2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари


Milliy dasturni ro‗yobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128
CHDPU menejment

 
Milliy dasturni ro‗yobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar. 
Milliy dasturni amalga oshirish maqsadida: 
Milliy dasturning yo‗nalish va bosqichlarini amalga oshirishning aniq 
mexanizmlari, muddatlari, ijrochilari, moliyaviy va resurslar ta‘minoti ifodalangan 
yechim va chora tadbirlar tizimi ishlab chiqiladi;
Milliy dasturni bajarish yuzasidan davlat va jamoat institutlarining faoliyati 
hamda vazifalari belgilanadi; 
Milliy dasturning aniq yo‗nalishlarini ishlab chiqish jarayoniga malakali 
chet el ekspertlari jalb etiladi;
Milliy dasturni bajarishda davlat va nodavlat tashkilotlar faoliyati 
muvofiqlashtirilib, xalqaro tashkilotlar qatnashuvi tashkil etiladi; 
Milliy dasturning monitoringi va bajarilishini ekspertiza qilish asosida uning 
ayrim qoidalari va tadbirlariga tuzatishlar kiritiladi; 
Ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, kadrlar tayyorlash milliy 
modelini ro‗yobga chiqarilishini ta‘minlash masalalari yuzasidan seminarlar va 
konferensiyalar o‗tkazish orqali milliy dasturning prinsipial yondoshuvlari hamda 
asosiy qoidalarini keng ko‗lamda tushuntirish ishlarini olib boriladi; 
Milliy dasturning maqsad va vazifalarini amalga oshirish jarayoniga jamoat 
birlashmalari va markazlari, respublika aholisi keng tabaqalarning faol ishtiroki 
ta‘minlanadi; 
Ommaviy axborot vositalarida Milliy dasturning bajarilishi muntazam 
yoritib boriladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish yuzasidan respublika 
komissiyasi tashkil etiladi, bu komissiyaning zimmasiga dasturni bajarishga doir 


52 
barcha ishlar va tadbirlarni tashkil etish hamda uzluksiz ta‘limning tegishli turlari 
uchun davlat ta‘lim standartlariga qo‗yiladigan umumiy talablarni ishlab chiqish;
Umumiy o‗rta ta‘lim uchun davlat ta‘lim standartlarini va boshqa zarur 
normativ hujjatlarni ishlab chiqish; 
O‗rta maxsus, kasb-unar ta‘limi tizimi uchun davlat ta‘lim standartlarini, 
akademik litsey va kasb hunar kollejlaridan iborat ta‘lim tizimini joriy etish 
dasturlarini ishlab chiqish;
Umumiy o‗rta ta‘limga ega bo‗lgan o‘quvchilarni akademik litsey va kasb-
hunar kollejlari tizimi bilan to‗la qamrab olish tadbirlarini, bu tizimni hududlarini 
demografik, jug‗rofiy xususiyatlari va kadrlarga bo‗lgan ehtiyojlarni hisobga olgan 
holda joylashtirish, uning moddiy-texnika asosini yaratish; 
Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida ishlaydigan o‘qituvchilar va 
pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun ta‘lim 
muassasalarini tashkil etish hamda ularning samarali ishlarini ta‘minlash; 
Oliy ta‘lim muassasalari tizimini milliy dastur talablariga binoan isloh qilish, 
bu borada tegishli davlat ta‘lim standartlarini yaratish va joriy etish; maktabgacha 
ta‘lim va tarbiya muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalar tarbiyasida va 
maktabga tayyorlashda oila, mahalla hamda jamoat tashkilotlarining mas‘uliyatini 
oshirish;
Ta‘lim muassasalarini zarur darsliklar va adabiyotlar bilan ta‘minlash, bu 
ishga yirik olimlar, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ta‘lim va ilm-fan 
sohasining nashriyot bazasini rivojlantirish; 
Professor va pedagog kadrlarni rivojlangan mamlakatlardagi yyetakchi 
ta‘lim muassasalarida tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida maxsus 
Respublika jamg‗armasini tashkil etish va uning faoliyatini ta‘minlash; 
Uzluksiz ta‘lim tizimida chet tillarini faol o‗rgatish uchun zarur sharoit 
yaratish, ularni o‗rgatishning jadallashtirilgan uslublarini joriy etish, o‗zbekcha-
chet tillar lug‗atini, davlat tilida maxsus adabiyotlarni nashr etish; 
Uzluksiz ta‘lim sohasi o‘qituvchilariga va pedagog kadrlarni ijtimoiy 
himoya qilish va qo‗llab-quvvatlash, ularni mehnatiga haq to‗lash va 
rag‗batlantirish tizimini qayta ko‗rib chiqish; 
Ta‘lim muassasalarini attestatsiyadan o‗tkazish akkreditatsiyalash, kadrlar 
tayyorlashning malaka talablarini aniqlash hamda sifatini baholash ishlarini tashkil 
qilish va muvofiqlashtirish bo‗yicha ta‘lim tizimi boshqaruviga bog‗liq bo‗lmagan 
yagona davlat xizmatlarini tashkil etish; 
Ta‘limni axborot bilan ta‘minlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish, 
uni jahon axborot tizimi bilan bog‗lash, ommaviy axborot vositalarining ta‘lim 
sohasidagi vazifalarini belgilash; 
Kasb-hunar ta‘limi sohasida kadrlarga bo‗lgan talab va taklifini o‗rganishni 
tashkil etish, ta‘lim xizmatini ko‗rsatish va kasbiy mehnatning raqobatga 
asoslangan bozorini hamda kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə