3 – mavzu Ta’lim-tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv: imkoniyatlari va o‘ziga xosliklari



Yüklə 28,25 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü28,25 Kb.
#134564
1   2   3   4
Tayanch tushunchalar:
Innovatsiyayangilanishni, o‘zgarishni amalga joriy etish jarayoni va faoliyati (inglizcha innovatsiya – kiritilgan yangilik, ixtiro). Ilmiy texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asolangan texnika, texnologiya, boshqaruv va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek ularning turli sohalari va doiralarda qo‘llanishini aks ettiradi.
Innovatsion jarayon - innovatsiyalarni vujudga keltirish, amaliyotga tadbiq etish va ommalashtirish faoliyati bilan bog‘liq jarayondir.
Innovatsion ta’lim – bo‘lajak mutaxassislarni joylarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo‘lib, u avval olgan bilimlar asosida ta’limni takomillashtirish va samarali yangicha yondashuv qilishdan iborat.
Modul – pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha. Bu tarkibiy bo‘laklar, ya’ni, modullar eng kichik bo‘laklardan hamda ularning turli miqdordagi to‘plamlaridan iborat bo‘ladi.
Muammoli ma’ruza – o‘qituvchining talabani o‘quv jarayoniga jalb etishga muammoli vaziyatlar, muammoli masalalar orqali erishish jarayoni.
Muammoli ta’lim texnologiyasi (MTT) – talabalarda izlanish olib borish uchun zaruriy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, bilish va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatdir.
Motivatsiya – inson faoliyatida jarayonga, faoliyatga va ularning mazmun-mohiyatiga qiziqish, xohish va moyillik bilan qarashdan iborat bo‘lib, shaxsning faollashuviga sabab bo‘luvchi motiv, ehtiyoj, stimul, vaziyatli faktorlarni e’tiborga olgan holdainsonni bilish uchun olg‘a harakatlantiruvchi kuchdan iboratdir.
Nazorat uchun savollar:
1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun asosida o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar haqida so‘z yuriting.
2.Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
3. Zamonaviy pedagog va unga qo‘yilgan talablar nimalardan iborat?
4. Ta’lim-tarbiya jarayoniga texnologik yondoshuv qaysi jarayonlarda amalga oshiriladi?
5.Ta’lim-tarbiya tizimiga innovatsion yondoshuv va uning mazmun mohiyati nimalardan iborat?
6.Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda innovatsion ta’limning ahamiyati nimada?
7. Inson kamol topishida tarbiyaning roli qanday?
8. Dars tushunchasiga ta’rif bering?
9. Sharq allomalarining ustoz muallimlar haqidagi qanday ibratli so’zlarini bilasiz?
10. Pedagogika sohasiga hissa qo’shgan allomalardan kimlarni bilasiz?

Yüklə 28,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə