2 I bob matematik modellar


Modellashtirish bosqichlari



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə7/17
tarix11.05.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#86478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
2 I bob matematik modellar

Modellashtirish bosqichlari

Iqtisodiy hodisalar va ko’rsatkichlarni matematik modellashtirish murakkab


jarayon hisoblanadi. Matematik modellashtirish jarayonini amalga oshirish uchun
avvalo ob’ekt to’g’risida (firma, korxona, tarmoq, milliy iqtisod) yetarli va ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lish lozim. Ushbu ma’lumotlarning ishonchliligi va yetarli darajada bo’lishi tuzilayotgan yoki yaratilayotgan modelning sifatiga va
hayotiyligiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Matematik modellashtirish jarayoning
mohiyati 2.8-rasmda keltirilgan.

M
odelni qurish bosqichi haqiqiy (original) ob’ekt haqida ba’zi bilimlarni talab qiladi. Haqiqiy ob’ekt va modelning yetarli darajada o’xshashlik masalasi aniq tahlilni talab etadi. Modellashtirishning 2-bosqichida model o’rganilayotgan mustaqil ob’ekt sifatida maydonga chiqadi. Bunday tekshiruvlarning shakllaridan biri “modelli” tajribalar o’tkazish hisoblanadi. Ularda modelning ishlash shartlari ongli ravishda o’zgartiriladi va uning “xulqi” haqidagi ma’lumotlar tartibga solinadi.

Bu bosqichning yakuniy natijasi R model haqida olingan jami bilimlar hisoblanadi. 3-bosqichda bilimlarni modeldan haqiqiy ob’ektga ko’chirish amalga oshiriladi. Sob’ekt haqida jami bilimlar to’rejaadi. Bu bosqich aniq qoidalar asosida o’tkaziladi. 4-bosqich model yordamida olinadigan bilimlarning amaliy tekshiruvi va ob’ekt haqidagi umumlashtiruvchi nazariyani yaratish, ob’ektni o’zgartirish yoki boshqarishda olingan bilimlarni qo’llashdan iboratdir.

Modellashtirish jarayonini juda keng bo’lgan umumiy o’rganish jarayonini o’z ichiga oladi. Bu hol faqatgina modellashtirish jarayonida emas, balki o’rganishning turli-tuman vositalari asosida olinadigan tekshiruvlar natijasini umumlashtirish va birlashtirishni o’z ichiga oluvchi yakuniy bosqichda ham hisobga olinishi zarur.




Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə