2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
CHDPU menejment

Birinchidan — 
milliy tarbiyaning maqsad va vazifalari to‗g‗risidagi 
ta‘limotga;
Ikkinchidan — 
O‗zbekiston xalq maorif tizimini boshqarishning me`yoriy 
haqidagi milliy istiqlol va g‗oya ta‘limotiga asoslanish masalalaridir.
1
А.С.Макаренко. «Педагогическое поема». Москва. 1978 г. С. 286 


12 
Xalq maorifi sistemasidagi muassasalarni boshqarishning me`yoriy va unga 
rahbarlik qilish mustaqillik davlati siyosatining to‗g‗ridan – to‗g‗ri va bevosita 
ifodasidir.
Mustaqillik jamiyatimizda boshqaruvchilar oldiga hukumat tomonidan 
qo‗yilgan vazifalar quyidagicha: «O‘qituvchilar jamoasi bu jamiyatimizning 
armiyasi bo‗lib, Birinchi navbatda xalq maorifning asosiy armiyasi bo‗lmog‗i 
lozim. Boshqaruvchilarni vazifalari — o‘qituvchilik faoliyatini jamiyatni 
demokratik asosda tashkil etish vazifasi bilan bog‗lashdan iboratdir».
Prezidentimiz aytganidek: «O„z-o`zini el ishiga bag„ishlagan inson 
tarbiyasiga jon tikkan oliyjanob o‟qituvchilarni, mo„tabar muallimlarni bundan 
buyon ham boshimizga ko„taramiz».
Orzu qushi u daraxtdan bu daraxtga sakrayotgan o‗smir e‘tirofi ham to‗g‗ri 
— muallimning ishi og‗ir, u fidoiy inson. Bu masalalarni joy-joyiga qo‗yib ish 
faoliyatni yuritish boshqaruvchidan katta mas‘uliyat talab etadi.
O‗quv — tarbiya ishini yaxshi yo‗lga qo‗yish uchun quyidagi sharoitlar 
muhayyo bo‗lishi kerak:

o‗quv xonalarni yaxshi jihozlash;

texnika vositalar bilan ta‘minlash;

o‗quv metodik adabiyotlar bilan ta‘minlash; 

didaktik materiallar bilan ta‘minlash;

qulay va sof psixologik iqlim taminlash;

o‘qituvchi kollektivini ahil — inoq tashkil qilish.
Ta‘lim muassasasi rahbarlari o‗quv — tarbiya ishlarini boshqarishning 
me`yoriy asosi va rahbarlik qilish hamda nazoratni amalga oshirish bobida 
o‘quvchilarning o‗z — o‗zini boshqarishning me`yoriy bo‗g‗inlari, o‘quvchilar 
komitetini yaxshi tashkil qilish yaxshi natijalar beradi. Ta‘lim muassasasida agar 
o‘quvchilar komitetini yaxshi yo‗lga qo‗ysak, ta‘lim muassasasida har qancha 
ishlarni tashkil qilish oson bo‗ladi.
Tarbiyaning maqsadi — uning ko‗zlangan natijasidir.
Ta‘lim muassasasiga ta‘lim — tarbiya jarayoniga rahbarlik qilish masalasi 
maktab va o‗quv muassasasi ichki boshqaruv tizimida muhim o‗rinni egallaydi. 
Uning maqsadi ta‘lim — tarbiya ishlarini hozirgi davr talablari asosida tashkil 
qilish va bu boradagi ilg‗or pedagogik tajribalarga asoslanish, samarali yo‗llar 
bilan uni yanada takomillashtirishdir.
Ta‘lim — tarbiya ishlariga rahbarlik qilish asosi bu Birinchi navbatda ta‘lim 
muassasasida sof psixologik iqlimni vujudga keltirish, o‘qituvchilar jamoasining 
bir yoqadan bosh chiqarib, o‗quv — tarbiya ishlarini hozirgi zamon talablariga 
javob beradigan holda tashkil qilishdan iboratdir. Shuni alohida qayd qilish 
kerakki, Respublikamizda yo‘z berayotgan o‗zgarishlar va fan — texnika 
taraqqiyoti, ta‘lim muassasasining ta‘lim — tarbiya ishini qayta ko‗rishning asosiy 
yo‗nalishlari maorifning yuqori bo‗g‗inlari tomonidan belgilab berilgan.
Binobarin, 
ta‘lim jarayonining takomillashuvi ta‘lim — tarbiya 
nazariyasidagi barcha masalalarni: ta‘lim muassasadagi ta‘limning mazmuni 


13 
(o‗quv reja, o‗quv dasturi, darsliklar), ta‘lim prinsiplari, o‗qitishning shakli, uslubi 
va vositalari, ta‘limni tashkil qilish shakllarini qayta ko‗rib chiqishni talab etadi.
Muassasa rahbarlari agar ta‘lim — tarbiya ishlariga rahbarlik qilishda o‗quv 
qo‗llanmalari, ilmiy, nazariy, metodik va umumpedagogik adabiyotlardan 
foydalansa, bu ishda yaxshi natijaga erishishi mumkin.
Ta‘lim ishini qayta ko‗pish sharofati bilan ta‘limning o‗quv rejalariga yangi 
fikrlar kiritildi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə