3 – Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari


Aristotel (Er. av-gi 384-322 yillar) qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi, o‘zining betakror, jahonni lol qoldirgan ilmiy merosi bilan mashhurdir



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə4/10
tarix28.11.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#138063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-mavzu G\'arb falsafasi

Aristotel (Er. av-gi 384-322 yillar) qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi, o‘zining betakror, jahonni lol qoldirgan ilmiy merosi bilan mashhurdir.

  • Aristotel (Er. av-gi 384-322 yillar) qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi, o‘zining betakror, jahonni lol qoldirgan ilmiy merosi bilan mashhurdir.
  • Uning barcha asarlari borliqni o‘rganishga qaratilgan. Mantiqqa oid asarlarining barchasini «Organon» («Qurol») nomli asariga jamlagan. Faylasuf barcha fanlarni ikki turga — nazariy va amaliy fanlarga bo‘lgan. Amaliy fanlar shogirdlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga, biror bir foydali ishni amalga oshirishga yo‘naltirilgan. U nazariy fanlarni uch qismga - falsafa (metafizika), matematika va fizikaga ajratgan.
  • Faylasuf olamdagi narsa va hodisalar to‘rtta sababga ega. Bular — moddiy sabab, ya'ni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab, Aristotel talqinicha, harakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning ulg‘ayishi sababchisidir. Aristotel pirovard sabab (maqsad sabab) vositasida insonga xos bo‘lgan maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmoqchi bo‘lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni paytda, olam o‘zining abadiy sababi, ya'ni harakatlantiruvchi kuchiga ega.
  • Aristotelning jamiyat va davlat to‘g‘risidagi ta'limoti «Davlat», «Siyosat» kabi asarlarida bayon etilgan. Uning fikricha, davlat boshqaruvi jamiyatning erkin va farovon hayoti uchun xizmat qilishi lozim. Baxtli hayot mazmuni faqat moddiy mo‘l-ko‘lchilik bilan belgilanmaydi, balki seroblik ma'naviy boylik bilan uyg‘un bo‘lgandagina, jamiyat baxtli hayot kechiradi.
  • Yunon falsafasida Demokritning qarashlari ham muhim o‘rin tutadi. U haqiqiy borliq — moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda moddiy zarrachalardan, ya'ni atomlardan va bo‘shliqdan iborat deya ta'lim beradi. Atomlar va bo‘shliq o‘zaro yaxlit abadiy ibtidodir. Atomlar — bo‘linmas va o‘zgarmas, sifat jihatdan bir xil, uning miqdori shakli singari behisobdir. Harakat, degan edi Demokrit, atomlardan iborat moddaning abadiy, tabiiy holatidir. Demokrit tasodifiyatni inkor etgan. U «na tabiatda na jamiyatda hech bir narsa tasodifan paydo bo‘lmaydi», deb yozgan. Uning falsafiy qarashlarida axloqiy ta'limot muhim o‘rin tutadi.

Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə