3 – mavzu Ta’lim-tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv: imkoniyatlari va o‘ziga xosliklari


- MAVZU Ta’lim-tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv: imkoniyatlari va o‘ziga xosliklari



Yüklə 28,25 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü28,25 Kb.
#134564
1   2   3   4
3- MAVZU
Ta’lim-tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv: imkoniyatlari va o‘ziga xosliklari
Reja:
1.Ta’lim-tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv haqida umumiy ma’lumot.
2.Ta’lim-tarbiya tizimiga innovatsion yondashuv va uning mazmun mohiyati.
3. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda innovatsion ta’limning roli.
Tayanch tushunchalar: ta’lim, tarbiya, texnologiya, YUNESKO, pedagogik texnologiya.
Mustaqil ish: Tarbiya texnologiyalari tarixi, istiqbollari.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan islohotning muhim yo‘nalishi sifatida ta’lim jarayonini texnologiyalashtirishdan e’tirof etildi. Bu jarayonning samaradorligi o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim amaliyotida faol qo‘llanilishi, shuningdek, rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalardan xabardor bo‘lishquyidagi shartlar asosida ta’minlandi. Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish pedagogik faoliyatning muhim ko‘rinishi bo‘lib, u quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- pedagogning texnologik madaniyatga egaligi;
- pedagogning pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida tajribaga egaligi;
- pedagog tomonidan pedagogik texnologiyalarga “ijodiy” o‘zgarishlar kiritilishi va ularning qayta shakllantirilishi;
- pedagogik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etishda o‘qitiuvchi va talabalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik negizida muvaffaqiyatli vaziyatlarning qaror topganligi;
- pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik;
- peagogik texnologiyalarning talabalar va pedagoglarning kasbiy rivojlanishini ta’minlashdagi imkoniyatlarga egaligi;
- talabalar o‘quv-bilish faoliyatining ijobiy ahamiyat kasb etishi.
Bunda quyidagi mezonlar muhim ahamiyatga ega:
• Asosiy bosqichlar
• loyihani yaratish
• talabalar faoliyatini tashxislash
• pedagogik jarayonni tashkil etish
• pedagogik jarayonning samarali kechishini ta’minlash
• talabalar faoliyatini nazorat qilish.
Pedagogik vazifaning hal etilishiga o‘qituvchi va tinglovchi faoliyatlarining mazmuni, vositalarini loyihalash orqali erishadi.
Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish uni loyihalashga nisbatan yangicha yondashuv, ya’ni, ta’lim jarayonini texnologik strukturasiga muvofiq yoritish zaruratini taqozo etadi. O‘qituvchi kasbiy faoliyatini tashkil etishda ta’lim jarayonini loyihalash alohida ahamiyatga ega. Har bir o‘quv kursini o‘rganish alohida mavzu va bo‘limlarni loyihalash asosida amalga oshiriladi. Loyihalash mahsuli ta’lim jarayonining loyihasi sanaladi. Pedagogik amaliyot mohiyatini tahlil etish natijasida ta’lim jarayonini loyihalashning bir necha qonuniyatlari ajratildi. Ular:
Ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini loyihalash ikki darajada:
a) o‘qituvchi faoliyati darajasida (ta’lim jarayonining alohida qismlarini loyihalash);
b) ta’lim menejeri faoliyati darajasida (ta’lim jarayonini yaxlit loyihalash) amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonini loyihalashda nafaqat har bir tarkibiy qism, balki ular orasidagi aloqalar ham modellashtiriladi hamda loyihalash qonuniyatlari pedagogik faoliyat ko‘rinishi bo‘lib, u ta’lim jarayonining texnologik tuzilma hama o‘qitish natijasini kafolatlovchi metod va vositalar yig‘indisiga egaligi bilan tavsiflanadi.
Ta’lim jarayonini loyihalash
1) ta’lim jarayonining loyihalash samaradorligi barcha tarkibiy qismlar (texnologik boshqaruv, vosita, axborot, ijtimoiy-psixologik muhit)ning loyihada maqsadga muvofiq yoritilishi asosida ta’minlanadi;
2) ta’limning texnologik vositalari talabalarning individual xususiyatlariga bog‘liq holda tanlanadi;
3) loyihalash strategiyalari o‘qituvchining individual uslubiga muvofiq tanlanadi;
4) loyihalash sifati teskari aloqa (o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi) ko‘lami, loyihalash mazmuni, shuningdek, barcha omillar samaradorligiga bog‘liq loyihalash tamoyillarining nazariy asoslarini ishlab chiqishga, pedagogik faoliyat amaliyotida qo‘llashga zamin tayyorlaydi. Mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonini loyihalashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Markazlashtirish tamoyili texnologik jarayonda tinglovchilar faoliyati modelini loyihalashning bosh elementi sifatida ifodalanadi. Ta’lim jarayoni tuzilmasida asosiy tizimlashtiriluvchi ta’lim mazmuni va tinglovchi faoliyati texnologik jarayon hisoblanib, uning mazmunini tinglovchilarning ijtimoiy tajriba asoslarini o‘zlashtirib olishga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyati tashkil etadi. Har bir o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni umumiy ta’lim maqsadi va vazifalariga muvofiq belgilanadi. Faoliyatli yondashuv nuqtai nazaridan umumiy o‘rta ta’lim mazmunini tashkil etuvchi har bir unsur (element) subyekt faoliyatining turlaridan biriga muvofiq kelishi kerak. Subyekt faoliyatining turlari, o‘z navbatida, aniq modellar yig‘indisi sifatida umumlashgan faoliyat modellari orqali ifodalanishi zarur. Tinglovchilar faoliyati modeli tizimlashtiriluvchi element bo‘lib, tinglovchining yaxlit faoliyati mazmunini aniqlashga xizmat qiladi. Markazlashtirish tamoyili loyihalashni quyidagi tartibda amalga oshirishni talab etadi: faoliyat modellarini maqsadga muvofiq yaratish, ularni tinglovchilar tomonidan o‘zlashtirish usullari, vositalarini tanlash (texnologik operatsiyalar), o‘quv faoliyatini boshqarish usullari (o‘qituvchi faoliyati)ni asoslash.
2. Refleksivlik tamoyili subyektning o‘ziga, shaxsiy faoliyatiga va bilimiga baho berishi, o‘zgalarning u haqidagi fikrlari va ular o‘rtasidagi hamkorlik faoliyatiga oid munosabatlarni tavsiflaydi. Loyihalash jarayonida o‘qituvchiga doimo ta’lim jarayoni, uning aniq va ideal sharoitlari, tinglovchilarning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari, ularni to‘ldirish imkoniyatlari, shaxsiy sifat va qobiliyatlari, pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish imkoniyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq.
Ta’lim jarayonini loyihalash tamoyillari yaratiladigan ta’lim jarayonining loyihasini ta’lim jarayoni ishtirokchisi – subyektning ehtiyojlari va imkoniyatlarini tahlil qilish asosida uzluksiz tuzatib, to‘ldirib borishni talab etadi.
3. Natijaviylik tamoyili pedagogik shart-sharoitlarning qulayligi, oz vaqt va kuch sarflash evaziga samarali natijalarga erishishni tavsiflaydi. Natijaviylik- ijtimoiy tajriba faoliyat modellari mazmuni, texnologik operatsiyalar, ularni o‘zlashtirish, boshqarish uslublarini tanlash, o‘quv faoliyatining muvofiqligi, ta’lim-tarbiya vositalari, texnologik jarayonda sub’ektning qisqa vaqt va kuch sarflashi vositasida belgilangan maqsadga erishishni nazarda tutishi lozim.
4. Ko‘p omillilik tamoyili. Har bir ta’lim jarayoni bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida amalga oshadi. Ular sirasiga o‘qituvchi va tinglovchilarning ijtimoiy–iqtisodiy hayot sharoitlari, ta’lim muassasalari atrofidagi ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiiy iqlim muhiti, o‘quv muassasasining o‘quv-moddiy bazasi, o‘qituvchilarning kasbiy malaka darajasi, ta’lim muassasasi yoki ma’lum sinfdagi ma’naviy–psixologik muhit, tinglovchilarning o‘quv imkoniyatlari, sinfning intellektual salohiyati, jamoaning shaxslararo munosabatlari kiradi. Ta’lim jarayonini loyihalashda o‘qituvchi ana shu omillarni hisobga olishi zarur.
5. Tinglovchi shaxsini ta’lim jarayoniga moslashtirish tamoyili. Bola maktab ostonasiga qadam qo‘yganidan boshlab uning faoliyat ko‘lami (o‘z- o‘ziga xizmat, mehnat, dam olish tarzida) kengayadi. Bu kabi faoliyat ko‘nikmalarini egallashi natijasida ijtimoiy tajribaga ega bo‘lib boradi. Shuning uchun ta’lim jarayonining samarali bo‘lishi, uni loyihalashda ta’lim mazmuni va boshqa faoliyat modellari hisobga olinishi, ularni tinglovchilar kundalik hayot faoliyatida egallab borishi ta’minlanishi zarur. Ayni vaqtda umumiy ta’lim muassasalarida shaxsni rivojlantirish va uni ijtimoiy hayotga moslashtirish muayyan qonuniyatlarga muvofiq psixolog va sotsiologlarning ishtiroklari (psixopedagogik tashxis xulosasi) asosida amalga oshiriladi.
6. Ta’lim jarayonida tabiiy rivojlanish va ijtimoiylashuv tamoyili. Tabiiy jarayonlar mohiyatini bilish ta’lim jarayonini samarali, tinglovchilarning yosh xususiyatlari, senzitiv rivojlanish davrlari, rivojlanishning keyingi bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish imkonini beradi. Tamoyilning mazmuni ta’limni ijtimoiylashtirish, tinglovchilar tomonidan ijtimoiy tajribani individual qonuniyatlar asosida o‘zlashtirilishi bilan izohlanadi. Ta’lim jarayonini loyihalashda o‘qituvchi loyihachi va bajaruvchi sifatida loyihani amalga oshirishning qulay yo‘lini tanlaydi. Loyihalashda tinglovchini o‘quv faoliyatiga yo‘naltiruvchi usullar, mustaqil ta’lim shakli, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘zini hurmat qilish imkoniyatlarini aniqlash zarur.
“Pedagogik texnologiya” tushunchasi esa o‘z mohiyatiga ko‘ra pedagogik faoliyatning eng muhim ikki jihati, ya’ni, ta’lim hamda tarbiya jarayonining texnologiyalashtirilishini ifoda etishi zarur. Barkamol shaxsni shakllantirish muammosining ijtimoiy zaruriyat sifatida e’tirof etilayotganligini nazarda tutadigan bo‘lsak, ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni qaror toptirish, mazkur jarayonni texnologiyalashtirishga erishish muhim pedagogik vazifalardan biri sanaladi. Ta’lim jarayonidan farqli tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda bu jarayonning samarasini qisqa muddat oralig‘ida ko‘ra olish imkoniyati yo‘q. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, tinglovchi va o‘qituvchi o‘rtasida yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlar tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas’uliyatli yondoshish zarurligini taqozo etadi. Zamonaviy sharoitda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘tkazilishiga rasmiyatchilik nuqtai nazardan voz kechish maqsadga muvofiqir. Zero, tayyor ssenariy asosida muayyan tadbirni tashkil etish jarayonida uning asosiy subyektlari bo‘lgan tinglovchilar faol ishtirokchi, tadbir natijasini belgilovchi shaxs sifatida emas, balki oddiy ijrochi sifatida qatnashadi. Bu holat esa bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xususan, ta’lim muassasalarida tashkil etiluvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga texnologik yondashuv quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi:
aniq maqsad va ijtimoiy g‘oyaga asoslanib, talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish talabalarda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi;
talabalarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik qobiliyatining tarbiyalanishi uchun imkoniyat yaratilmaydi;
talabalarda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishi ularning shaxs sifatida kamol topishlarini ta’minlashga yo‘naltirilganligi haqida emas, balki sinfning ta’lim muassasasi jamoasi oldida “soxta obro‘” orttirishi uchun xizmat qiluvchi vosita ekanligi to‘g‘risidagi xulosaning shakllanishi uchun sharoit yuzaga keladi. Muhokama jarayonida o‘qituvchi tomonidan turli tanbehlarning berilishiga yo‘l qo‘ymaslik, aksincha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarning tinglovchilarning o‘zlari tomonidan aniqlanib, ularni bartaraf etish (keyingi tadbirni o‘tkazish jarayonida ularning takrorlanishini oldini olish) yo‘lida chora-tadbirlarni belgilash muhim ahamiyatga ega. Tinglovchilar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga texnologik yondashuv mohiyati tinglovchilar mustaqilligini ta’minlashda quyidagi omillarning mavjudligiga e’tiborni qaratishni ham taqozo etadi. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda bu jarayonni loyihalashtirish hamda uning asoslarini belgilash muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 28,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə