2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари


Pedagogik tizimni vazifalari quyidagilarni o‗z ichiga oladi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   128
CHDPU menejment

Pedagogik tizimni vazifalari quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
1.
O‘qituvchilar va boshqa pedagogik xodimlarni tayyorlash ishini 
jahonning rivojlangan mamlakatlari darajasida tashkil etish. 
2.
Ota – onalar, bolalar tarbiyasi bilan shug‗ullanadigan jamoat tashkilotlari 
xodimlari orasida pedagogik bilimlarni yoyish. 
3.
Amaliy faoliyatda odamlar bilan muloqotda bo‗ladigan kasb egalarini 
tayyorlashda ta‘lim – tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, ruhshunoslik
pedagogikaga doir bilimlar berish. 
4.
Pedagogik xodimlar va xalq xo‗jaligining barcha sohalarida mehnat 
qiladigan mutaxassislarning malakasini oshirish jarayonida ularni pedagogik bilim 
va malakalar bilan qurollantirish. 
Turli yo‗nalishda va turli darajada xodimlar tayyorlash va ularning yuqori 
malakali sifatida voyaga yetkazish pedagogik tizimning bosh vazifasi hisoblanadi. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
ta‘lim 
muassasalarida 
ishlash 
uchun 
tayyorlanayotgan kadrlar: pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; 
umuminsoniy va milliy – madaniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal 
egallagan, shuningdek umuminsoniy qadriyat sifatida ilohiy ishlardan ham 
xabardor, ma‘naviy barkamol, fuqarolik burchini anglagan, ixtisosiga doir bilim, 
ko‗nikmalarni, psixologo – pedagogik, metodik bilimlarni egallangan; kasbi va 
bolalarni yaxshi ko‗radigan, talabchan, adolatli, pedagogik odobli bo‗lib 
yetishishlariga ko‗maklashadigan kishi bo‗lmog‗i kerak. 


18 
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun o‘qituvchilar tayyorlash tizimini 
yanada takomillashtirishni taqozo qiladi. 
Buning uchun: 

davlat jamoatchilikning, ota – onalarning kuch – g‗ayrati: pedagogika 
o‗quv yurtlari va pedagogika universitetlari uchun ajratilgan mablag‗larni 
ko‗paytirish orqali ularning o‗quv – moddiy bazasini mustahkamlash; 
o‘qituvchining maoshini jumhuriyatda o‗rtacha maoshdan yuqori bo‗lishini 
ta‘minlab, ularning ishlash va yashash sharoitlarini yaxshilashga erishib, 
jamiyatdagi mavqeini oshirish; 

pedagogika o‗quv yurtlariga qabul qilish mexanizmini takomillashtirish
pedagogik faoliyatga qobiliyatli, qiziqishi bor, bilimdon kishilarni o‗qishga qabul 
qilish; 

pedagogik kadrlarni tayyorlash bilan bir qatorda, shartnoma asosida 
maqsadli tayyorlash tizimiga o‗tish; 

bo‗lajak o‘qituvchilar, pedagogik xodimlarni kichik mutaxassis, bakalavr 
va magistr darajalarida tayyorlashni yo‗lga qo‗yish zarur. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə