2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари


  Maktab va umumiy o‗rta maxsus ta‘limning davlat ta‘lim standartlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128
CHDPU menejment

 


53 
Maktab va umumiy o‗rta maxsus ta‘limning davlat ta‘lim standartlari 
monitoringi. 
 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro‗yobga chiqarishning Birinchi 
bosqichida «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonunga muvofiq ta‘lim tizimini tarkibi qayta 
qurish va tubdan yanglash, o‘quvchi-talabalarga beriladigan ta‘lim mazmunining
bilim, ko‗nikma va malakalariga, madaniy va ma‘naviy-axloqiy saviyasiga 
qo‗yiladigan minimal talablarni belgilab beruvchi davlat ta‘lim standartlarini ishlab 
chiqish va joriy etish ko‗zda tutilgan. 
«Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonunning 7-moddasida «Davlat ta‘lim standartlari 
umumiy o‗rta, o‗rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta‘lim mazmuniga hamda sifatiga 
qo‗yiladigan talablarni belgilaydi. DTSni bajarish O‗zbekiston Respublikasining 
barcha ta‘lim muassasalari uchun majburiydir» deyilgan.
Mamlakatimizda umumiy o‗rta maxsus ta‘lim muassasalari uchun yaratilgan 
sinov natijalari asosida takomillashtirilgan DTSlari Vazirlar Mahkamasining 1999- 
yil 16 -avgustidagi 390-sonli qarori bilan tasdiqlangan holda 1999-2000 -o‗quv 
yildan boshlab xalq ta‘limi vazirligi majlisining 1999- yil 29- avgustdagi 811 sonli 
qarori bilan tasdiqlangan yangi o‗quv dasturlari bilan birgalikda bosqichma-
bosqich joriy etilmoqda.
DTS monitoringini olib borishning asosiy maqsadi :
-ta‘lim muassasalarida DTSning joriy etilishini o‗rganish;
-talaba-o‘quvchilarning DTS talablariga javob berishini hamda yangi o‗quv 
dasturlar materiallarini o‗zlashtirishdagi sifat ko‗rsatkichlarini aniqlash;
-darslik (o‗quv qo‗llanma)larning talabga javob berishini o‗rganish;
-ta‘lim mazmunlarini va metodlarini takomillashtirish;
-ilg‗or pedagogik tajribalarni va yangi pedagogik texnologiyalarni o‗rganish; 
-ta‘lim samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash uchun 
takliflar berishdan iborat. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə