14-mavzu: Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o`rgatish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ijodiy hikoya qilishga o`rgatish metodikasi


Intonatsion ifodalilikka oid ishlar



Yüklə 246,15 Kb.
səhifə10/11
tarix25.12.2023
ölçüsü246,15 Kb.
#161199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
14-mavzu11

Intonatsion ifodalilikka oid ishlar

  • Intonatsiya – bu nutqdagi barcha ifoda vositalari­ning murakkab majmui bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:
  • musiqiylik - iborani aytishda ovozning kuchayishi va pasayishi, bu nutqqa turli buyoqlar baxsh etadi va birxillikdan qochish imkonini beradi. Musiqiylik jaranglayotgan nutqning har bir so’zida ishtirok etadi. Balandligi va kuchiga qarab o’zgargani holda unlilar unga ishlov berishni nihoyasiga yetkazadilar;
  • sur’at - nutqiy kesimlar o’rtasidagi pauzalarni hisobga olgan holda nutqning aytilgan fikr mazmunidan kelib chiqqan holda jadallashishi va sekinlashuvi;
  • ritm - urg’uli va urg’usiz bo’g’inlarning bir tekis o’rin almashishi (ya’ni, ularning quyidagi sifatlari: uzoqlik va qisqalik, ovozni balandlatish va pasaytirish);
  • iboraviy va mantiqiy urg’ular - aytilgan fikr mazmunidan kelib chiqqan xolda pauzalar, ovozni balandlatish, so’zlarni talaffuz qilishdagi zo’riqish va uzoqligi bilan ajratish;
  • nutq tembri - (tovush tembri va ovoz tembri bilan aralashtirib yuborilmaslik) tovushning ekspressiv-emotsional buyoqlari (qayg’uli, quvnoq, xazin tembr).

Bolalar nutqini rivojlantirishning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda nutqning tovush madaniyatini shakllantirishni uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin.

  • Birinchi bosqich - bu 1 yoshu b oydan to 3 yoshgacha bo’lgan davr. Ushbu bosqichda (ayniqsa, uning boshida) faol lug’at jadal rivojlanadi. Ilgari shakllanib ulgurgan artikulyatsiya harakatlari yaxlit so’zlarni talaffuz qilishda ishtirok etgani holda unga ayrim o’zgartirishlar kiritiladi, ya’ni bunda aniqlashtirish yuz beradi, u yanada barqarorlashadi. Bolaning yaxlit so’zni aytishga ongli ravishda taqlid qilish qobiliyati rivojlanadi, shu tufayli tarbiyachi bola nutqining tovush jihatiga sezilarli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ladi. Turli tovush taqlidlaridan foydalanish nutqning tovush madaniyatiga doir ishlarning asosini tashkil qiladi.
  • Ishning samaradorligi ortadi, chunki ushbu yoshdagi bolalar bilan mashg’ulotlar kichik guruhlarda olib boriladi.

Yüklə 246,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə