2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари


 O‗quv ishlari bo‗yicha Birinchi prorektorning lavozim vazifalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   128
CHDPU menejment

2. O‗quv ishlari bo‗yicha Birinchi prorektorning lavozim vazifalari: 

O‗zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va 
farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta‘lim va kadrlar tayyorlash 


75 
sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish; 

Davlat ta‘lim standartlari asosida o‗quv ishlarini tashkil etish va malakali 
kadrlar tayyorlashni ta‘minlash; 

Davlat ta‘lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik 
darajasiga qo‗yiladigan talablar majmuasini barcha fakultet dekanlari, kafedra 
mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning bilishini ta‘minlash; 

Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va 
ko‗rsatmalarini, o‗quv–tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo‗yicha TVCHDPI 
Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish; 

Ilg‗or mamlakatlar ta‘lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini 
o‗rganish, ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonun, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ va 
boshqa ta‘limga oid qonunlarda ko‗rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi 
uslub va vositalarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini ta‘minlash; 

O‗quv-tarbiya jarayonida o‗qitishning ilg‗or shakllarini, shu jumladan 
masofadan turib o‗qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish, ulardan samarali foydalanishni tashkil qilish; 

Faoliyat yo‗nalishi bo‗yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish; 

O‗quv jarayonini ta‘minlaydigan bo‗lim va fakultetlardagi dekanatlar 
ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish hamda nazorat qilish; 

Bo‗limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning 
bajarilishini nazorat qilish; 

O‗tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning 
shaxsiy rejalari bajarilishini ta‘minlash va nazorat qilish; 

O‗quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, TVCHDPI uslubiy 
kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‗or uslubiy 
tajribalarni umumlashtirish; 

O‗quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar
ilmiy ishlar to‗plamlarini TVCHDPI xodimlari tomonidan tayyorlash, nashr etish 
jarayonini boshqarish; 

TVCHDPIning barcha ta‘lim va ilmiy faoliyat yo‗nalishlarini o‗quv-
uslubiy hamda ilmiy nashrlari bilan kutubxona fondini to‗ldirish bo‗yicha umumiy 
rahbarlikni olib borish; 

Professor-o‘qituvchilar va o‗quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar 
shtatlari bo‗yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‗limlarni malakali kadrlar 
bilan ta‘minlashni tashkil etish;

Bo‗sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-
tadqiqotchi-izlanuvchilar va magistrlarni ishga qabul qilish bo‗yicha takliflar 
tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish, 
amalga oshirishga rahbarlik qilish; 

O‗quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni 
texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish; 

O‗quv intizomini bo‘zgan talabalarga va mehnat intizomini bo‘zgan 
xodimlarga nisbatan tegishli choralarni qo‗llash bo‗yicha takliflar tayyorlash; 


76 

Oliy ta‘lim mazmuni va o‗quv jarayonini takomillashtirish, mutaxassis-
kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlash maqsadida xorij mamlakatlarning 
turdosh oliy ta‘lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish 
bo‗yicha takliflar ishlab chiqish; 

Kafedralar, fakultet va bo‗limlarning yillik faoliyati hisobotlarini 
o‗tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning o‗quv-
uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish; 

Oliy ta‘lim muassasalari bilan o‗quv-uslubiy yo‗nalishda doimiy 
hamkorlikni 
amalga 
oshirish, 
konferensiya, 
seminarlarda 
professor-
o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta‘minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan 
hamkorlikda ishlash; 

O‗rnatilgan tartibda TVCHDPIning yillik reytingini aniqlash, tahlil 
qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish; 

TVCHDPIni o‗rnatilgan tartibda ichki attestatsiyadan o‗tkazish, tashqi 
attestatsiyaga tayyorlash va o‗tkazishda faol ishtirok etish; 

O‗zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə