2 I bob matematik modellar



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə10/17
tarix11.05.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#86478
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
2 I bob matematik modellar

Jordan-Gauss usuli

Jordan-Gauss usuli chiziqli tenglamalar tizimini yechish uchun zarurat tug‘ulganda A-1 teskari matritsani topish uchun eng qulay usullardan biridir. Bu usul mohiyati quyidagidan iborat: Tizimdagi birinchi tenglamadan ixtiyoriy 0 dan farqli koeffitsientli noma’lum tanlanadi va birinchi tenglamaning hamma hadlari shu koeffitsientga bo‘linadi. Birinchi tenglama yordamida tanlangan noma’lum boshqa hamma tenlamalardan yo‘qotiladi. Ikkinchi tenglamadan ixtiyoriy 0 dan farqli koeffitsientli noma’lum tanlanadi va ikkinchi tenglamaning hamma hadlari shu koeffitsientga bo‘lib chiqiladi. Bu tenglama yordamida tanlangan noma'lum qolgan hamma tenlamalardan yo‘qotiladi va hokazo.

Tizimni yechish jarayonida quyidagi hollar yuz berishi mumkin:

- birorta tenglamaning chap tomoni 0 ga aylanib, o‘ng tomoni 0 dan farqli bo‘lib qolishi mumkin. Bu holda tizim yechimga ega bo‘lmaydi.

- birorta tenglamaning chap tomoni va o‘ng tomoni ham 0 ga aylanib, qolishi mumkin. Bu tenglamani noma'lumlarning ixtiyoriy son qiymatlari qanoatlantirganligi sabab uni tashlab yuborish mumkin.

- har bir tenglamadan bittadan noma'lum topilgandan so‘ng tizim yechimi hosil bo‘ladi.

Misol.

1)Birinchi tenglamadagi х1 ni boshqa tenglamalardan yo‘qotish uchun 1-tenglamani 2 ga ko‘paytirib 2-tenglamaga, (-1)ga ko‘paytirib, 3-tenglamaga qo‘shamiz. Natijada quyidagi tizim hosil bo‘ladi:

2)Ikkinchi tenglamadan х2 ni tanlab, bu tenglamani х2 oldidagi koeffitsient 3ga bo‘lamiz. Bu yerda koeffitsient 3 ni aniqlovchi koeffitsient deb ataymiz. Hosil bo‘lgan tenglamani (-1)ga ko‘paytirib birinchi tenglamaga qo‘shamiz. Natijada quyidagi tizimni hosil qilamiz:



3)Bu tizimdan 3 - tenglamani х3 oldidagi koeffitsient 2 ga bo‘lamiz. Hosil bo‘lgan tenglamani ga ko‘paytirib 1-tenglamaga va ga ko‘paytirib, 2-tenglamaga qo‘shamiz.



Jordan - Gauss usuli bo‘yicha qilgan hamma ishlarimiz natijasida



matritsani


birlik matritsaga aylantirdik. Bundan bajargan hamma algebraik almashtirishlarimiz berilgan A matritsani А-1 matritsaga ko‘paytirishga ekvivalent ekanligi ko‘rinadi.

Misol.



Berilgan tizimga Jordan-Gauss usulini qo‘llab, quyidagi tizimga ega bo‘lamiz.



Bundan tizimning umumiy yechimini topamiz.

Bu yerda x1, x2, x3 o‘zgaruvchilarga bazis o‘zgaruvchilar, x4 o‘zgaruvchiga esa ozod o‘zgaruvchi deyiladi. Chunki bu o‘zgaruvchi turli qiymatlarni qabul qilishi mumkin. Ozod o‘zgaruvchiga nol qiymat berib, tizimning bazis yechimlari topiladi, ya'ni




Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə