14-mavzu: Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o`rgatish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ijodiy hikoya qilishga o`rgatish metodikasi



Yüklə 246,15 Kb.
səhifə4/11
tarix25.12.2023
ölçüsü246,15 Kb.
#161199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
14-mavzu11

Jamoa bo'lib hikoya tuzish usuli.

  • Bu usul o'ziga xos bo’lib, undan bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o'rgatishda foydalaniladi. Oldindan belgilab qo'yilgan hikoya rejasini ketma-ket muhokama qilish jarayonida tarbiyachi va bolalar ayrim javoblarni tinglaydilar, ulardan qaysi biri yaxshiroq ekanligini muhokama qiladilar. Tarbiyachi ularni o'ylab topilgan hikoyaning boshlanishi sifatida takrorlaydi. So'ngra navbatdagi eng yaxshi savol tanlanadi, tarbiyachi esa aytilgan eng yaxshi jumlalarning va o'zining gapini birlashtirib, kichik hikoya tuzadi.

Ayrim mashg'ulotlarda hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usulidan foydalanish mumkin, bu usul hikoya tuzishni yengillashtiradi, chunki topshiriq hajmi kamayadi. Shuningdek, mashg'ulot ancha qiziqarli va xilma-xil bo'lib, hikoyalar to'liq va chuqur mazmunga ega bo'ladi, ko'p bolalardan so'rash imko- niyati vujudga keladi.
Mazmuni alohida qismlarga yengil ajraladigan rasmlarni qism bo'yicha tasvirlash mumkin. Masalan, bolalar ushbu rasmlarni qism bo'yicha tasvirlashlari mumkin: „Tovuqlar", „Mushuk bolalari bilan", „Echki bolalari bilan", „Sigir buzog'i bilan", „Qishki o'yinlar" va hokazolar.
Hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usuli.

Savollar berish usuli.

Baholash usuli.

  • Masalan, ikkita o'yinchoqni stol bo'ylab yurgizib, harakat- larini aniq aytib, hikoya qilib berish topshirig'i berilgan.
  • Tarbiyachi hikoya qilib bergan bolaning hikoyasini shunday baholaydi: „Yasha, Salim. Sen birinchi bo'lib hikoya qilib bersang- da, o'rdakchalar qanday harakat qilishlarini aytishni csingdan chiqarmading, Sening hikoyangni qiziqib tingladik".
  • Ba'zan o'rtoqlarining hikoyasini muhokama qilishga bola¬larning o'zini ham jalb qilish mumkin. Bu usul katta guruhlarda qo'JIaniladi. Chunki 6 yoshli bolalar hikoyaning sifatini (to'liq- ligini, qiziqarliligini, ifodaliligini va boshqalarni) ayta oladilar.
  • Shunday qilib, tarbiyachi bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishda foydalaniladigan hamma usullarni juda yaxshi bilishi va bu usullardan sharoitga qarab, mashg'ulot uchun yetakchi usulni tanlashi kerak.

Qayta hikoya qilish — hikoya qilishning birinchi turi hisob¬lanadi. Qayta hikoya qilish tinglangan badiiy asarlarni ma’noli og'zaki nutqda takroriy aytishdir. Qayta hikoya qilish bolalar badiiy nutqining rivojlanishiga, emotsional va obrazli so'zlarni tanlashga o'rgatadi, jonli so'zni egallashga yordam beradi, asarni tinglay bilish, uning mazmunini tushunish ko'nikmasini o'sti- radi, ularni bayon qilishdagi izchillikni, muallifning ifoda usulini eslab qolishga, asarni tushunib, jamoa oldida og'zaki aytib bera olish malakasini shakllantiradi..
Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish

Yüklə 246,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə