2 I bob matematik modellar


Bozor iqtisodiyoti sharoitida modellashtirishning ahamiyati



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə4/17
tarix11.05.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#86478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2 I bob matematik modellar

1.2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida modellashtirishning ahamiyati

Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki, birinchidan, bozor tavakkalchilik va noaniqlik elementlariga ega; ikkinchidan, resurslarning chegaralanganligi; uchinchidan, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasida raqobatning mavjudligi; to’rtinchidan, iqtisodiy ko’rsatkichlarni istiqboldagi holatini oldindan ko’ra bilish va boshqalar. Iqtisodiy jarayonlar turli xil va bir-biridan aniq bir belgilari bilan farqlanadi.

Kuzatilayotgan ob’ektlarni chuqur va har tomonlama o’rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro’y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun ob’ektlar hamda ularning xossalari kuzatiladi va ular to’g’risida dastlabki tushunchalar hosil bo’ladi. Bu tushunchalar oddiy so’zlashuv tilida, turli rasmlar, sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar model deb aytiladi.

Model so’zi lotincha modulus so’zidan olingan bo’lib, o’lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi.

Keng ma’noda model biror ob’ektni yoki ob’ektlar tizimini namunasidir.

Model tushunchasi biologiya meditsia, fizika va boshqa fanlarda ham qo’llaniladi.

Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlarni matematik modellar yordamida ifodalash mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi.

Iqtisodiy model - iqtisodiy ob’ektlarning soddalashtirilgan nusxasidir. Bunda modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob’ektga aynan mos kelishi muhim ahamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o’rganilayotgan ob’ektning hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Shunda jarayonning eng xarakterli va eng muhim belgilari aks ettiriladi.

Demak, modelning haqiqiyligi to’plangan ma’lumotlar hajmiga, aniqlik darajasiga, tadqiqotchining malakasiga va modellashtirish jarayoniga, aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog’liq ekan. Shuni ham unutmaslik kerakki, juda soddalashtirilgan model qo’yilgan talablarga to’la javob bermaydi va aksincha, murakkab model esa uni yechish jarayoniga qiyinchiliklar tug’diradi.

Modelning hayotiyligi uning modellashtiriladigan ob’ektga qanchalik mos kelishiga bog’liq. Bitta modelda ob’ektni hamma tomonini aks ettirish qiyin bo’lganligidan unda ob’ektning eng xarakterli va muhim belgilarigina aks ettiriladi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, ortiqcha soddalashtirilgan model qo’yilgan talablarga yaxshi javob bera olmaydi. O’ta murakkab model esa masalani yechish jarayonida qiyinchiliklar tug’diradi (2.1-rasm).




2.1-rasm. Matematik modellashtirishning xususiyatlari



Ifodalangan model yordamida kuzatilayotgan ob’ektni bilish modellashtirish deyiladi. Modellashtirish jarayonini sxemasi quyidagicha (2.2-rasm).


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə