3 – Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə5/10
tarix28.11.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#138063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-mavzu G\'arb falsafasi

Epikur (Er.av-gi 341-270 yillar) — Demokrit ilgari surgan atomchilik ta'limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog‘onaga ko‘targan boyitgan faylasuf. Epikur ta'limoticha, olam — moddiy, abadiy va cheksiz. Atomlar — bo‘linmas, olam — jism va bo‘shliqdan iborat, deb yozgan edi u. Barcha jismlarni ikki guruhga bo‘lgan. Birinchi guruhga jismlarni tashkil etuvchi atomlarni, ikkinchi guruhga atomlarning birlashishidan tashkil topgan jismlarni kiritgan. U ichki harakat qonuniyatini kashf etib, Demokrit ilgari surgan atomchilik ta'limotiga ulkan hissa qo‘shgan.

  • Epikur (Er.av-gi 341-270 yillar) — Demokrit ilgari surgan atomchilik ta'limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog‘onaga ko‘targan boyitgan faylasuf. Epikur ta'limoticha, olam — moddiy, abadiy va cheksiz. Atomlar — bo‘linmas, olam — jism va bo‘shliqdan iborat, deb yozgan edi u. Barcha jismlarni ikki guruhga bo‘lgan. Birinchi guruhga jismlarni tashkil etuvchi atomlarni, ikkinchi guruhga atomlarning birlashishidan tashkil topgan jismlarni kiritgan. U ichki harakat qonuniyatini kashf etib, Demokrit ilgari surgan atomchilik ta'limotiga ulkan hissa qo‘shgan.
  • Epikur ta'limotini rimlik Lukretsiy Kar (eramizdan avvalgi 99-55 yillar) davom ettirgan. U «Narsalarning tabiati to‘g‘risida» nomli asari bilan mashhur bo‘lgan. Yashashdan maqsad, deb yozgan Lukretsiy, baxtli hayot kechirishdan iboratdir. Jamiyat ham, xuddi tabiat singari, o‘z qonunlariga ega hamda tabiat qonuniyatlariga tayangan holda rivoj topadi, deydi u. Uning falsafiy qarashlari o‘z davri va o‘rta asr falsafasiga o‘z ta'sirini ko‘rsatgan. Uning fikricha, modda (materiya) — abadiy, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib, shaklini o‘zgartirib yashash — uning xossasi. Olamdagi barcha narsalar ikkiga — oddiy va murakkab turga bo‘linadi. Lukretsiy Kar atom harakatining uchta turini sanab o‘tgan.

Evropada Qadimgi Yunon va Rimdan so‘ng o‘rta asrchilik falsafasi, ya'ni miloddan ilgarigi 1 asrdan milodning X1V asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo bo‘ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko‘rish mumkin: 1. Xristianlikning shakllanib davlat dini va mafkurasiga aylanishi; 2. O‘rta asrlarga kelib inkvizitsiyaning ustivor yo‘nalishga aylanishi. Gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm va boshqa oqimlar o‘sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi
Gnostiklar. Bu davr falsafasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan gnostitsizm eramizning 150 yillarida o‘zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy ta'limot yaratdilarki, ularning fikricha Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o‘z tabiatinnig ruhiy jihati bilan xudoga moslashgan. Bu masalada gnostitsizm faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar. Agar bu urinishda gnostitsizm g‘alaba qilsa, xristianlik qadimgi dunyoning navbatdagi falsafiy dini bo‘lib qolar edi va shunday bo‘ldi ham. 354 yilda Pompey sobori xristianlikni Rim imperiyasining asosiy dini deb e'lon qildi.
Dualizm — gnostitsizmning asosiy yo‘nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o‘rtasida mustahkam chegara mavjud deb ta'kidlaydilar. Ular ta'limotida materiya hamma vaqt yovuzlik timsolidir. Bundan ular xudo hech mahal moddiy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb hisoblaydilar. Gnostiklar tomonidan e'lon qilingan darveshlik (asketizm) o‘rta asrlarda monaxchilikning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.

Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə