2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари


Quyidagilar uzluksiz ta‘limning asosiy tamoyillari hisoblanadi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   128
CHDPU menejment

Quyidagilar uzluksiz ta‘limning asosiy tamoyillari hisoblanadi: 
- ta‘limning ustuvorligi – uni rivojlantirish Birinchi galdagi vazifalari
bilimning, ma‘lumotlilikning va yuqori salohiyatning qadrliligi; 
- ta‘limni demokratiyalashtirish- ta‘lim va tarbiya usullarini tanlashda ta‘lim 
muassasasi mustaqilligini kengaytirish, ta‘lim boshqarishda davlat-jamoatchilik 
tizimiga o`tish; 
- ta‘limni insonparvarlashtirish- inson qobiliyatini yuzaga chiqarish, uning 
turli ta‘limga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy kadriyatlar 
ustuvorligini 
ta‘minlash, shaxs, jamiyat va atrof-muhit munosabatini 
uyg`unlashtirish; 
- ta‘limni gumanitarlashtirish – ta‘lim oluvchilarda estetik boy 
dunyoqarashni, yuqori darajada axloqiylikni, madaniyat va ijodiy fikrlashni 
shakllantirish; 
- ta‘limni milliy yo`nalganligi – uning millat tarixi, xalq an‘analari va urf-
odatlari hamda O`zbekiston xalqlari madaniyatini boyitish, boshqa xalqlar tarixi va 
madaniyatiga hurmat bilan bog`liqligi; 
- iqtidorli yoshlarni alohidalash – ularga yuqori saviyada bilim, ko`nikma va 
malaka olishlari, qobiliyatlarini o`stirishlari uchun sharoit yaratish. 
Fan Kadrlar tayyorlash milliy modeli doirasida: 
- kadrlar tayyorlash tizimida foydalanish uchun tabiat va jamiyat 
rivojlanishining qonuniyatlari to`g`risidagi g`oyalarni uyg`unlashtiradi va ular 
haqida yangi nazariy va amaliy bilimlar yaratadi; 
- ta‘lim- informatsiya tarmog`ida foydalanish uchun bilimning turli 
sohalariga taalluqli ma‘lumotlar jamg`armasini tashkil qiladi. 
Ishlab chiqarishning Kadrlar tayyorlash milliy modeli doirasidagi vazifa 
quyidagicha: 
- iqtisod raqobatbardoshligini ta‘minlash uchun mutaxassislar ro`yhati, 
miqdori va sifatini belgilash; 
- o`z tasarrufida mavjud bo`lgan moddiy-texnikaviy, xodimlar, moliyaviy va 
boshqa resurslarni berib, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishda 
uzluksiz ta‘lim tizimiga ko`maklashish; 


40 
- turli shakllarda ta‘lim va Fan uyg`unlashishini rivojlantirish (o`quv-ilmiy-
ishlab chiqarish mujassamlari, markazlar, texnoparklar, texnomintaqalar va h.k). 
Uzluksiz ta‘lim tizimining faoliyat ko`rsatishi ko`pgina tomonlarini 
belgilovchi muhim unsurlardan biri Davlat ta‘lim standarti (DTS) dir. U ko`p 
o`lchovli yo`riqnoma bo`lib, yo`nalish(bakalavriat) yoki ixtisoslik (magistratura) 
umumiy tavsifi, ta‘lim-kasbiy programma tayyorlash sifatining nazorati va h.k. 
talabni o‘zida aks ettiradi. 
Ta‘lim standarti ta‘limning maqsadi, qimmati, uning mazmuni va natijasi 
(tayyorlov darajasiga bo`lgan talab), ta‘lim tarbiya programmaviy xususiyati, 
ta‘lim jarayoning to‘zilish tarixi, uning maqsadga erishish darajasini bosqichma-
bosqich va yakuniy diagnostika mo`ljallangan ko`lam hamda vaqtini, ta‘lim va 
ma‘lumotlilik darajasini belgilaydi. 
Kadrlar tayyorlash milliy modeliga muvofiq DTS ishlab chiqish 
tamoyillarining asosiylari bo`lib quyidagilar hisoblanadi: 
- gumanitar va insonparvarlash; 
- nazariylashtirish (fundamentalizatsiya ); 
- umumta‘limiy va kasbiy tayyorlov; 
- ta‘lim – kasbiy programma dolzarbligi ; 
- talabalarning akademik zarbdorligi; 
- fanlar qismlari va guruhlarining uyg`unligi; 
- mustaqil davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirish; 
- sifatning ko`p bosqichli nazorati. 
Ta‘limning uzluksizligi uning tashkiliy va funksional ma‘nodagi 
uzluksizligining asosi hisoblanadi. 
1.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə