2-3 Mavzu. Analitik usul validatsiyasining validatsion parametrlari. Dori vositalarini “Chinligi”, “Tozaligi” va “Miqdoriy tahlilining” validatsion parametrlari


Laboratoriya darsini o‘tkazish qoidalari



Yüklə 304,05 Kb.
səhifə2/8
tarix07.07.2023
ölçüsü304,05 Kb.
#119386
1   2   3   4   5   6   7   8
2-3 Mavzu. Analitik usul validatsiyasining validatsion parametrl

Laboratoriya darsini o‘tkazish qoidalari:
Talabalar 3 guruxga bo‘linadi. Xar bir gurux ga dori moddasi tarqatiladi – norsulfazol, novokain, anestezin va uning normativ xujjati tarqatiladi. Xar maxsulotning nitritometrik usulda miqdoriy taxlil usuli beriladi. Xar gurux uzi validatsion gurux raxbarini tayinlaydi. Talabalar usulning validatsion parametrlari bo‘lgan xususiylik, chiziqlilik va aniqlilikni aniqlashni bajarish tartibini avval bayonnoma daftariga to‘liq eritadi. Talaba tomonidan ezilgan valadatsion ishni bajarish tartibi gurux raxbari tomonidan tekshiriladi. So‘ng talaba ishni bajarishni boshlaydi. Olingan natijalar daftarga rasmiylashtiriladi va tegishli xulosalar beriladi. Laboratoriya darsi davomida gurux o‘qituvchisi doimiy ravishda talabalarni nazorat qiladi va olib borayotgan ish yuzasidan muxokama tarzida tekshiradi.
Uyga vazifa: Analitik usul validatsiyasi. Titrimetrik usullar. Nitritometrik usul validatsiyasi (qaytaruvchanlik, sezgirlik, korrelyatsion koeffitsient xisoblash)

Xavfsizlik choralari:
Kimyo laboratoriyalariga faqatgina xavfsizlik texnikasi bilan tanishib maxsus jurnalga imzo qo‘ygan talabalargina kirib ishlashga ruxsat beriladi.
Laboratoriya ishiga tushishdan oldin talabalar texnika xavfsizligini tushungandan so‘ng ruxsat berilishi lozim:
· laboratoriyada tozalik va texnika xavfsizligiga rioya qilish shart;
· laboratoriyada bir kishi ishlashi mumkin emas, xonada kamida ikki kishi ishlashi lozim;
· kimyoviy reaktivlar qadog‘ida yozilgan ko‘rsatmalar asosida saqlanishi shart;
· ishni tugatgandan so‘ng ish joyini tozalash, kimyoviy qoldiqlarni neytrallash va idishlarni zararsizlantirish shart;
· kimyoviy reaktivlarning qoldig‘ini, organik erituvchilar vasuvli kimyoviy moddalar eritmasini rakovinaga to‘kish mumkin emas. Bunday qoldiqlar maxsus idishlarga solinadi (shisha).
Laboratoriya ish joyidaovqatlanish va oziq ovqat maxsulotlarini saqlash man etiladi. Suv ichish va dori moddalarini mazasini tatib ko‘rish man etiladi. Moddalarni xidini zaxarli emasligiga ishonch xosil qilingandan so‘ng aniqlash mumkin. Laboratoriya ishini bajarayotganda mikro usulni qo‘llash tavsiya etiladi.
Laboratoriyada xar doim quyidagini esda saqlash lozim: neorganik birikmalar toksik xususiyatga ega bo‘lganlari juda ko‘p va bundan tashqari alangada portlash xususiyatiga ega. Laboratoriyadapaxta matoli xalatda bo‘lish shart, ximoya ko‘zoynagi bo‘lishi shart. Zaxarli vao‘yuvchi ishqor, kislota moddalari bilan ishlaganda ximoya qo‘lqopidan foydalanish shart. Laboratoriya stollaridashaxsiy buyumlarni qo‘yish, ustki kiyimlarni ilishvaoyoq kiyimlarni qoldirish mumkin emas.
Eritmalarni qizdirish jarayonida probirkaning boshi devor tomonga qaratilishi lozim. Suvda yaxshi erimiydigan va probirkada ozroq suv qolganda eritma toshib uchishi extimoli mavjud. Organik modda qatlami ostidagi suv qaynab otilish extimoli mavjud. SHuning uchun probirka bosh qismini iloji boricha xech kim yo‘q tomonga qaratiladi.
Zaxarli xidli moddalar bilan ishlaganda xavo tortuvchi uskuna tagida ish bajarilishi lozim.
Ishqoriy er metallari, metallar va galogenlar bilan ishlagandan so‘ng qoldig‘i yo‘qotilishi lozim. Kuydirilgan moddalar alangasini qum bilan uchirish lozim.
SHisha idishlar toza yuvilib, quritilishi shart. Organik erituvchilar bilan tozalab yuvib, quritilishi shart.
Idishlarni quritish shkafida tem­perature 110-140 S daquriguncha qoldiriladi va usha erda sovutiladi. Olovli spirtovka yoki elek­troplitkada idishlarni quritish man etiladi.







  1. Yüklə 304,05 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə