2. Byudjet daromadlarining g‘azna ijrosini tashkil qilish. Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa nobyudjet fondlar g‘azna ijrosi. G‘aznachilikda davlat xaridini tashkil etish. O‘zbekistonda g‘aznachilik tizimi taraqqiyoti istiqbollari



Yüklə 329,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix19.02.2022
ölçüsü329,28 Kb.
#83931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 5188308690997876578[1]

zarurligini 

belgilab 

berdi. 

G’azna ijrosini tashkil etishning 



mazmuni 

- davlat budjeti va davlat 

maqsadli  jamg’armalarining  barcha  daromadlarini,  shuningdek,  budjet 

tashkilotlarining  budjetdan  tashqari  mablag’lar  bo’yicha  tushumlarini  yagona 

g’azna hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan 

amalga  oshirishni  nazarda  tutadi.  Bu  esa  davlat  budjeti,  davlat  maqsadli  va 

budjetdan  tashqari  jamg’armalar,  budjet  tashkilotlarining  budjetdan  tashqari 

mablag’lari, davlat qarzlariga xizmat ko’rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini 

va  monitoringini  olib  borish,  davlat  mablag’larining  samarali ishlatilishini 

ta’minlash,  davlat  moliyaviy  resurslarining  harakati  to’g’risida  operativ  tarzda 

ma’lumotlarni jamlash, boshqarish va nazorat qilish imkonini beradi. 

Shu narsa ma’lumki, O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlar bozor 

mexanizmlarini ko’r-ko’rona, sun’iylik bilan tadbiq etib bo’lmaydi, chunki 



jamiyat  a’zolari  o’rtasida  shunday  an’anaviy  ierarxik  munosabatlar  tizimi 

shakllanganki, ularni mensimaslik, keskin qarorlar qabul qilish chog’ida ularni 

e’tiborga olmaslik turli nohush holatlarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, 

iqtisodiyotni  boshqarishning  jahon  amaliyotida  tan  olingan  bir  qator 

mexanizmlarini  iqtisodiy-ijtimoiy  rivojlanish  sharoitlarimizga  tegishli  tarzda 

moslashtirgan holda qo’llash va ijobiy foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Mamlakatimizda  davlat  budjetining  g’azna  ijrosiga  o’tishgacha  bo’lgan 

davrda  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  va  uning  topshirig’iga 

muvofiq  tijorat  banklari 

davlat  budjetining  kassaviy  ijrosini 

amalga  oshirib 

keldilar. 2000 yil 14 dekabrda qabul qilinib, 2014 yil 1 yanvarda Byudjet Kodeksi 

kuchga kirgunga qadar budjet amaliyotining huquqiy asosini tashkil qilib kelgan 

“Byudjet  tizimi  to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublikasi  Qonunining  37-

moddasida  “Davlat  budjetining  kassa  ijrosini  tashkil  etish,  shuningdek  uning 

davlat  daromadlari  va  xarajatlarini  hisobga  olish  O’zbekiston  Respublikasi 

Markaziy  banki  tomonidan  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan 

birgalikda  amalga  oshiriladi.  Davlat  budjetining  kassa  ijrosi  operatsiyalarini 

banklar  Markaziy  bankning  topshirig’iga  binoan  bajaradi”,  -  deb belgilab 

qo’yilgan  edi.  Byudjet  mablag’lari  oluvchilarning  xarajatlari  ularning 

hisobvaraqlaridagi 

budjet 

mablag’lari 

qoldiqlari 

doirasida 

to’lov 

topshiriqnomalari  bo’yicha  amalga  oshirib  kelindi.  Davlat  budjeti  g’azna 

ijrosiga o’tishgacha bo’lgan davrda budjet ijrosi jarayoni quyidagi bosqichlarda 

amalga oshirilar edi: 

-

 

budjet tushumlarini taqsimlash; 



-

 

tegishli  budjetlarda  jamlangan  mablag’larni  budjetdan  mablag’ 



oluvchilarning ularga xizmat ko’rsatuvchi banklarda ochilgan hisobraqamlariga 

o’tkazish. 

Davlat  budjeti  ijrosini  g’aznachilik  mexanizmlariga  o’tkazishning 

quyidagi afzalliklari mavjud

15

 : 


 

qisqa fursatlarda davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning 



istiqbol ko’rsatkichlarini aniqlash; 

 



davlat  moliyasining  holati  to’g’risidagi  tezkor  axborotlarni  yig’ish, 

qayta ishlash va tahlil qilish; 

 

davlat  budjetining  ham  daromadlari,  ham  xarajatlari  qismi  kassali 



ijrosining har kungi detallashtirilgan monitoringini o’tkazish; 

 



tasdiqlangan  budjet  mablag’lari  doirasida  budjet  tashkilotlarining 

tovarlar  va  xizmatlar  etkazib  beruvchilar  oldida  majburiyatlar  qabul  qilish 

bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish) dastlabki nazorat qilish; 

 



taqsimlovchilar tomonidan suiste’mol qilish va noto’g’ri ishlatishning 

oldini olish maqsadida joriy nazorat qilish

budjet  tashkilotlari  majburiyatlarini  olgandan  keyin  pul  mablag’larini 

g’aznachilik 

hisobraqamidan 

to’g’ridan-to’g’ri 

ta’minotchilarning 

hisobraqamiga  o’tkazish  natijasida  pul  oqimlari  harakati  bo’yicha  jarayonlarni 

qisqartirish; 

 



g’aznachilikning  bir  pog’onasidan  ikkinchi  pog’onasiga  pul 


mablag’larini o’tkazishni soddalashtirish natijasida budjet mablag’larini tezkor 

ishlatish. 

Xorijiy davlatlar amaliyotini tahlil qilish natijalari shuni  ko‘rsatadiki, davlat 

tuzilishi  turlicha  bo‘lgan  mamlakatlarda  davlatga  qarashli  mablag‘lar  Moliya 

vazirligining  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  G‘aznachilik  ning  yagona  hisobraqamida 

to‘planadi. Davlat qarzlarini boshqarish g‘aznachilikka yuklatilgan. G‘aznachilik 

muomalaga qimmatli qog‘ozlar chiqarishni, hajmini va to‘lov muddatini nazorat 

qiladi, ularning tarkibiga bog‘liq barcha masalalarni echadi. G‘aznachilik  davlat 

qarzlarini  boshqarishda  turli  bosqichlarda  qatnashadi. G‘aznachilik  bajarilgan 

hisob-kitob operatsiyalari uchun javob beradi. 

 


Yüklə 329,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə