2- mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq va G‘arb falsafasi Reja: Qadimgi Sharq va G‘arbda falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi va falsafiy maktablar


Ilk o‘rta asr Sharq vaG‘arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari



Yüklə 68,29 Kb.
səhifə3/9
tarix23.01.2023
ölçüsü68,29 Kb.
#99065
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 mavzu

2Ilk o‘rta asr Sharq vaG‘arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari.
Yevropada Qadimgi Yunon va Rimdan o’rta asrlar falsafasigacha, ya’ni miloddan ilgarigi I asrdan milodning XIV asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo bo’ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko’rish mumkin: 1. Xristi-anlikning shakllanib davlatdini va mafkurasiga aylannshi. 2. O’rta asrlarga kelib inkvizisiyaning ustuvor yo’nalishga aylanishi. Gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm va boshqa oqimlar o’sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi. Bu davr falsafasida o’z o’rniga ega bo’lgan gnostisizm eramizning 150 yillarida o’zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy ta’limot yaratdilarki, ularning fikricha, Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o’z tabiatining ruhiy jihati bilan xudoga moslashgan. Bu masalada gnostisizm faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar.
Dualizm — gnostisizmning asosiy yo’nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o’rtasida mustahkam chegara mavjud, deb ta’kidlaydilar. Ular ta’limotida materiya hamma vaqt yovuzlik timsolidir. Bundan ular Xudo hyech mahal moddiy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb xisoblaydilar
Apologetlar xristianlik tarixida I va III asrlarda vujudga keldi. Apologetika so’zining lug’aviy ma’nosi "himoya qilish", demaqsir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo’lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta’kib qilishi hyech qanday okdashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o’z asarlarida mushriklik (ko’p Xudolik) adabiyotlaridan olingan bahslashish (dia­log) shaklidan yoki apologetikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar.
Apologetlar asarlarida ikki an’ana yaqqol sezilib turadi. Ya’ni, inkor qilish va tasdiklash. Ular eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka qo’yilgan ayblar — g’ayriodatiy harakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar. Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar. Bu sohada Yustinning "Birinchi apologeya", "Ikkinchi apologeya" asarlarini. Tulcan va_Anaksagor kabi fayla-suflar faoliyatini ta’kidlash lozim.
“Patristika” suzi “ota” (“padre”) so’zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda Yevropada yepiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Sharkda mashhur bo’lgan cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347—407) edi. Uning 640 ta da’vatlaridan ko’pchiligi avliyo Pavel nomalarinint sharhi edi. Uning asarlarida Injilni amaliy qo’llash sof axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.
G’arbda eng yirik cherkov otalaridan biri "Pok" degan unvonga sazovor bo’lgan Avreliy Avgustin (354—430) hisoblanadi. U faylasuf va ilohiyotchi bo’lgan. Uning o’sha davrdagi eng mash-hur asarlaridan biri "Sig’inish" 401 yilda yozilgan. Bu asarda u o’zining xristianlikkacha bo’lgan hayotini yozadi. "Bibliya" oyatlari ramziy — timsoliy bayon kilinadi. U mushriklik falsafasini qora-laydi. Uningcha, bu falsafa insonni xristian dinichalik hyech mahal haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin bahs shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar yozgan.
“Sxolastika” so’zchi yunoncha "shkola"dan ("shola") olingan bo’lib, "o’qish joyi", "maktab" ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o’qituvchi-lik qilganlarni yoki umuman saroy maktabidagi o’qituvchilarni sxo-lastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni o’rganishda falsafani tatbiq qilgan o’rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum darajada ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo’lgan intilish, deb ham baholash mumkin. O’sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilish toqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e’tiqod aqlga muvofiqmi, de-gan savolta javob berish bo’lgan.
Realizm.
Uning yirik vakillaridan biri kenterberiyalik Anselm (1038— 1109)dir. U Shimoliy Italiyada tug’ilgan, 1093 yilda Kenterberiysk shahrining arxiyepiskopi etib tayinlanadi. Anselm o’zining ikki asari bilan mashhur.
Birinchisi, "Monopoliya" — Xudoning borligini sabab va oqibat munosabatlari tizimida isbot qilish. Bu isbot — kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotda ko’p ne’matlardan foydalanadi. Bu ne’matlar esa eng oliy ilohiy ne’matlarning aksidir. Ular orqali hamma narsalar mavjuddir. Uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo’lmagani sababli hamma narsaning, bir sababchisi bo’lishi kerakki, biz uni Xudo deb ataymiz.
Anselmning ikkinchi asari "Prologion" Xudo borligining deduktiv isbotidir. Uning ta’kidlashicha, har bir odam uchun oliy va komil mohiyat haqida g’oya mavjuddir. Bu g’oya esa obektiv mavjudlikka ega bo’lgan reallikka mos keladi.
Arastu ta’limotining ko’p tomonlarini qabul qilgan o’rta asr sxolastlari mo’tadil realistlar, deb atalganlar. Ularning yirik vakillari Per Abelyar va Foma Akvinskiylar bo’lgan.
Britaniyada tutilgan P. Abelyar (1079— 1142) Per Abelyar juda yoshligidanoq o’z bilimi bilan mashxur edi. Abelyar — mo’tadil realistdir. Uning ta’kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab Xudo aklida mavjuddir, undan keyin narsalarnin o’zida mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir, abelyar "Men e’tiqod qilish uchun bilaman", degan g’oyani ilgari surgan. Uning fikricha, insonning o’limi Xudoni rozi qilish uchun emas, balki odamlarni Xudoga bo’lgan muhabbat bilan taajjubga solish va odamlarga axloqiy ta’sir ko’rsatish maqsadida sodir bo’ladi. Bu bilan odamlar o’z hayotini xudoga bo’ysundiradilar. Bu qarash axlo-qiy ta’sir qilish nazariyasi deb ataladi.
Foma Akvinskiy (1224—1292) mo’tadil realizmning yana bir yirik vakili hisoblanadi.
Akvinskiy ta’limoticha, dunyo iyerarxik narvondan iboratdir. Uning eng quyi qismida yer va 4 elementdan iborat bo’lgan hamma narsalar mavjuddir. Odam ruhi xudo va moddiy dunyo o’rtasidagi joyni egallaydi. Dunyoviy jamiyat tepasida esa, papa boshchiligidagi ilohiy davlat turadi.
Sharq mamlakatlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar bir-biri bilan bog’langan, yaxlit jarayon sifatida vujudga kelgan dinlar inson kamoloti borasida faoliyat olib borgan. Yer yuzidagi barcha dinlar inson va jamiyatni kelib chiqishini ilohiy kuch asosida tushuntirib beradi. Mana shunday dinlardan biri VIII asrda Markaziy Osiyoda rivojlangan Islomdir. Islom dining rivojlanishiga Sharq xalqlarining ta’siri katta bo’ldi. Islom dinining muqaddas kitobi «Qur’oni Karim»dir. Qur’oni Karim yer yuzi musulmonlarining dasturi, diniy ahkomlar manbaidir. «qur’on» so’zi arabchadan olingan bo’lib, u «o’qish» deagn ma’noni bildiradi. muhammad payg’ambar 40 yoshga yetganda unga Ollohdan vahiy kela boshlaydi, ya’ni bu payg’ambarlk vahiysi bo’lgan. Shu asosda «Qur’oni Karim» 22 yil davomida vahiy orqali Muhammad payg’ambarga nozil bo’lgan. Unda 114 ta sura, 6236 ta oyat bor. Yigirmata surada oila va u bilan bog’liq masalalar tilga olinishi insoniy jamiyatda juftlik naqadar zarur ekanligini ko’rsatib turadi. Shuningdek, Qur’oni Karimda shariat masalalari ham o’z o’rnini topgan. Qur’oni Karimdan keyin Islom olamida ikkinchi o’rinda turadigan manba bu Hadislar hisoblanadi. Hadisi Sharifda Muhammad payg’ambarning aytgan so’zlari, qilgan ishlari va sahobalari tomonidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari to’g’risida hikoya qilinadi. Hadisi Shariflarni yig’ib kitob shakliga keltirish asosan payg’ambarimiz vafotlaridan keyin amalga oshirilgan. Islom olamining o’sha paytdagi madaniy markazlaridan sanalgan Bog’dod, Damashq, Buxoro, Samarqand, Urganch, Termiz kabi shaharlarda Hadis fani bilan shug’ullanuvchi muhaddislar ko’p bo’lgan va ular Hadis to’plamlarini tuzishgan. Ular ichidan eng ishonchli sanalganlari 6 ta bo’lib, bularni Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Imom at-Termiziy, Imom an - Nasoiy va Imom ibn Mojja tuzishgan.
Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan islom dinini targ’ibotchilaridan va Hadis ilmining mukammal sohiblaridan biri Imom al-Buxoriy (809-869 yillar) dir. O’zining «Al jome’ as-saxix» nomli hadislar to’plamida insonlarni poklikka, kamtarlikka, ogohlikka, mehnatevarlikka chorlovchi hadislarni to’plagan va ayni paytda hadislarning mashhur targ’ibotchisi hamda hadis ilmidan dars beruvchi bo’lgan. Uning shogirdlaridan Shayx ibn Muhammad Yusuf Al-Farobiy shunday ma’lumot beradi. Imom Buxoriyni «Al jome’ as-saxix»larini o’zlaridan 90000 kishi eshitgan ekan. Yana bir shogirdining aytishicha, Imom Buxoriyning Bog’doddalik vaqtidagi darslariga men ham qatnashardim, shunda 20000 dan ortiq talaba hozir bo’lar edi, deydi. Buxoriy odamlarning bir-birlariga o’zaro mehr-shafqatli, inoq bo’lishlarini ta’kidlab, bunday insoniy fazilatlarga ega bo’lgan kishilarni inson tanasini a’zolariga o’xshatadi. U shunday deydi: «Mo’minlar o’zaro do’stlik, mehr va shafqatda xuddi inson tanasidagi a’zolarga o’xshaydilar, zero, uning biror a’zosi og’rigudek bo’lsa, boshqa a’zolari ham bedor va lahos bo’ladilar». «Al jome’ as-saxix» asarida hadislardan tashqari insonlarning kelib chiqishi, jamiyat rivaojanishi uchun zarur omillar, davlatni boshqarish yo’llari, islom marosimchiligi, axloq-odob, ta’lim-tarbiya masalari keng yoritib berilgan.

Yüklə 68,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə