2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари


Rektor o‘z vakolati doirasida quyidagilarni amalga oshiradi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   128
CHDPU menejment

 Rektor o‘z vakolati doirasida quyidagilarni amalga oshiradi: 


74 
- barcha xodimlar, talabalar va boshqa ta‘lim oluvchilar uchun buyruqlar 
chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. 
- bosh 
muxosibni 
ishga tayinlaydi va undan bo‘shatadi; 
- ilmiy-tadqiqot, tajriba-eksperiment va boshqa ta‘lim muassasasi tarkibiga 
kiruvchi tashkilotlar, bo‘linmalar vakolatini belgilaydi; 
- ishchi, xizmatchilar, shuningdek ilmiy- pedagog xodimlarni O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan va mehnat qonunchiligida 
belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishni amalga oshiradi; 
- ta‘lim muassasasi xodimlari lavozim maoshiga ustama va qo‘shimchalar 
belgilaydi; 
- ichki tartib qoidalarini kasaba uyushmasi yoki boshqa vakolatli organ 
xodimlari bilan kelishib tasdiqlaydi; 
- qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Ta‘lim muassasasi faoliyati asosiy masalalarini ko‘rib chiqish uchun unda 
Ilmiy kengash tuziladi.Uning tarkibi, vakolati, shakllantirish tartibi va faoliyati 
ta‘limni boshqarish bo‘yicha davlat vakolatli idorasi – OUMTV tasdiqlagan «Ilmiy 
kengash to‘g‘risida»gi nizomda belgilanadi. 
OTM da, jamoatchilik boshqaruvi organi bo‘lmish Murabbiylik kengashi 
tuziladi.Uning tarkibiga ta‘sischi (ta‘sischilar)ning vakili, hokimiyat mahalliy 
organinig, ishbilarmonlar doirsining, boshqa ta‘lim muassasalarining, jamoat 
tashkilotlarining, fondlarning, homiylarning vakillari kiradi. 
Amaldagi qonunchilik va OTM ustaviga muvofiq jamoat tashkilotlari, ilmiy 
va ko‘ngilli jamiyatlar, ilmiy-metodik kengash, komissiyalar, yosh olimlar 
kengashi va boshqalar tuzilishi mumkin. 
Talabalar va ilmiy pedagog xodimlar manfaatini yoqlash ularni himoya 
qilishni ta‘lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi amalga oshiradi. 
Oliy ta‘lim sohasidagi rahbarlik vazifasi jiddiy ijtimoiy ma‘suliyatdir. 
Uning ahamiyati shu sohadagi barcha hamkorlar, shu jumladan o‘qituvchi va 
ta‘lim olayotganlar barchasi bilan erkin muloqot yo‘li bilan sezilarli darajada 
oshirilishi mumkin. 
Umumiy manfaatlar, o‘zaro hurmat va ishonch asosidagi hamkorlik oliy 
ta‘limni yangilashning asosiy usulidir. Hamkorlik ta‘lim siyosatini milliy va 
to‘zilmaviy miqyosda ishlab chiqish hamda joriy etishda ma‘sul shaxslar o‘rtasida, 
professor o‘qituvchilar va talabalar, 
OTM ma‘muriyati xodimlar, mehnat soxasi, OTM lar, jamoatchi guruhlar 
o‘rtasida mavjud bo‘lishi mumkin. 
Jamiyat ta‘limning barcha soxalariga, shu jumladan oliy ta‘limga ham 
yordam ko‘rsatish kerak, chunki u iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishda 
muhim va jiddiy o‘rin tutadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə