3 – Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə6/10
tarix28.11.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#138063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-mavzu G\'arb falsafasi

Apologetlar xristianlik tarixida 1 va III asrlarda vujudga keldi. Apologetika so‘zining lug‘aviy ma'nosi «himoya qilish», — demakdir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo‘lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta'qib qilishi hech qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o‘z asarlarida mushriklik (ko‘p xudolik) adabiyotlaridan olingan bahslashish (dialog) shaklidan, yoki apologetikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar.
Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta'limoti – patristika paydo bo‘lgan. «Patristika»- so‘zi «ota» («padre») so‘zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda Farbda episkoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Sharqda mashhur bo‘lgan cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347-407) edi. Uning 640 ta da'vatlaridan ko‘pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida injilni amaliy qo‘llash sof ahloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.

Sxolastika (yunon. sxole – maktab) – maktab ta'limida hukmronlik qilgan va ilohiyotga to‘la bog‘liq bo‘lgan o‘rta asrlar xristian falsafasi. XI asrda sxolastik falsafa doirasida nominalizm va realizm o‘rtasida kurash avj olgan. Dastavval: «Xudo bir, lekin siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudo-o‘g‘il va Xudo-muqaddas ruh, degan fikrni qanday tushunish kerak?», degan sof sxolastik savol o‘rtaga tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan bahs-munozara uning chegarasidan chetga chiqqan va tom ma'noda falsafiy xususiyat kasb etgan: amalda yakkalik va umumiylik dialektikasining muhokamasiga aylangan.

  • Sxolastika (yunon. sxole – maktab) – maktab ta'limida hukmronlik qilgan va ilohiyotga to‘la bog‘liq bo‘lgan o‘rta asrlar xristian falsafasi. XI asrda sxolastik falsafa doirasida nominalizm va realizm o‘rtasida kurash avj olgan. Dastavval: «Xudo bir, lekin siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudo-o‘g‘il va Xudo-muqaddas ruh, degan fikrni qanday tushunish kerak?», degan sof sxolastik savol o‘rtaga tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan bahs-munozara uning chegarasidan chetga chiqqan va tom ma'noda falsafiy xususiyat kasb etgan: amalda yakkalik va umumiylik dialektikasining muhokamasiga aylangan.
  • Realizm. Uning yirik vakillaridan biri Angelm Ketterberiyskiy (1038-1109) dir. Angelm o‘zining ikki asari bilan mashhur. Birinchisi «Monopoliya» — xudoning borligini sabab oqibat munosabatlari tizimida isbot qilish. Bu isbot — kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotda ko‘p ne'matlardan foydalanadi. Angelmning ikkinchi asari «Prologion» xudo borligining deduktiv isbotidir.
  • Uning ta'kidlashicha, har bir odam uchun oliy va komil mohiyat haqida g‘oya mavjuddir. Bu g‘oya esa ob'ektiv mavjudlikka ega bo‘lgan reallikka mos keladi. CHunki agar borliq mavjud bo‘lmaganda edi, narsa komil bo‘lmas edi. Agar xudodan yuqoriroq oliy narsani tasavvur qilish mumkin emas ekan, demak, xudo reallikda mavjuddir.


Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə