2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари


Rakobatbardosh mutaxassislarsiz rakobatbardosh iqtisodiyot bo`lishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128
CHDPU menejment

Rakobatbardosh mutaxassislarsiz rakobatbardosh iqtisodiyot bo`lishi 
mumkin emas. 
O`zbekistonda mazkur masalani yyechishda Kadrlar tayyorlash milliy 
modeli asos bo`lib, hisoblanadi.U quyidagilarni o`z ichiga oladi: 
- Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining asosiy sub‘yekti va ob‘yekti, ta‘lim 
xizmatini talab etuvchi hamda amalga oshiruvchi; 
- davlat va jamiyat – ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimini faoliyat 
ko`rsatishini nazorat qilish hamda ish olib borishining boshqarishni amalga 
oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularga talabgorlik kafolati; 
- uzluksiz ta‘lim – o`z tarkibiga barcha ta‘lim turini, davlat ta‘lim 
standartlarini, faoliyat ko`rsatish to‘zilmasi va muhitini olgan malakali 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosi; 


55 
- Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va talab etuvchi, ilg`or 
pedagogik va informatsiyaviy texnologiyalarni ishlab chiqaruvChi; 
- ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan talabni, shuningdek ular 
tayyorlanganlik sifat va darajasiga talabni belgilovChi asosiy buyurtmaChi, kadrlar 
tayyorlash tizimlarini moliyalash va moddiy-texnik ta‘minlash ishtirokChisi. 
SHaxslarga, ta‘lim xizmati talabgori sifatida, davlat ta‘lim standartlari 
orkali sifatli ta‘lim va kasbiy tayyorgarlik kafolatlanadi. 
SHaxs – ta‘lim xizmati kursatuvchi sifatida, tegishli darajada malaka xosil 
qilib o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirishda bilim malaka va ko‘nikmalarni 
shakllantiradi va boshqalarga beradi. 
Davlat va jamiyat kafolatlaydi: 
- fuqarolar ta‘limga, kasb tanlash va malaka oshirishga bo‘lgan huquqlarini 
amalga oshirishini; 
- akademik litsey yoki kasb – hunar kolleji o‘qishga yo‘llashni tanlash 
huquqini majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb ta‘lim olishni;
- davlat granti yoki haq to‘lash-shartnoma asosida oliy va OTM ni 
tugatgandan keyingi ta‘lim olish huquqini; 
- davlat ta‘lim muassasalarini moliyalash; 
- o‘qitayotganlarning o‘qish, yashash va dam olish sharoitlarini ta‘minlash 
bo‘yicha masalalarni yyechishda jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirish; 
- ta‘lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy muhofazalash va b.ni. 
Uzluksiz 
ta‘lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxsni 
shakllantiruvchi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda oldinda 
borishlik uchun zarur sharoitlar yaratadi. Bular ta‘limning quyidagi turlarini o‘z 
ichiga oladi: maktabgacha;umumiy o‘rta; o‘rta maxsus; kasbiy ;oliy; ta‘lim 
muassasasi tugagandan keyin va maktabdan tashqari o‘qituv; malaka oshirish 
hamda kadrlarni qayta tayyorlash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə