2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари


Quyidagilar uzluksiz ta‘limning asosiy tamoyillari hisoblanadi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128
CHDPU menejment

Quyidagilar uzluksiz ta‘limning asosiy tamoyillari hisoblanadi: 

ta‘limning ustuvorligi
– uni rivojlantirish Birinchi galdagi vazifalar, 
bilimning, ma‘lumotlilikning va yuqori salohiyatining kadrliligi; 

ta‘limni demokratiyalashtirish
- ta‘lim va tarbiya usullarini tanlashda 
ta‘lim muassasasi mustaqilligini kengaytirish, ta‘lim boshqarishda davlat-
jamoatchilik tizimiga o`tish; 

ta‘limni insonparvarlashtirish
- inson qobiliyatini yuzaga chiqarish, uning 
turli ta‘limga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar 
ustuvorligini 
ta‘minlash, shaxs, jamiyat va atrof-muhit munosabatini 
uyg`unlashtirish; 

ta‘limni gumanitarlashtirish
– ta‘lim oluvchilarda estetik boy 
dunyoqarashni, yuqori darajada axloqiylikni, madaniyat va ijodiy fikrlashni 
shakllantirish; 

ta‘limni milliy yo`nalganligi
– uning millat tarixi, xalq an‘analari va urf-
odatlari hamda O`zbekiston xalqlari madaniyatini boyitish, boshqa xalqlar tarixi va 
madaniyatiga hurmat bilan bog`liqligi; 

iqtidorli yoshlarni alohidalash
ularga yuqori saviyada bilim,ko`nikma 
va malaka olishlari, qobiliyatlarini o`stirishlari uchun sharoit yaratish. 
Fan Kadrlar tayyorlash milliy modeli doirasida: 
- kadrlar tayyorlash tizimida foydalanish uchun tabiat va jamiyat 
rivojlanishining qonuniyatlari to`g`risidagi g`oyalarni uyg`unlashtiradi va ular 
haqida yangi nazariy va amaliy bilimlar yaratadi; 
- ta‘lim- informatsiya tarmog`ida foydalanish uchun bilimning turli 
sohalariga taalluqli ma‘lumotlar jamg`armasini tashkil qiladi. 
Ishlab chiqarishning Kadrlar tayyorlash milliy modeli doirasidagi vazifa 
quyidagicha: 
- iqtisod raqobatbardoshligini ta‘minlash uchun mutaxassislar ro`yxati, 
miqdori va sifatini belgilash; 
- o`z tasarrufida mavjud bo`lgan moddiy-texnikaviy, xodimlar, moliyaviy va 
boshqa resurslarni berib, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishda 
uzluksiz ta‘lim tizimiga ko`maklashish; 
- turli shakllarda ta‘lim va Fan uyg`unlashishini rivojlantirish (o`quv-ilmiy-
ishlab chiqarish muassasalari, markazlar, texnoparklar, texnomintaqalar va h.k). 
Uzluksiz ta‘lim tizimining faoliyat ko`rsatishi ko`pgina tomonlarini 
belgilovchi muhim unsurlardan biri Davlat ta‘lim standarti (DTS) dir. U ko`p 
o`lchovli yo`riqnoma bo`lib, yo`nalish(bakalavriat) yoki ixtisoslik (magistratura) 


44 
umumiy tavsifi, ta‘lim-kasbiy programma tayyorlash sifatining nazorati va h.k. 
talabni o`zida aks ettiradi. 
Ta‘lim standarti ta‘limning maqsadi, qimmati, uning mazmuni va natijasi 
(tayyorlov darajasiga bo`lgan talab), ta‘lim tarbiya programmaviy xususiyati
ta‘lim jarayonining to‘zilish tarixi, uning maqsadga erishish darajasini bosqichma-
bosqich va yakuniy diagnostika mo`ljallangan ko`lam hamda vaqtini, ta‘lim va 
ma‘lumotlilik darajasini belgilaydi. 
Kadrlar tayyorlash milliy modeliga muvofik DTS ishlab chiqish 
tamoyillarining asosiylari bo`lib quyidagilar hisoblanadi: 
- gumanitar va insonparvarlash; 
- nazariylashtirish (fundamentalizatsiya ); 
- umumta‘limiy va kasbiy tayyorlov; 
- ta‘lim – kasbiy programma dolzarbligi ; 
- talabalarning akademik zarbdorligi; 
- fanlar qismlari va guruhlarining uyg`unligi; 
- mustaqil davom ettirish imkiniyatlarini kengaytirish; 
- sifatning ko`p bosqichli nazorati. 
Ta‘limni gumanitarlashtirish ta‘lim oluvchilarda dunyoni to`la tasavvur 
etish, yuksak ma‘naviyat, madaniyat va jahon miqyosidagi tafakkurni 
shakllantirishga yo`naltirilgan. Kadrlar tayyorlash milliy modelida qayd etilgan 
vazifalarni bajarish, faqat fan, texnika va texnologiyadagina emas, balki 
tabiatshunoslik, falsafa. etika va estetika, tarix, siyosatshunoslik, huquq, iqtisod, 
ekologiya va h.k. Larga zamonaviy yutuqlar asosida DTS lar ishlab chiqish orqali 
ko‘zga tutiladi. Hozirgi zamon mutaxassisi keng gumanitar bilimga ega bo`lishi 
lozim. Bu uning ma‘naviyat va madaniyatini belgilaydi. Axloqiy tayanchga ega 
bo`lmagan mutaxassis qabul qilayotgan qarorlari bo`yicha na o`ziga va na jamiyat 
oldida hisob berishga qodir bo`lmaydi. 
Ta‘limni insonparvarlashtirish insonni oliy ijtimoiy kadriat bo`lib 
yetishishiga, uning qobiliyatini ochish, turli –tuman ta‘limiy ehtiyojini qondirish
umuminsoniy kadriyatlar ustuvorligini ta‘minlash, inson va atrof-muhit 
munosabtidagi uyg`unlikka erishishiga yo`naltirilgan .Ta‘kid etilgan masalalarni 
hal etish DTS larda inson omilini hisobga olgan holda fanlar o`quv dasturini ishlab 
chiqish va joriy etish orqali hal etiladi. 
Ta‘limni nazariylashtirish oliy ma‘lumotli kadrlar tabiatdagi barcha jonivor 
va narsalar , jarayon va hodisalar haqidagi yaxlit tasavvurlari bilimning ilmiy 
usullari va tizimli yondashish asosida bilimni yaratish, olga siljitish, va yoyishlari 
mumkin. Mutaxassis uchun jiddiy nazariy tayyorgarlik ko`p ilm talab kiluvchi va 
informatsion texnologiyalarni ishlab chiqish, o`zlashtirish va samarali tadbiq etish 
uchun zarur. 
Vorislik shuni anglatadiki, uzluksiz ta‘limning navbatdagi bosqichiga 
chiqish oldingi bosqichdan chiqish tabiiy tarzda bog`lanishini taqozo etadi.Vorislik 
tufayli uzluksiz ta‘lim tizimi barcha bosqichlarining o`zaro aloqasi bog`liqligi 
ta‘minlanadi.Birinchi galda bu zanjirning keyingi bosqich xalqalariga bog`liq; 


45 
o`rta maxsus, kasbiy ta‘lim – oliy ta‘lim muassasasi tugagandan keyingi ta‘lim – 
malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash. 
Ta‘limning uzluksizligi uning tashkiliy va funksional ma‘nodagi 
uzluksizligining asosi hisoblanadi. 
Kadrlarni 
oldindan 
tayyorlash, 
oqibatda, 
mamlakat 
iqtisodiy 
raqobatbardoshligini, mutaxassislarning hozirgi va kelajakdagi ijtimoiy- iqtisodiy 
sharoitlarga samarali moslashib ketishini ta‘minlashga yo`naltirilgan. 
Oldindan tayyorlashni ta‘minlash uchun DTSning barcha tarkibiy unsurlari 
fan, texnika, texnologiya, iqtisod, ta‘lim va b. ning yutuqlarini hisobga olgan holda 
yo`nalishlarni yoki ixtisosliklarni rivojlantirishga qaratilgan bo`lishi zarur. 
Ta‘lim- kasb dasturlarining dolzarbligi korxonalar, jamiyat, davlat va 
mehnat bozori talablarini kuzatib borishni ta‘minlash uchun zarur. Bu dolzarblik 
DTS larda OTM kengashi belgilaydigan kurslar, kadrlar buyurtmachisi bilin OTM 
belgilaydigan maxsus fanlar qismlari hisobiga ta‘minlanadi.Kasb-ta‘lim dasturlari 
kismlarining dolzarbligi talqinlarini ta‘lim berilayotganlar mustaqil tanlaydilar. 
Talabalar akademik safarbarligi (ta‘lim yo`nalishi yoki ixtisosligini 
o`zgartirish imkoniyati) quyidagicha ta‘minlanadi: 
- bakalavriatda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar qismlarini ta‘limning 
barcha yo`nalishlari, matematika va tabiiy fanlar qismlarini yaqin yo`nalishlar 
uchun uyg`unlashtirish hisobiga: 
- magstraturada umummetodologik fanlar (Fan falsafiy masalalari, ilmiy ijod 
metodologiyasi, fan va texnikada tizimli yondashish asoslari va b.) ni bir yo`nalish 
doirasida. 
Mustaqil ta‘lim ko`nikmalarini hosil qilish ikki vazifani hal etishga 
qaratilgan: 
- talabalarni mustaqil ishlashga o`rgatish, bu bo`lajak mutaxassislar ijodiy 
fikrlash ko`nikmalariga ega bo`lishni rivojlantirish uchun zarur; 
- talabalarni bilimni mustaqil egallashga o`rgatish, ularga butun hayot 
mobaynida o`z kasbiy, ma‘naviy va ma‘rifiy darajalarini takomillashtirish uchun 
zarur. SHu maqsadda DTSda bakalavrlar uchun mustaqil bilim olishga haftasiga 
kamida 6 soat, magistrlar uchun haftasiga 16 soat mo`ljallangan. 
Sifatning ko`p bosqichli nazorati, DTS da ko‘zda tutilgan bo`lib 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga yo`naltirilgan.Bu oliy ta‘lim boshqarishining 
uch bosqichida amalga oshiriladi 
Birinchi bosqichda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi 
quyidagilarni amalga oshiradi: 
- oliy ta‘lim muassasasi, uning rahbar va ilmiy-pedagog kadrlarni 
attestatsiyalash, uning asosida OTM ni ta‘lim yo`nalishlari va ixtisosliklari 
bo`yicha akkreditatsiyalash masalasi hal etiladi; 
- o`quv-tarbiya jarayoni samaradorligi kadrlar tayyorlash sifatini ekspert 
baholash. 
Ikkinchi bosqichda ta‘limni boshqarish bo`yicha vakolatlangan davlat 
idorasi tasarrufida OTM lar bo`lgan vazirlik va muassasalar bilan hamkorlikda 
nazorat qiladi: 


46 
- DTS larda ko`zda tutilgan tayyorlov mazmun va daraja minimumini 
ta‘minlashni; 
- DTS larda ko`za tutilgan kasbiy masalalarni hal qilish asosida kurslar 
tayyorlash sifatini. 
Uchinchi bosqichda oliy ta‘lim muassasasi, talaba bilim, o`quv va 
ko`nikmasi o`quv jarayonida, shuningdek ular bilimini fanlar va bitiruv malakaviy 
ishlari bo`yicha Davlat attestatsiyasi komissiyasi nazoratini amalga oshiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə