2. Byudjet daromadlarining g‘azna ijrosini tashkil qilish. Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa nobyudjet fondlar g‘azna ijrosi. G‘aznachilikda davlat xaridini tashkil etish. O‘zbekistonda g‘aznachilik tizimi taraqqiyoti istiqbollari


 G’aznachilik faoliyatini tashkil etish asoslari



Yüklə 329,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix19.02.2022
ölçüsü329,28 Kb.
#83931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 5188308690997876578[1]

3. G’aznachilik faoliyatini tashkil etish asoslari 

G’aznachilik  faoliyat  ko’rsatishi  uchun  uning  quyidagi  tashkiliy 

elementlari mavjud bo’lishi va o’zaro bog’liqlikda amal qilishi zarur. Ular: 

1.

 



G’aznachilikning yagona hisobraqami; 

2.

 



G’aznachilikning bosh kitobi; 

3.

 



G’aznachilik organlari; 

4.

 



G’aznachilikning axborot tizimi; 

5.

 



G’aznachilikda budjet mablag’larini boshqarish. 

G’aznachilikning  yagona  hisobraqami. 

O’zbekiston  Respublikasining 

“Davlat  budjetining  g’azna  ijrosi  to’g’risida”gi  Qonuniga  muvofiq  soliqli  va 

soliqsiz  davlat  tushumlarini  to’plash,  saqlash  va  davlat  xarajatlarini  amalga 

oshirish  uchun  G’aznachilik  tomonidan  G’aznachilikning  yagona  hisobraqami 

ochiladi. “Yagona g’azna hisobraqami G’aznachilik tomonidan boshqariladigan 

maxsus  bank  hisobraqami  bo’lib,  bu  hisobraqamda  Davlat  budjeti  mablag’lari 

hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari kiritiladi. Yagona 

g’azna hisobraqamidan davlat budjetida mablag’lari nazarda tutilgan yuridik va 

jismoniy  shaxslarning  xarajatlari  to’lanadi,  shuningdek,  davlat  maqsadli 

jamg’armalarining  xarajatlari  amalga  oshiriladi”

17

.  G’aznachilik  alohida 



operatsiyalarni,  shuningdek,    davlat  maqsadli  fondlarining  mablag’lari  bilan 

operatsiyalarni  amalga  oshirish  uchun  g’aznachilikning  yagona  hisobraqami 

doirasida  subschyotlarini  ochish  huquqiga  ega.  Bu  subschyotlardagi  qoldiqlar 

g’aznachilikning yagona hisobraqami qoldig’ining ajralmas qismi hisoblanadi. 



G’aznachilikning bosh kitobi. 

G’aznachilikning bosh kitobi – budjet ijrosi 

g’azna  usulining  asosiy  elementlaridan  biridir.  G’aznachilik  Bosh  kitobi  bilan 

davlat  moliyaviy  resurslarining  hisob-kitobi  yuritiladi  va  moliya  tizimining 

axborot  tizimi  faoliyat  ko’rsatadi.  G’aznachilikning  Bosh  kitobi  budjet 

operatsiyalari buxgalteriya hisobini yuritishning kompyuterlashtirilgan tizimidir. 

G’aznachilikning  Bosh  kitobida  davlat  tashkilotlari  va  muassasalari  bilan 

bo’ladigan  barcha  moliyaviy  operatsiyalar  o’z 

ifodasini 

topadi. 


G’aznachilikning  Bosh  kitobi  G’aznachilikning  yagona  hisobraqami  va 

subschyotlari 

bilan 

bo’ladigan  operatsiyalardagi  barcha  buxgalteriya 



provodkalarini  aks  ettiradi.  G’aznachilikning  Bosh  kitobi  ham  respublika 

budjetidan,  ham  mahalliy  budjetlardan  mablag’  bilan  ta’minlash  hisob- 

kitobining o’z vaqtida yuritilishini ta’minlaydi. 

G’aznachilik organlari. 

G’aznachilik Moliya Vazirligi tarkibidagi davlat 




organi 

hisoblanadi. 

G’aznachilikning 

Qoraqalpog’iston 

Respublikasi 

G’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmalari, shahar 

va  tumanlarda  G’aznachilik  bo’limlari  kabi  hududiy  organlari  faoliyat  qiladi. 

G’aznachilikka O’zbekiston Respublikasi Moliya  vaziri  o’rinbosari, O’zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tayinlangan  Davlat  G’aznachisi 

rahbarlik  qiladi.  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  Vazirligining buyrug’iga 

muvofiq G’aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi. G’aznachilik 

organlarining  xarajatlarini  moliyalashtirish  respublika  budjetidan  amalga 

oshiriladi. 

G’aznachilikning  axborot  tizimi. 

G’aznachilikka  yagona  axborot  tizimi 

xizmat qiladi. Hozirgi kunda G’aznachilikning yagona axborot tizimi yaratilgan 

bo’lib,  “Davlat  mablag’larini  boshqarishning  axborot  tizimi”  (DMBAT)  deb 

ataladi.  Byudjet  operatsiyalari  bo’yicha  kodlashtirilgan  va  tasniflangan 

ma’lumotlar  DMBAT  ga  avtomatik  ravishda  yuklanadi,  bu  esa  daromadlarni 

tasniflar,  xududiy  belgilari,  budjetdan  mablag’  oluvchi  tashkilotlar  bo’yicha 

aniqlash  imkonini  beradi.  Daromadlar  avtomatik  ravishda  tegishli  budjetlarga 

belgilangan  normativlar  asosida  o’tkaziladi.  Daromadlarning  yillik  va  oylik 

prognoz qilish bilan bog’liq tadbirlar o’zgarishsiz qolsa-da, tushumlarni o’tkazish 

endilikda banklar tomonidan emas, DMBAT tomonidan amalga oshiriladi. 

G’aznachilikda  davlat  budjeti  mablag’larini  boshqarish 

shundan 


iboratki,  G’aznachilik  yagona  g’azna  hisobraqamidan  va  G’aznachilikning 

boshqa bank hisobraqamlaridagi davlat budjeti mablag’larini, davlat budjetining 

xarajatlarini  belgilangan  muddatlarda  amalga  oshirish  uchun  yo’naltirish, 

shuningdek,  davlat  budjetining  vaqtincha  bo’sh  turgan  mablag’larini  bank 

depozitlari  va  boshqa  aktivlarga  vaqtincha  joylashtirish  hamda  ular  hisobidan 

respublika  budjetiga,  Qorag’alpog’iston  Respublikasi  budjetiga,  mahalliy 

budjetlarga,  shuningdek,  davlat  maqsadli  jamg’armalariga  budjet  ssudalari 

berish  yo’li  bilan  boshqarib  boradi.  G’aznachilik  tomonidan  dotatsiyalar  va 

ssudalarni  o’tkazish  yagona  g’azna  hisobraqamidan  yoki  G’aznachilikning 

boshqa  bank  hisobraqamlaridan  davlat  budjetida  mablag’lar  ajratish  nazarda 

tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga o’tkaziladi. 

Bu  amaliyot  bir  necha  o’n  yillar  mobaynida  byudjet  ijrosida  ma’lum 

darajadagi  samara  bilan  qo’llanib  kelindi.  Lekin  keyingi  yillarda  davlat 

byudjetining  kassaviy  ijrosi  davlat  mablag’larini  boshqarish,  byudjet  ijrosini 

tashkil  qilish  va  nazoratini  olib  borish,  mablag’larning  samarali  ishlatilishini 

ta’minlash masalalarida bir qator 



muammolarni 

keltirib chiqardi: 

 



 



byudjet  daromadlari  va  xarajatlari  to’g’risidagi  axborotlarning  etarli 

darajada operativ (tezkor) emasligi

 

daromadlarning  bank  hisobraqamlariga  tushishi  va  byudjetning 



hisobraqamlarida  aks  ettirilishidagi  uzilishlarning  mavjudligi  bois  byudjet 

resurslarini boshqarishdagi tezkorlikning sustligi; 

 

soliq daromadlarining byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida taqsimlanish 




jarayonlarini 

samarali 

tartibga 

solish 


va 

daromadlar 

tushumini 

jadallashtirishning zarurligi; 

 

byudjet  ajratmalarining  hajmlari  bilan  haqiqatda  amalga  oshirilgan 



to’lovlar summalari ko’rsatkichlarining tarqoqligi tufayli mablag’larning tushumi 

va sarflanishi ustidan yagona nazoratning murakkablashuvi; 

 

byudjet  tashkilotlarining  hisobraqamlarida  ishlatilmayotgan  byudjet 



mablag’larining turib qolishi; 

 



byudjet 

mablag’larining 

ajratilishi 

bilan 


ularning 

so’nggi 


iste’molchilarga etib borishigacha bo’lgan vaqtning uzoqligi; 

 



davlat mablag’lari harakatining murakkablashuvi va hajmlarining ortib 

borishi bilan ulardan oqilona foydalanish ustidan dastlabki nazoratning va joriy 

monitoringning zarurligi va boshqalar. 

Sanab o’tilgan muammolar kecha yoki bugun yuzaga chiqmadi, ular yillar 

davomida  yig’ilib,  tezkor  sur’atlar  bilan  rivojlanib  borayotgan  jamiyat 

taraqqiyotiga  halaqit  bera  boshladi.  Byudjet  ijrosi  ustidan  nazoratning  sustligi, 

mablag’larni  operativ  boshqarish  imkoniyatining  kamayib  borayotganligi, 

byudjet  ijrosi  to’g’risidagi  tezkor  va  aniq  ma’lumotlarni  olish,  jamlash,  qayta 

ishlash  va  tegishli  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilishdagi  qiyinchiliklar  davlat 

moliyasini  boshqarish  tizimida  islohotlar  qilishni,  byudjet  mablag’larini 

boshqarishning samarali usul va vositalarini izlab topib, tadbiq etishni talab etdi 

va davlat byudjetining kassaviy ijrosidan g’azna ijrosiga o’tishning 




Yüklə 329,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə