2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
CHDPU menejment

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I BOB. 
Pedagogik tizimini boshqarishning me`yoriy asoslari fanining mazmuni, 
maqsadi, vazifasi va metodlari 
 
Pedagogik tizimini boshqarishning me`yoriy asoslari 
fanining mazmun– mohiyati va ahamiyati. 
Pedagogik tizimni boshqarishning me`yoriy asoslari 
fanining maqsad va vazifalari. 
 
Fanining mazmun– mohiyati
Xalq ta‘lim bo‗limi ish faoliyati 
va 
ahamiyati.
pedagogika fanining tarkibiy qismi sifatida maktabshunoslik ta‘lim 
sistemasini tashkil qilish, boshqarishning me`yoriy asosi va ta‘lim muassasalarni 
boshqarishning xujjatlashtirish, undagi o‗quv jarayoniga rahbarlik qilishning 
shakllari va metodlarini, muassasadagi mas‘ul shaxslarning faoliyatini tadqiq 
qiladi hamda rahbarlik qilish tizimini bayon qiladi. 
O‗zbekiston mustaqillikni qo‗lga kiritishi, shuningdek iqtisodiyotda 
boshqaruv tizimi va ijtimoiy rivojlanishda keng miqyosli islohotlar o‗tkazilishi 
natijasida respublikada, eng avvalo, ta‘lim sohasida zarur shart-sharoitlarni 
yaratishni ko‗zda tutadi. Respublikada tarkib topgan xalq ta‘limining yangi tizimi 
yangicha yondashuvni taqozo etmoqda. Bu esa boshqa mamlakatlar tajribasini 
o‗rganishni Respublika ehtiyoji va uni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olishni 
talab qiladi.
Xalq ta‘limi tizimi va umumiy ta‘lim maktabini boshqarishning ijtimoiy 
boshqaruvining ajralmas qismi bo‗lib, unga rahbarlik qilish va uni boshqarishning 
me`yorini takomillashtirish hozirgi davrning dolzarb muammosi bo‗lib 
hisoblanadi. Shunga ko‗ra bu masala xalq ta‘limi bo‗limlarining, ta‘lim — tarbiya 
masalalari rahbarlarining hamda pedagogika fani sohasida xizmat qilayotgan 
barcha olimlar va ilmiy xodimlarning doimiy diqqat e‘tiboridagi bosh masalasi 
bo`lib qoldi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, haqiqatdan ham iqtisodiyotimiz, 
madaniyat, ijtimoiy va ma‘naviy hayotimiz mustaqillikni hozirgi sharoitida 
umumiy ta‘limga ega bo‗lgan insonni tarbiyalab yetishtirish darajasi va sifatiga 
yanada yuksakroq talablar qo‗yilmoqda.
Har bir mamlakat xalq ta‘limi tizimining taraqqiyoti shu mamlakatda ishlab 
chiqarish munosabatlarining rivojiga va jamiyat taraqqiyotiga ta‘sir etadigan 
ijtimoiy, iqtisodiy masalalarga va milliy xususiyatlarga bog‗liq bo‗ladi.
Mamlakatmiz istiqlolga erishgandan keyin xalq maorifini rivojlantirish 
masalalariga, yyetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashga katta e‘tibor berilmoqda.
Mazkur fikrga asoslanib aytishimiz zarurki, zamonaviy ijtimoiy – iqtisodiy 
sharoit ta‘lim muassasalari boshqaruvi tizimini ham qayta ko‗rib chiqish va uning 
zamonaviylashtirishni talab qiladi.
Chunki xozirgi kunda oliy ta‘lim tizimida,umumiy o‗rta ta‘lim 
muassasalarida 
yaratilayotgan 
sharoitlar, 
zamonaviy 
o‗zgarishlar barcha 
imkoniyatlardan foydalana oladigan, o‗ziga va o‗z ishiga nisbatan talabchan, 



maktab, oila va mahalla hamkorligini yo‗lga qo‗ya oladigan, o‗z ishining ustasi 
bo‗lgan, o‗z sohasining sirlarini har tomonlama chuqur biladigan, o‗zini o‗zi 
rivojlantiruvchi hamda o‗z qobiliyati va imkoniyatlarini to‗la ishga sola biladigan 
muttaxassislar va rahbarlarning faoliyat ko‗rsatishini talab qiladi. 
Diyorimizda ta‘lim tizimining modernizatsiya qilishi, uning tarkibiy jihatdan 
qayta qurish, ta`lim, fan, texnika va texnologiyaning iqtisodiyot va madaniyatning 
jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta‘lim dasturlarini 
o‗zgartirib yangilab borishni ko‗zda tutadi. Ilg‗or texnologiyalarning keng 
o‗zlashtirlishi, iqtisodiyotdagi ijobiy o‗zgarishlar, chet el investitsiyalari 
qo‗llamlarining kengayishi, tadbirkorlik, bozor iqtisotiyotining rivojlanishi, 
shuningdek o‘zliksiz ta‘limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, 
yoshlarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta‘limga 
tabaqalashtirilgan yondoshuvining joriy etilishi hamda ta‘lim berishning ilg‗or 
pedagogik texnologiyalari, zamonaviy o‗quv – uslubiy majmualarning yaratilishi
o‗quv tarbiya jarayonining didaktik jihatdan masofaviy ta‘minlanishi ta‘limni 
boshqarishning me`yoriy tizimini takomillashtirishiga asos bo`la oladi.
Uzluksiz ta‘limning poydevori hisoblangan umumiy o‗rta ta‘limni 
rivojlanish, jamiyat va shaxs extiyojlarini to‗la qonli qondirish hamda ta‘lim 
jarayoni ishtirokchilariga zaruriy va yetarli sharoitlarni yaratish maqsadida ―2004-
2009 yillarda maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi 
to‗g‗risida‖-gi farmon, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 
sentyabrdagi PQ-3305-son «O‗zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim 
vazirligi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida»gi qarori
 
hamda O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son «2017 — 2021 
yillarda maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida»gi qaroriga
 
muvofiq qabul qilingan qator hukumat qarorlari, me`yoriy 
asoslari umumiy ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan rivojlanish va 
o‗zgarishlarga asos bo‗lish bilan birgalikda mazkur sohaning rahbar va pedagogik 
xodimlariga o‗ziga xos talablarni belgilab berdi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisida 2019 yil ―Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish 
yili‖da ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish haqidagi MUROJAATNOMASIDA -
maktabgacha va boshlang`ich ta‘lim muassasalarni tubdan isloh qilish, jamiyatda 
sog‗lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada 
ommalashtirish vazifalarni ta‘kidladi; 
-
ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta‘lim tizimini yanada 
takomillashtirish zarur deb quyidagi vazifalarni qayd qilindi; 
-bolalarni maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olish darajasini bugungi 34 
foizdan 2019 yilda 44 foizga yetkazish;
- umumiy o‗rta ta‘lim tizimini bugungi kun talablari asosida tashkil etish; - - 
farzandlarimiz har tomonlama kamol topishi uchun barcha sharoitlarni yaratish; - 
xususiy maktablar tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan keng 
foydalanish;



- oliy ta‘lim tizimida tahsil olish uchun keng imkoniyat yaratishga 
qaratilgan ishlarni yanada ku
с
haytirish;
- O‗zbekistonda oliy va o‗rta maxsus ta‘lim maskanlari bitiruv
с
hilarini oliy 
ta‘lim bilan qamrab olish.
- bitiruv
с
hilarni oliy ta‘lim bilan qamrab olish darajasini 20 foizga 
y
etkazish 
va kelgusi yillarda oshirib borish;
- oliy o‗quv yurtlari nufo‘zini oshirish;

nodavlat ta‘lim maskanlari sonini ko‗paytirib, sohaga yuqori malakali 
kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirish;
- yoshlarga bir vaqtning o‗zida bir nechta oliy o‗quv yurtiga hujjat 
topshirish imkoniyatini berish;
- oliy ta‘lim muassasalariga real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, qabul 
kvotalarini mustaqil belgilash tizimini joriy etish; 
- bakalavriat yo‗nalishida tahsil olayotgan talabalarga xorijda o‗qishni 
davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish. 
- OTMlarda ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog 
kadrlar tayyorlash ko‗lamini kengaytirish zarur. 
- Yoshlarning bilim va ma‘lumot olishining asosiy manbai Internet ekanini 
nazarda tutish zarur.
- «Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash 
tizimi to‗g‗risida»gi vazifalarga e‘tibor qaratilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son 
«Oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga 
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta‘minlash bo‗yicha 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi 
qaroriga
 
muvofiq oliy ta‘lim 
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini belgilaydi.
1. Mazkur Nizom 2018-2019 o‗quv yilida, shuningdek keyingi o‗quv 
yillarida oliy ta‘lim muassasalariga o‗qishga qabul qilingan talabalarning bilimini 
nazorat qilish hamda baholashda qo‗llaniladi. 
2. Mazkur Nizom talablari qonun hujjatlariga muvofiq o‗quv jarayoni modul 
tizimiga asoslangan oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va 
baholashda qo‗llanilmaydi. 
3. Talabalar oliy ta‘lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan 
Birinchi mashg‗ulotda mazkur Nizom talablari bilan tanishtirilishi shart. 
4. Talabalar bilimini baholashda malakaviy amaliyot, kurs ishi, fan 
(fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistratura 
bosqichida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar hamda magistrlik 
dissertatsiyasi bo‗yicha mazkur Nizomda belgilangan baholash mezonlari 
qo‗llaniladi. 
Bu talablar Oliy ta‘lim tizim bakalavriat talabalarini yuqori bilim, ko`nikma 
va malakaga ega bo`lishlari uchun kuprok mustaqil ishlash va fikrlash faoliyat 
bilan shug`ullanishlarini talab qiladi.
Oliy ta‘lim muassasasida nazorat turlarini o‗tkazilishi tegishli oliy ta‘lim 
muassasasining ta‘lim sifatini nazorat qilish bo‗limi tomonidan doimiy ravishda 


10 
o‗rganib boriladi. Bunda nazorat turlarini o‗tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan 
hollarda, o‗tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli 
nazorat turi qaytadan o‗tkazilishi mumkin. 
Ta‘lim muassasalarini akkreditatsiyalash-ta‘lim muassasasini baholash va 
tan olish bo`yicha tadbirlar tizimi, shuningdek, ular tavsiya qilgan tayyorlov 
dasturlarini mazmuni, to`laqonligicha, o`qitish darajasi va sifatini tan olish.
Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanish ko`rsatib 
o`tilgan: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə