2 I bob matematik modellar


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ................................... 38



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə2/17
tarix11.05.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#86478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2 I bob matematik modellar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ................................... 38

KIRISH

Hozirgi kunda iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida olib borilayotgan tub iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda, matematik apparatdan har tomonlama keng foydalanish ijobiy natijalar beradi.

Bozor iqtisodiyoti murakkab, o’zaro bir-birini taqozo etuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, unga noaniqlik va tavakkalchilik elementlari xosdir. Bunday sharoitda iqtisodiy jarayonlarni o’rganishda iqtisodiy-matematik usullar va modellardan foydalanish kutilishi mumkin bo’lgan salbiy hodisalarning oldini olish imkonini beradi.

«Matematik modellashtirish» fani ilmiy asoslangan qonuniyatlar asosida u yoki bu iqtisodiy jarayonlarning hozirgi holati asosida uning istiqboldagi o’zgarishlarini oldindan ko’rsatib berishga imkoniyat yaratadi. Chunki, bozor kon‟yunkturasini oldindan bashoratlamasdan turib, korxonalar mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish strategiyasini belgilay olmaydilar. Bozordagi raqobat kurashi korxonalarga kelajakda o’z mahsulotlarini raqobatbardosh, sifatli va arzon narxlarda ishlab chiqarishni taqozo etadi.

«Matematik modellashtirish» fanining asosiy maqsadi talabalarga murakkab iqtisodiy tizimlarni matematik modellashtirishning nazariy va uslubiy asoslarini o’rgatishdan, aniq iqtisodiy ob‟ektlar misolida modellarni yaratilishi, ularning iqtisodiy mazmuni, qo’yilgan masalalarni kompyuter dasturlarida yechish va olingan natijalarni iqtisodiy talqin qilish kabi bosqichlarni o’rgatishdan iboratdir.

«Matematik modellashtirish» fani o’quv rejasidagi «Iqtisodiy-matematik usullar va modellar», «Ekonometrikaga kirish», «Iqtisodiyotda miqdoriy usullar»,

«Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika» kabi fanlar bilan aloqada bo’ladi. Fanning birinchi bo’limida korxonalar darajasida optimallashtiruvchi modellar keltirilgan. Keyingi bo’limlarda diskret modellashtirish, stoxastik modellashtirish, milliy iqtisodiyot bo’yicha iqtisodiy-matematik modellarni (ishlab chiqarish funksiyaci, tarmoqlararo balans modellari, ekonometrik modellar) tuzilishi va ulardan amalda foydalanish asoslari keltirilgan.

Тalabalar fanning har bir mavzusini nazariy o’rganish bilan bir qatorda laboratoriya mashg’ulotlarida aniq iqtisodiy jarayonlar va ko’rsatkichlar asosida ularning matematik modellarini tuzish, kompyuter texnologiyalari va mos ravishda dasturiy vositalarni qo’llab, masalalarning aniq miqdoriy yechimlarini olib, iqtisodiy tahlil qilish bilan yakunlaydilar. Iqtisodiy masalalarni yechishda zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida PER, TSP, Excel, LPX, Statistica, Eviews, SPSS kabi jahonning ko’plab oliy o’quv yurtlarida, iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishda qo’llanilayotgan dasturlardan keng foydalaniladi. Fanni o’rganish yakunida talabalar mustaqil ravishda iqtisodiy masalalarni qo’yish, ularning matematik modellarini tuzish, ushbu modellarni unga mos keluvchi usullar va kompyuter texnologiyalari asosida yechish hamda iqtisodiy tahlil qilishni o’rganadilar.




Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə