56
III.BOB.
Oliy ta‘limni boshqarishning me`yoriy asoslari.
Oliy ta‘lim tizimini
boshqarishning
me`yoriy asoslari.
Boshqarishning
asosiy maqsadi
tuzilishi va
oliy
ta‘lim muassasalarining
to‘zilmaviy
vazifasi
o‘qitishning, oliy kadrlar tayyorlashning va ilmiy
tadqiqotlar oliy darajasini mustahkamlash,
shuningdek,
jamiyatga xizmat qilishdan iborat bo‘lishi kerak.
Oliy ta‘lim tizimining maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasining
«Ta‘lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to‘g‘risidagi
qonunlarda belgilangan ta‘lim sohasidagi o‘zgarishlarni samarali boshqarish va
ijobiy hal qilishdir. Ta‘lim siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ma‘sul
bo‘lgan shaxslar o‘rtasida, professor-o‘qituvchilar
tarkibi va talabalar, mehnat
soxasi, OTM lar va jamiyat o‘rtasida yakindan hamkorlik zarur. Boshqarishdan
asosiy maqsad oliy ta‘lim muassasalarining institutsional vazifasini ta‘lim berish,
kadrlar tayyorlash ijodiy darajasini ta‘minlash va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li
bilan mustahkamlashdan iborat bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» to‘g‘risidagi qonunlariga muvofiq O‘zbekistonning
ilmiy-texnikaviy,
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini masalasini
rivojlangan mamlakatlar darajasida hal etishga qodir, yuksak darajada ma‘naviy,
madaniy va ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan yuqori
malakali mutaxassislar
tayyorlash oliy ta‘lim tizimining vazifasi hisoblanadi.
Quyidagilar oliy ta‘lim tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- davlat ta‘lim standartlariga muvofiq zamonaviy ta‘lim-kasb dasturlari
asosida sifatli o‘qituvchi ta‘minlash va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;
- ijori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni, jumladan xorijiy ilmiy markazlarda,
tayyorlash;
- mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqboli,
jamiyat ehtiyoji,
fan, texnika, texnologiya, iqtisod va madaniyat zamonaviy yutuqlaridan kelib
chiqib
kadrlar
tayyorlashning
tashkil
etilishi
va
usulini
muntazam
takomillashtirish;
- ta‘limni
individuallashtirish, masofadan o‘qitishning yangi pedagogik va
informatsion texnologiyalari, vositalarini joriy etish;
- Mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik,Vatanga,
oilaga va atrof-muhitga
muhabbat ruhida, milliy uyg‘onish mafkurasi hamda umuminsoniy qadriyatlarni
chuqur his etish asosida oliy ta‘limning gumanitar yo‘nalishini, yoshlar tarbiyasini
ta‘minlash;
- ilmiy-pedagog xodimlar va ta‘lim oluvchilar ilmiy-tadqiqotlari hamda
ijodiy
faoliyatlari vositasida fan, texnika va texnologiyani rivojlantirish, olingan
natijalardan ta‘lim jarayonida va tarmoqlarda foydalanish iqtisodiyoti;
- ta‘lim, fan va ishlab chiqarishning samarali uyg‘unlanuvchi
usullarini
amaliyotga tadbiq etish;
- ta‘lim xizmati ko‘rsatish bozorida, raqobat muhitini yuzaga keltirish;
57
- rivojlangan mamlakatlar bilan oliy ta‘lim sohasida o‘zaro foydali
aloqalarni rivojlantirish;
- oliy ta‘lim muassasalarini takomillashtirish va kengaytirishni boshqarish.
Dostları ilə paylaş: