2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари


O‗zbekiston Respublikasi xalq ta‘limi tizimi kanallari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128
CHDPU menejment

 
O‗zbekiston Respublikasi xalq ta‘limi tizimi kanallari.
 
 A.
Umumiy o‗rta maxsus ta‘limning davlat ta‘lim standartini ishlab chiqish 
va joriy etish asoslarini ishlab chiqib quyidagi me‘yoriy hujjatlar asos qilib olinadi. 
«Ta‘lim to‗g‗risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‗g‗risida»gi 
O‗zbekiston Respublikasining qonunlari;
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ta‘lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash 
tizimini isloh qilish bilan bog‗liq farmonlari, farmoyishlari va asarlari; 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta‘lim tizimi 
uchun davlat ta‘lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‗g‗risida»gi 1998 
yil 5 yanvardagi 5-son hamda O‗zbekiston Respublikasida umumiy o‗rta ta‘limni 
tashkil etish to‗g‗risida» 1998 yil 13-maydagi 203-son qarorlari;
O‗zRST 1.0-92 O‗zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish 
tizimi; 
O‗zRST 1.1-92 O‗zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish 
tizimini ishlab chiqish, taqsimlash va ro‗yxatdan o‗tkazish tartibi; 
GOST 1.5.-93 Davlatlararo standartlash ishlarini olib borish qoidalari; 
O‗zRST 1.9-95 O‗zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish 
tizimi; 
 B.
Umumiy o‗rta maxsus ta‘lim maktablar uchun tayanch rejasi davlat 
ta‘lim standartining tarkibiy qismi bo‗lib, u ta‘lim sohalarining me‘yoriy hamda 
umumiy o‗rta maxsus ta‘lim muassasalarining moliyaviy ta‘minotini belgilashga 
asos bo‗ladigan davlat hujjatidir. 
 V
. O‘quvchilar va talabalarning tayyorgarlik darajasiga qo‗yilgan talablar. 
(Umumiy va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim muassasalarining asosiy 
bosqichlarini yana bir bor ta‘kidlab o‗tiladi). 
Ta‘limning tashkiliy masalalari Al - Forobiyning "Fan va aql-zakovat" 
asarida o‗quv fanlarini guruhlarga bo‗lib o‗qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini 
ochish masalalariga e‘tibor berilgan. Pedagogika tarixida, ta‘lim xalqimiz tarixiga 
nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan 
shug‗ullanganligi "Avesto" va boshqa tarixiy manbalardan ma‘lum. Ammo qadim 
davrlarda ta‘limni qat`iy chegaralangan vaqtda, bir xil yoshdagi bolalar bilan olib 
borish, ta‘lim mazmunini bosqichma – bosqich berish masalalariga aniqlik 
kiritilmagan edi.
Ta‘limning tashkiliy masalalari Al - Forobiyning "Fan va aql zakovat" 
asarida o‗quv fanlarini guruhlarga bo‗lib o‗qitish ularning tarbiyaviy mohiyatini 
ochish masalalariga e‘tibor berilgan.


48 
Pedagogika tarixida, ta‘lim tashkil etishning asosiy shakli Dars hisoblangan. 
Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda Chex pedagogi Yan Amos 
Komenskiyning (1592-1670) hizmatlari katta, uni sinf-dars tizimining asoschisi 
sifatida butun dunyo tan olgan.
Ya.A.Komenskiy "Buij didaktika" asarida, o‗quv mashg‗ulotlarini guruh. 
shaklida tashkil qilish, o‗quv yili va o‗quv kunini bir vaqtda boshlash, 
mashg‗ulotlar orasida tanaffuslar berilishini, 1 guruhlardagi bolalarning yoshi va 
soni bir xil bo‗linishga alohida e‘tibor berdi. Dars davomida o‘quvchilar diqqatini 
to‗plash, materialni batafsil tushuntirish, o‘quvchiga savollar berish, o‗zlashtirish 
jarayonini nazorat qilish zarurligini ta‘kidlaydi.
Bu tarixiy jarayonda pedagogika fani oldida turgan muammolardan biri 
ta‘limning tashkiliy shakllarini samaradorligani oshirish, ayniqsa, darsni 
samaradorligini oshirish bilan bog‘liq. ilmiy-nazariy uslubiy va amaliy 
muammolarni xal etuvchi tadqiqotlar olib borishda ko`p ishlar qilindi.
Bu borada mustaqil O‗zbekistonimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini 
amalga oshirishda ta‘lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar tadbiq etish 
bilan bog`liq ishlar qilinmoqda. Sinf deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil 
bo`lgan o‘quvchilar guruhi tushuniladi. Dars - aniq, maqsadni ko‗zlab belgilangan 
vaqtda bir xil yoshdagi o‘quvchi, yoshlar bilan o‘qituvchi rahbarligida olib 
boriladigan mashg‗ulotdir. 
Darsning maqsadi, mazmuni, hajmi ta‘lim standartlari (o‗quv reja, dastur, 
darslik va qo‗llanma) asosida belgilanadi. Dars o‗quv ishlarining asosiy tashkiliy 
shakli ekan, bu jarayonda quyidagilarga amal qilinishi lozim: 
 
1. Har bir sinfda o‘quvchilarning yoshi va bilim darajasi bir xil bo‗lishi 
lozim. 
2. Dars qat‘iy jadval bo‗yicha belgilangan aniq, muddatda olib borilishi 
kerak. 
3. Dars o‘qituvchi rahbarligida bugun sinf bilan va alohida o‘quvchilar bilan 
ishlash shaklida olib boriladi. 
4. Dars, o‗quv fanining xarakteri, o‗tilayotgan materialning mazmuniga 
qarab turli usullar va vositalarda olib boriladi va ta‘lim tizimining bir qismi sifatida 
tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o‗zlashtirmoq uchun zamin 
yaratadi. 
Dars oldiga qator didaktik 
talablarni qo‗yadi. Jumladan: 
1. Har bir Dars aniq, 
maqsadni ko‗zlagan holda puxta 
rejalashtirilmog‗i 
lozim. 
Bu 
jarayonda o‗qiguvchi darsning 
ta‘limi va tarbiyaviy maqsadini 
belgilaydi. Dars bosqichlarini, 
ya‘ni qanday boshlash, qanday 
tamomlash 
ko‗rgazmali 


49 
materiallardan 
foydalanish kabilarni oddindan hal kilib oladi. 
2. Har bir dars aniq, g‗oyaviy, mafkuraviy izlanishga ega bo‗lishi lozim. 
O‘qituvchi esa ulardan tarbiyaviy maqsadda foydalanmog‗i lozim. 
3. Har bir dars maktabning, ijtimoiy muhitning imkoniyatini hisobga olgan 
holda amaliyot bilan boshlanmog‗i, ko‗rsatmali vositalar bilan jihozlanmog‗i 
lozim. 
4. Har bir dars xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali 
foydalanilgan holda tashkil etilishi lozim. 
5. Dars uchun ajratilgan soat va 
daqiqalarni 
tejash 
va 
unumli 
foydalanish darkor. 
6. Dars jarayonida o‘qituvchi va 
o‘quvchi o‗zaro faol munosabatda 
bo‗lishi lozim, o‘quvchi talaba passiv 
tinglovchiga aylanmasligi lozim. 
7. Mashg‗ulotlar butun sinf bilan 
va har bir o‘quvchi bilan, ularning 
shaxsiy xususiyatlari e‘tiborga olingan 
holda olib borilish kerak. 
8.Darsning 
mazmuni 
va 
xarakteriga qarab xalqimizning boy 
ma‘naviy 
merosidan, 
ma‘naviy 
qadriyatlaridan samarali foydalanish.
9. 
O`tilayotgan 
mavzuning 
mazmuniga bog`liq holda mustaqil yurtimizdagi o‗zgarishlardan o‘quvchi 
talabalarni xabardor qilish. 
10. 
Darsda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning ta‘lim sohasidagi fikrlari, 
yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarimizga, farzandlarimizga qarata aytgan 
murojaatlaridan o‗z o‗rnida foydalanish. 
Dars turlari va ularning tuzilishida ham alohida muammo sifatida qaraladi 
va o`rganiladi. 
Dars bilim, ko`nikma va malakalarini oshiradi. Shu sababli o‗quv 
mashg`ulotlarida ajratilgan vaqtning asosiy qismi dars o‗tish uchun sarflanadi. 


50 
Ta‘lim tizimida tajribadan o‗tgan dars turlari quyidagilardan iborat: 
Tashkiliy qism; vazifani tekshirish; 
1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
2. O‗quv materiallarini mustahkamlash. 
Takrorlash va bilimlarni umumlashtirish darslari. 
O‘quvchilarning o‗zlashtirishini nazorat qilishi va baholash darslari. 
5. 
Dars turlari, uyg‗unlashgan darslar. Ta‘lim jarayonida eng ko‗p 
qo‗llaniladigan dars yangi bilimlarni bayon qilishi darsidir. Bu darsning tuzilishi 
quyidagicha: 
- Darsni tashkil qilish.
- Yangi bilimlarni bayon qilish. 
- Yangi bilimlarni mustaxkamlash. 
- Yangi bilimlar ustida mashq o‗tkazish. 
- Yangi bilimlarga bog`liq, uy mashg‗ulotlarni berish. 
6. 
Darsni yakunlash. Dars turlarining o‗zgarish bilan darsning tuzilishida 
ham 1 o‗zgarishlar bo‗ladi, Masalan, dars turlari uyg‗unlashgan darslarida darsning 
hamma elementlari mavjuddir: 
Uzluksiz ta‘limning hamma bosqichlarida ta‘limning xos tashkiliy shakllari 
mavjud. 


51 
Jumladan: ikki bosqichli oliy ta‘lim tizimida o‗ziga xos ta‘lim shakllari 
mavjud, bularga ma‘ruzalar, seminar va amaliy mashg‗ulotlar, kafedra 
o`qituvchilarining ochiq; ma‘ruzalarida qatnashish, ma‘ruza matnini tayyorlash va 
muhokama qilish, o‗quv kurslari bo`yicha dasturlar tayyorlash ishlari kabilar oliy 
ta‘limning ko`p qirrali yo`nalishlari va shakllaridir. Oliy ta‘lim tizimida ma‘ruza 
o‗quv jarayonining ham usuli, ham shakli hisoblanib, u talabalarga fan asoslarini 
og‗zaki, uzviy va muntazam singdirishga xzmat qiladi. 
Ma‘ruza tufayli talaba shu fanning mohiyatini tushunib boradi hamda ularni 
erkin fikrlashga, fan ustida o`ylashga majbur etadi. Shu sababli ma‘ruza ilmiy 
tafakkurni rivojlantirishning o`ziga xos maktabiga aylanadi.
Ma‘ruzani shunday o`qish lozimki, uning ta‘sirida talabalarda shu fanga 
uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e‘tiqod, g`oya va milliy 
mafkura asoslari shakllansin. Buning uchun o‗rgatuvchi har bir ma‘ruzaning 
mazmunini fandagi yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim.
Ma‘ruza ijobiy hamkorlikka tayanb tashkil qilingandagina samarali natija 
beradi. Buning uchun ma‘ruza jarayonida ham ta‘limiy, ham tarbiyaviy vazifalarni 
samarali amalga oshirish yo`llardan biri o‘qituvchi bilan talabalar o‗rtasida 
do`stona, faol munosabatlarni tiklab olinishdan iborat.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə