14-mavzu: Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o`rgatish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ijodiy hikoya qilishga o`rgatish metodikasi


hikoya qilib berishning quyidagi turlarini egallashlari lozim



Yüklə 246,15 Kb.
səhifə2/11
tarix25.12.2023
ölçüsü246,15 Kb.
#161199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
14-mavzu11

hikoya qilib berishning quyidagi turlarini egallashlari lozim:

  • 1. Tanish ertak va hikoyalarni qayta hikoya qilib berish.
  • 2. Mashg'ulotlarda birinchi marta o'qib berilgan hikoya va aytib berilgan qisqa ertaklarni qayta hikoya qilib berish.
  • 3. Ko'rib turgan narsa-buyumlar: o'yinchoqlar, o'simliklar, kiyimlar, idish-tovoqlar, mebellar va hokazolar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.
  • 4. Voqeaviy-sujetli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.
  • 5. Bolalar o'z tajribalari asosida xotiradan hikoya qilib berishlari.

Katta guruh dasturida hikoya qilishning quyidagi turlari bayon etilgan:

  • Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish.
  • Narsa-buyumlar: o'yinchoqlar, o'simliklar. kiyim- kechaklar, idish-tovoqlar, mebellar va hokazolar haqida hikoyalar, ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatuvchi belgilarni tuzish.
  • Rasmlar bo'yicha tasviriy va voqeaviy hikoya tuzish.
  • Xotiradan o'z shaxsiy tajribasida kuzatgan voqea va hodisalarni, narsalarni, bog'chada va uyda nimalar qilganini, guruhda va uyda bo'lib o'tgan eng qiziqarli voqealar haqida hikoya qilib berish.
  • Ta’limiy o'yinlar asosida tasviriy hikoya tuzish: ,,Qo'- g'irchoq, o'yinchoqni top", „Qo'g'irchoq, menda qanaqa gul bor“, „Qo'g'irchoq, top-chi, yonimda kim o'tiribdi?", ,,Qo'- g‘irchoq, qo'limdagi suratlar qaysi ertakdan olinganini top- chi?“ va boshqalar.
  • Ijodiy hikoya qilishga, tarbiyachi tomonidan boshlangan ertak va hikoyani oxiriga yetkazish, tarbiyachi taklif etgan mavzu va reja asosida ertak yoki hikoya to'qish, berilgan 3 — 4 so‘z yordamida ertak yoki hikoya to'qishga o'rgatish.

Bolalarni hikoya qilib berishga o‘rgatishda foydalaniladigan usullar

  • Hikoya namunasini berish usuli.
  • Bunda qandaydir buyumni (predmetni) yoki voqeani jonli va qisqa tasvirlanadi. Bu usul birmuncha yengil usul bo'lib, tarbiyachi bolalarga narsa-buyum, rasm, voqea haqida tayyor hikoya aytib beradi, bolalar hikoyani tinglab, o'z hikoyalari uchun mazmun tanlaydilar, uning hajmini, izchilligini belgilab oladilar. Shuning uchun bu usul bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishga yordam benivchi ta'limiy usul bo'lib hisoblanadi.

Yüklə 246,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə