2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари


Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   128
CHDPU menejment

 7.Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va 
ko‗nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta‘minlaydi. 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. (16 modda) 
 8.Maktabdan va o‗quv muassasalardan tashqari ta‘lim. 
O‗zbekiston Respublikasi ta‘lim to‗g‗risidagi qonunning 10 moddasiga 
asoslangan bolalar va o‗smirlar ehtiyojlarini, xohish istaklarini to‗laroq ro‗yobga 
chiqarish, ularning bo‗sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida davlat 
muassasalari, turli mulk shakllariga ega bo‗lgan korxonalar, jamoat tashkilotlari 
ilmiy-badiiy, tabiiy, texnik, sport va boshqa yo‗nalishlarga maktabdan tashqari 
ta‘lim muassasalari tashkil etilishi mumkin. Bunday muassasalarning ish faoliyati 
davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlanadi. Xalq ta‘lim bo‗limlari tomonidan nazorat 
qilinadi. 
Ularning asosiy vazifalari maktab va o‗rta maxsus ta‘lim muassasalari bilan 
hamkorlikda bolalarni bo‗sh vaqtini mazmunli tashkil etish va to‗garaklar tashkil 
qilish.
Umumiy o`rta va kasb - xunar ta‘limining rivojlanishi ularning maqsad 
hamda vazifalarini tobora yaqinlashtirib, birlashtirmoqda. 
Boshqaruv organlari barkamol avlodni o‗qitish va tarbiyalash sohasida 
yagona davlat siyosatini amalga oshirishlari, etilgan masalalarni o`z vaqtida va 
ijobiy hal etishlari, barcha o‗quv yurtlarining ish saviyasi hozirgi zamon talablariga 
muvofiq. oshirilishini ta‘minlashlari kerak. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini 
amalga oshirish bosh maqsad va pirovard natija har jihatdan barkamol avlodni 
tarbiyalash, XXI asrning erkin fikrli, o`z Vatani va xalqini manfaatlariga sadoqatli 
yorqin shaxslarni voyaga yetkazishda namoyon bo‗ladi. Bu maqsadga erishish 
umumiy demokratik yangilanishlar jarayoni, jamiyatni erkinlashtirish, mamlakatda 
yangi ijtimoiy-siyosiy muhitni shakllantirish bilan bog‗liqdir. Kadrlar tayyorlash 


37 
milliy dasturini amalga oshirish, hayotga tadbiq qilish, hech bir mubolag‗asiz, 
strategik maqsadlarimiz farovon qudratli demokratik davlat, erkin fuqorolik 
jamiyati barpo etishimizning asosi bo`lmog‗i lozim.
Hozir O‗zbekistonda faoliyat ko‗rsatayotgan maktab va o‗rta maxsus ta‘lim 
muassasalaridan tashqari muassasalar quyidagilardir: 
1.
O‘quvchilar saroylari va uylari
2.
Yosh texniklar stansiyalari 
3.
Yosh tashabbuskorlar stansiyalari 
4.
Yosh turistlar stansiyalari 
5.
Yosh sportchilar muassasalari 
6.
Bolalar klublari va markazlari 
7.
San‘at maktablari 
8.
Kutubxonalar 
9.
Sog‗lomlashtirish va hokazolar. 
Bolalar va o‗smirlarni yakka tartibda ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‗sh 
vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, 
shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, 
texnikaviy, sport va boshqa yo‗nalishlarda maktabdan tashqari ta‘lim 
muassasalarini tashkil etishlari mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə