2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128
CHDPU menejment

 
Malaka talablari: 


90 

Oliy ta‘lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‗lgan kasbiy 
va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta‘lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, 
faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‗nikmalarga; 

Na‘munaviy 
shaxsiy 
fazilatlarga-intellekt, 
madaniyatli, 
yetakchilik, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik hamda 
ijodiy qobiliyatlarga ega bo‗lish, mas‘uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish 
tutish, qat‘iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta‘minlash 
xususiyatlariga; 

TVCHDPIda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‗nalishlari 
mutaxassisliklaridan biri bo‗yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, 
professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‗lishi;
 

TVCHDPIning tegishli boshqaruv bo‗g‗inlarida-kafedra mudiri, 
fakultet dekani yoki o‗rinbosari kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 7 yillik 
samarali ish stajiga ega bo‗lishi zarur.
 
 
4. Ilmiy ishlar bo‗yicha prorektorning lavozim vazifalari:

O‗zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va 
farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta‘lim va kadrlar tayyorlash 
sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish; 

Davlat ta‘lim standartlari asosida ilmiy ishlar jarayonini tashkil etish 
hamda malakali kadrlar tayyorlashni ta‘minlash; 

Davlat ta‘lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik 
darajasiga qo‗yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‗limlar, kafedra 
mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‗liq bilishini ta‘minlash; 

Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va 
ko‗rsatmalarini, ilmiy ishlar jarayonlariga oid masalalar bo‗yicha TVCHDPIning 
Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish; 

Ilg‗or mamlakatlar ta‘lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini 
o‗rganish, ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonun, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ va 
boshqa ta‘limga oid qonunlarda ko‗rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi 
ilmiy uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta‘minlash; 

Faoliyat yo‗nalishi bo‗yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish; 

Ilmiy ishlar jarayonini ta‘minlaydigan bo‗limlar, dekanatlar ishlarini 
muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish; 

Ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, TVCHDPIdagi uslubiy kengashi va 
pedagogik mahoratni oshirish, ilmiy ishlarga rahbarlik qilish, ilg‗or uslubiy 
tajribalarni umumlashtirish, nazorat qilish; 

Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar 
to‗plamlarini TVCHDPI xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni 
hamda TVCHDPIning barcha ta‘lim va ilmiy faoliyat yo‗nalishlari bo‗yicha ilmiy 
davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‗ldirib turish bo‗yicha umumiy 
rahbarlikni olib borish; 


91 

Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini 
boshqarish va ularga ko‗maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar 
orasidan O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‗bek, Zulfiya 
va boshqa nomdagi nufo‘zli stependiya sovrindorlariini tayyorlash; 

Tadqiqotchilikka qabul qilish jarayonini tashkil etish va nazorat qilish; 

Ijro intizomini bo‘zgan xodimlarga nisbatan chora ko‗rish, ular bilan 
shartnomani bekor qilish bo‗yicha takliflar tayyorlash; 

Ta‘lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro 
talablar asosida tayyorlashni ta‘minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh 
oliy ta‘lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish 
bo‗yicha takliflar tayyorlash; 

Xorij mamlakatlarning oliy ta‘lim muassasalari bilan aloqalar o‗rnatish, 
oliy ta‘limga oid konferensiya, simpozium, seminarlarni tashkil etish va nazorat 
qilish; 

Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti, talabalar orasidan Navoiy, Beruniy, Ulug‗bek, Zulfiya va boshqa 
nomdor nufo‘zli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish; 

O‗zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə