2. 2-Laboratoriya ishi. Nitrat kislota olish texnologiyasi. Nazariy qism


 Ammiakni oksidlash usuli bilan nitrat kislota olish



Yüklə 189,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix23.06.2022
ölçüsü189,91 Kb.
#89975
1   2   3   4
2.2-Laboratoriya ishi. Nitrat kislota olish texnologiyasi.

2.2.1. Ammiakni oksidlash usuli bilan nitrat kislota olish. 
Ishning maqsadi:
Ammiakni oksidlab nitrat kislota olish va reaksiyaning olib 
borilish sharoitiga qarab, unumini aniqlash. 
Ammiak eritmasi orqali havo o`tkazish yo`li bilan olingan ammiak-havo 
aralashmasidan nitrat kislotani sintezlash. 
Kerakli jihoz va reaktivlar:
Nitrat kislota olish qurilmasi rasmda keltirilgan 
250 ml sig’imli konussimon kolba, areometr, 10-12% li ammiak eritmasi, 0,1 mol/l 
konsentrasiyali xlorid kislota eritmasi, kaliy gidroksidi (0,1 mol/l), metiloranj va 
vodorod peroksidi.


Ishning bajarilishi:
Havo-ammiak aralashmasini darajalangan gazometrdan 
navoni 10-12% li ammiak eritmasi bilan to`lg`azilgan kolbaga 8 yuborish orqali 
olinadi. Tajribani o`tkazish uchun ammiakning zichligi ariometr yordamida 
aniqlanadi (10-12% li bo`lish kerak). Gazometr havo bilan to`lg`aziladi. Buning 
uchun 3-chi jo`mrak yopiladi, uch yo`lakli jo`mrak 5 o`rnatiladi va u (┤) holatda 
qo`-yiladi. 2- va 4-chi jo`mraklar ochiladi. So`ngra 12-chi yuttirgichga 0,1 mol/l 
xlorid kislota eritmasidan 50 ml va 18-chi yutgichga 50 ml distillangan suv qu-
yiladi. U suvga 8-12 tomchi vodorod peroksidi tomiziladi. Asbobning germitikligi 
tekshirib ko`riladi. Buning uchun 12- va 18-chi yuttirgichlarning chiqadigan qismiga 
vaqtincha qisqich o`rnatilib 5 chi(┴) va 10 chi (┬) jo`mraklarni ko`rsatilgan holatga 
keltirib 3- va 4-chi gazometrga keluvchi jo`mraklar ochiladi. 
4-rasm. Ammiakni oksidlab nitrat kislota olish (1- variant) 
1- darajalangan gazometr; 2- konsetrlangan ishkor eritmasi solingan yuvgich 
(pufakchalar sanagichi); 3,12 foizli ammiak eritmasi solingan kolba; 4- qattiq kaliy 
gidroksidi solingan quritgich kolonkalari; 5- vannadiyli katalizator solingan nay; 
6- elektropech; 7- termopara; 8- pirometr; 9- nitrat kislota yuvgichi. 
Agar biroz vaqt o`tgach 8-chi kolbada havo pufaklarining piqirlashi to`xtasa va 
difmonometrda 11 bosim o`zgarmasa sistemani germitik deyish mumkin. 
Germitikligiga ishonch hosil qilgach 4-chi jo`mrak bekiladi va 12 xamda 18-chi 
yutgichlarning chiqish ismiga o`rnatilgan qisqichlar olib tashlanadi. Havo ammiak 
aralashmada ammiak miqdorini aniqlash uchun uch yo`lakli jo`mrakni10 (┤) 
holatga burab qu-yiladida undan 2-3 l/soat tezlikda 1l havo o`tkaziladi. Havo oqimi 
tezligini 4-chi jo`mrak orqali 6-chi reometr bo`yicha boshqarib to`g`rilab turiladi. 
Havo- ammiakli kolba oldida, kaliy gidroksid eritmasi bilan 7-chi yuttirish 
sklyankasida, Havo-ammiakli aralashma esa, krisstall holdagi kaliy gidroksidi bilan 


9-chi quritkich kalonkasidan tozalanib o`tadi. Havo-ammiak aralashma 12-chi 
yuttirgichga boradi va u yerda 0,1 mol/l konsentratsiyali xlorid kislotasiga yutiladi. 
1l havo o`tkazilgandan keyin 4-chi jo`mrakni holatini o`zgartirmagan holda 5-chi 
jo`mrakni (├) holatga keltirib gazometrni sistemadan o`chirish kerak. Shundan 
keyin ishni davom ettirganda agar gazometrdagi suv hajmini mumkin kadar bir xilda 
(o`zgarmas holatda) saqlab turilsa havoniyuborishning hajmiy tezligi o`zgarmaydi 
(bir xil bo`ladi). Buning difmonometrning ko`rsatgichi orqali nazorat qilib turiladi.
12- yuttirgichdan eritma qo`yib olinadi yuttirgich ozroq distillangan suv bilan 
yuviladi va uni ammiak eritmasiga qo`shilib metiloranj ishtirokida 0,1 mol/l 
konsentrasiyali kaliy gidrooksidi eritmasi bilan titrlanadi. Analiz natijalariga 
asoslanib 1 l havo ammiak aralashmasidagi yuqorida aytilganidek hajmiy tezlikda 
havo yuborilganda ammiakning massasi hisoblab topiladi: m=(V
0
–V
1
)×0,0017, 
bunda V
0
–yuttirish kolonkasidagi 0,1 mol/l li xlorid kislotasining hajmi ml; V
1
-
titrlash uchun sarflangan 0,1 molyarli kaliy gidroksidining hajmi, ml; 0,0017–0,1 
molyarli xlorid kislotasining 1 ml dagi massasiga to`g`ri keladigan ammiak massasi. 
Havo-ammiak aralashmasidagi ammiak miqdori aniqlangach ammiakni 
oksidlashga kirishiladi. Buning uchun 14-chi pech yoqiladi. O`qituvchi belgilab 
berganharoratga etgach 5- va 10-chi jo`mraklar (┴) holatga keltiriladi va 
gazometrdagi ammiak hajmi belgilab olinadi. Havo-ammiakli aralashma 13-chi 
katalizatorli nay orqali o`tkaziladi va hosil bo`lgan nitroza gazlari to ma`lum hajm 
ammiak (odatda 0,5-2l gacha) sarflanguncha 18-chi yuttirgichlarda (obsorberlarda) 
yuttiriladi. Tajriba doimiy hajmiy tezlikda beriladigan gaz oqimida haroratni 
o`zgartirish orqali yoki o`zgarmas haroratda gaz oqimining hajmi tezligini 
o`zgartirish orqali olib boriladi. Yuttirgichda 18 hosil bo`lgan nitrat kislota 
konussimon kolbaga quyib olinadi, absorberlar ozroq distillangan suv bilan yuviladi 
va nitrat kislota ustiga quyiladi, 3-5 tomchi metiloranj tomizilib 0,1 molyarli kaliy 
gidroksidi eritmasi bilan titrlanadi.
Sintezlangan nitrat kislota massasi quyidagicha formula yordamida aniqlanadi: 
m
1
= 0,0063×VBunda V-0,1 molyarli kaliy gidroksidining hajmi ml; 0,0063-0,1 
molyarli kaliy gidroksidning 1 ml dagi massasiga to`g`ri keladigan nitrat 
kislotasining massasi. 
Gazometrdan olingan ammiak hajmini bilganimiz holda sintezlangan nitrat 
kislotasining reaksiya tenglamasiga muvofiq nazariy unumini (m0) aniqlash 
mumkin. Nitrat kislotasining foizlardagi unumi (η) quyidagicha topiladi. 
Bunda: m
1
–amaliy unum. m
2
-nazariy unum 

Yüklə 189,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə