2 мавзу: Педагогик тизимни бошқариш фанининг мақсад ва вазифалари ва методлари



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/128
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#184077
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128
CHDPU menejment

 Axborotlar to‗plash metodi – 
ta‘lim muassasaning faoliyatini 
takomillashtirish uchun rahbarlarning faoliyatini ilmiy asosda axborotlar 
to`g`risida, amalga oshirishda xizmat qiladi. 
Respublika Ta‘lim muassasaini yagona axborot maydoniga birlashtirish
elektron hujjat almashinuvi elementlarini joriy etish, boshqaruv samaradorligini 
oshirish va ta‘lim muassasa orasidagi o‗zaro aloqalarni ta‘minlaydigan Oliy va 
o‗rta maxsus kasb-hunar ta‘limi vazirligi korporativ axborot tarmog‗i yaratildi.
Oliy va o‗rta maxsus kasb-hunar ta‘limi vazirligi portalida 8798 elektron 
o‗quv manbalarning matnli bazasi yaratildi. Vazirlik korporativ axborot tarmog‗iga 
o‗quv-tarbiyaviy jarayonni doimiy monitoringini olib borishni ta‘minlovchi barcha 
ta‘lim muassasa elektron pasportlari va barcha o‘qituvchilar, bakalavriyat, 
magistratura va aspiranturada o‗qiyotgan talabalar (shuningdek o‗zlashtirish 
ko‗rsatkichlari) haqida ma‘lumotlar kiritilgan. 
Ta‘lim muassasa fundamental kutubxonalari axborot almashish va yetkazish 
vositalari kompyuterlar va ko‗paytirish texnikalari bilan jihozlandi. Ularda fondni 
shakllantirish va ma‘lumot qidirishningi avtomatlashtirilgan tizimi ―Irbis‖ joriy 
etilgan. Zamonaviy kutubxonalar an‘anaviy qog‗ozdagi fond bilan bir qatorda 
kitoblarning elektron versiyalari, shaxsiy yaratilgan, shu bilan birga chetdan 
keltirilgan elektron darsliklarga ega. 
O‗quv muassasasida har bir talaba jiddiy hisobga olib boriladi. Alfavit 
daftar, shaxsiy delo (papka) bo‗ladi. Bolalarni boshqa muassasaga o‗tishi nazoratda 
bo‗ladi. Muassasa esa XTB ga yillik statistik hisobot taqdim qiladi. 
O‗quv yilining yakuniga ota – onalar yig‗ilishi chaqiriladi. Muassasalarning 
ta‘lim – tarbiya natijalari hisoboti beriladi. 
Har bir o‘qituvchi o‗z vazifalarini bajarish, maktab va ta‘lim muassasa 
mulkini belgilangan tartibda o‗z joylarida saqlashga nisbatan jiddiy munosabatda 
bo‗lishi kerak. O‗quv – tarbiya ishlari ustidan kundalik maktab va muassasa ichki 
nazorati muassasaning barcha ishlarining yuksak darajasini ta‘minlashga, o‘quvchi 
– talabalarning qiziqarli tajribalarini ma‘qullash va yoyishga, ba‘zi o‘qituvchilar 
ishidagi kamchiliklarni o‗z vaqtida aniqlashga yordam beradi. Tekshirish natijalari 
metod birlashma va direktor qoshidagi kengashlarda, pedagoglar jamoasida va 
ishlab chiqarish kengashlarida muhokama qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə