3 – Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə7/10
tarix28.11.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#138063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-mavzu G\'arb falsafasi

Nominalistlar «universaliyalar narsalardan keyin vujudga kelgan nomlardir», degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir, «umuman inson» yoki «umuman uy» esa faqat so‘zlar yoki nomlar bo‘lib, ularning yordamida odamlar ayrim predmetlarni umumlashtiradilar. Realizm umumiylikka narsadan oldin paydo bo‘luvchi ideallik sifatida yondashgan, ya'ni amalda umumiy va yakkaning aloqasi to‘g‘risidagi idealistik konsepsiyani ishlab chiqqan bo‘lsa, nominalizm bu muammoni materialistik yo‘l bilan echishning o‘ziga xos timsoli bo‘lgan. Shunday qilib, realistlar va nominalistlar o‘rtasidagi bahs falsafiy tus olgan, chunki unda umumiy va yakkaning tabiati muammolari, ularning dialektikasi amalda muhokama qilingan.
Foma Akvinskiy (1224-1292) mo‘'tadil realizmning yana bir yirik vakili bo‘lib hisoblanadi. Foma o‘sha davr uchun Aristotel natur falsafasini ilohiyot bilan birlashtirishga harakat qilgan. Akvinskiy ta'limoticha, dunyo ierarxik narvondan iboratdir. Uning eng quyi qismida er va 4 elementdan iborat bo‘lgan hamma narsalar mavjuddir. Odam ruhi xudo va moddiy dunyo o‘rtasidagi joyni egallaydi. Dunyoviy jamiyat tepasida esa, papa boshchiligidagi ilohiy davlat turadi. Erdan uzoqlashgan sari u ilohiylashib boradi. Foma Akvinskiy katolik teologiyani yaratgan va sxolastikani tizimga solgan mutafakkir sifatida e'tirof etiladi. Uning eng mashhur asarlari: «Teologiya yig‘indisi», «Falsafa yig‘indisi», «Majusiylarga qarshi yig‘indi».

Evropa falsafasining rivojida universitetlar


Ular bilim va ma'rifatning o‘chog‘i sifatida 1200 yillarda vujudga keldi. 1400 yillarga kelib, Evropada 23 ta universitet mavjud bo‘lgan. Universitet dasturining juda katta qismini sxolastika bilan shug‘ullanish tashkil etar edi.
XII asrda Abelyar Rim huquqining buyuk tadqiqotchisi sifatida mashhur bo‘ladi va talabalar uni eshitish uchun Bolonya shahriga oqib kela boshlaydilar. Natijada Bolonya shahri universiteti muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Abelyarning o‘qituvchi sifatidagi shuhrati ko‘p jihatdan Parij universitetining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.

Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə