2. Byudjet daromadlarining g‘azna ijrosini tashkil qilish. Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa nobyudjet fondlar g‘azna ijrosi. G‘aznachilikda davlat xaridini tashkil etish. O‘zbekistonda g‘aznachilik tizimi taraqqiyoti istiqbollari


  Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosiga o’tish bosqichlari



Yüklə 329,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix19.02.2022
ölçüsü329,28 Kb.
#83931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 5188308690997876578[1]

4.  Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosiga o’tish bosqichlari 

Davlat  byudjetining  g’azna  ijrosi  davlat  byudjetining 

barcha 

daromadlarini  yagona  g’azna  hisobraqamiga  kiritishdan,  shuningdek,  davlat 

byudjetining xarajatlarini shu hisobraqamdan to’lashdan iborat. 

Davlat byudjeti g’azna ijrosining 



asosiy tamoyillari 

-  kassaning yagonaligi 

hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. 

Davlat  byudjetining  g’azna  ijrosi  qonun  xujjatlarida  belgilab  qo’yiladigan 

maxsus  vakolatli  moliya  organi  hamda  uning  Qorag’alpog’iston  Respublikasi, 

viloyatlar,  tumanlar,  shaharlardagi  hududiy  bo’linmalari  tomonidan  amalga 

oshiriladi. 

Davlat moliyasini boshqarish - davlat o’z vazifalarini samarali bajarishini 

ta’minlash,  moliyaviy  resurslarni  safarbar  qilishda  ma’lum  samaraga  erishish, 

yagona  tizim  asosida  moliyaviy  resurslarni  taqsimlash  va  ishlatish  va  nihoyat 

iqtisodiy  barqarorlashtirish  va  jamiyat  rivoji  uchun  sharoit  yaratish  borasida 

davlat tomonidan ko’riladigan tadbirlar yig’indisidir. 

Davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli 

organlar  bilan  bir  qatorda,  G’aznachilik  ham  alohida  muhim  o’rin  egallaydi. 

G’aznachilik - byudjetdan mablag’ oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul 

qiladi  va  byudjet  tashkilotlariga  etkazib  berilgan  tovar  mahsulotlar,  bajarilgan 

ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun G’aznachilik ularning nomidan va ularning 

topshirig’iga binoan vakolatni o’z zimmasiga oladi va byudjet mablag’larining 

maqsadli  ishlatilishini  ta’minlash  va  nazorat  qilish  asosida  to’lovlarni  amalga 

oshiradi. 

Davlat  byudjeti  g’azna  ijrosi  deganda  davlat  byudjeti,  davlat  maqsadli 

jamg’armalari  va  boshqa  byudjetdan  tashqari  fondlarning  mablag’lari 

to’planadigan  va  ushbu  mablag’lar  doirasida  aniq  belgilangan  yo’nalishlar 

bo’yicha xarajatlar amalga oshiriladigan yagona g’azna hisobraqami orqali davlat 

byudjetining ijro etilishi hamda shu orqali davlat moliyasini maqsadli va samarali 

boshqarishni tashkil etish tushuniladi. 

Davlat byudjeti g’azna ijrosiga o’tishgacha bo’lgan davrda byudjet ijrosi 

jarayoni  quyidagi bosqichlarda amalga oshirilar edi: 

-

 

byudjet tushumlarini taqsimlash; 



-

 

tegishli  byudjetlarda  jamlangan  mablag’larni  byudjetdan  mablag’ 



oluvchilarning ularga xizmat ko’rsatuvchi banklarda ochilgan hisobraqamlariga 

o’tkazish. 

Davlat byudjeti ijrosining bunday tartibida byudjet mablag’larining keyingi 

taqdiri butunlay foydalanuvchilarning ixtiyoriga bog’liq bo’lib qoldi. Davlat byudjeti 

mablag’laridan qay darajada samarali va oqilona foydalanilganligini esa faqatgina 

buxgalteriya  hisobotlari  orqali  so’nggi  nazorat  usullaridan  foydalangan  holda 

tekshirish mumkin edi. 



Mazkur  muammolarni  e’tiborga  olgan  xolda,  Davlat 

moliyasini 

boshqarish  tizimini  isloh  qilish  tadbirlari  doirasida  O’zbekiston  Respublikasi 

Moliya Vazirligi tizimida byudjetni g’aznachilik orqali ijro etish uchun  mas’ul 

bo’lgan institutsional tuzilma shakllantirildi. Bu faoliyat bir necha bosqichlarda 

amalga oshirildi. Ularni xronologik jihatdan quyidagicha tavsiflash mumkin (1- 

jadval): 

 



2002  yilda 

“Davlat  moliyasini  boshkarishni  isloh  kilish”  loyihasi 

ma’qullandi  hamda  uni  tayyorlash  va  amalga  oshirish  bo’yicha  mas’uliyat 

Moliya  vazirligiga  yuklatildi.  Mazkur  loyihaning  maqsadi  “davlat  moliyasini 

boshqarishni 

takomillashtirish, 

zamonaviy 

kompyuterlar 

va 

axborot 


texnologiyalaridan  foydalangan  holda  byudjet  mablag’larining  samarali 

sarflanishini ta’minlash, byudjet ijrosining yangi tizimini yaratishdan iborat”

18

 

bo’ldi. 



 


Yüklə 329,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə