z foydasiga moyil qilish uchun har bir bosqichda xaridor uchun foydali ta’sir etish. Aynan nima taklif qilinishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Bank uchun maksimal foydani «hal qilish» qarorini beradi. Bunday variantni taklif qila borib, IBM xaridorga to‘liq xizmat ko‘rsatadi. Agar kompaniya shunchaki, o‘zining dasturiy ta’minlashini sotganda edi, yetishmayotgan xizmatlar uchun mijozlar boshqa tashkilotlarga murojaat qilishgan bo‘lar edi. Kompleks xizmat ko‘rsatishda bank IBMni afzal ko‘radi, xolos.

Yüklə 147,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə