|
![](/i/favi32.png) 3-sinf Tabiatshunoslik A. Bahromov,Sh. Sharipov,M. Nabiyev Ona tili va o`qish savodxonligi tuzuvchilari 1-2-sinf IrodaAttestatsiya qo`llanma kitobi8-bob tabiiy boyliklar
-Inson tabiatda ilib foydalanadigan barcha boyliklar-
tabiiy boyliklardir( suv,havo,tuproq,o`simlik,hayvonlar,foydali
qazilmalar),tuproq inson hayoti uchun zarur tabiiy boylikdi,tuproqda
o`simliklar rivojlanadi,chunki tuproq unumdorlik xususiyatiga ega,tuprop
unumdorligi uning tarkibidagi o`simlik va hayvon
qoldiqlari,suv,mikroorganizmlarga bog`liq.Tuproq tarkibidagi
mikroorganizmlar o`simlik va hayvon qoldiqlarini chirindiga aylantiradi,ekin
ekish va sug`orishda tuproq xuxsusiyatlarini hisobga olish zarur.
Tosh-qattiq,suvda erimaydigan mustahkam tog` jinsi,qum-mayda
zarrachalardan tashkil topgan,bir-biri bilan birikmaydigan tog`
jinsi,tuproq-yer yuzasining unumdorlik xususiyatiga ega bo`lgan ustki
qismi.
9-bob quyosh sistemasi
-Yerdan juda olisda joylashgan olovli osmon jismlari
yulduzlar deb ataladi.Oy-Yerning tabiiy yo`ldoshi.U ham xuddi sayyoralar
kabi Quyoshdan kelayotgan nurni qaytaradi.Quyosh-Yerga eng yaqin
yulduz.Sayyoralarning yulduzlardan farqi ,yulduz o`zidan nur
sochadi,sayyoralar esa yo`q.Ular Quyoshdan kelayotgan nurni qaytaradi
xolos.Quyosh atrofida 8 ta sayyora harakatlanadi-
Merkuriy,Venera,Yer,Mars,Yupiter,Saturn,Uran,Neptun.Yulduzlarni tunda
yoki quyosh botishi oldidan kuzatamiz.Quyosh nurlari kunduzi ularni
ko`rishimizga imkon bermaydi,ko`zgu quyosh nurlarini qaytaradi,sayyoralar
ham koinotda ko`zgu vazifasini bajaradi.
Yer-Quyosh atrofida aylanuvchi sayyoralardan biri,u Quyoshdan uzoqligiga
ko`ra uchinchi sayyora.Yerning kichraytirilgan modeli-globus.Yer o`z o`qi va
Quyosh atrofida doimiy harakat qiladi.Uning o`z o`qi atrofida aylanishidan
kun vat un,Quyosh atrofida aylanishidan esa yil hosil bo`ladi.Yerning o`z
o`qi atrofida aylanishi natijasida kun vat un almashinadi.Kun vat un
almashinishidan sutka hosil bo`ladi.Bir sutka- 24 soat.Yer yuzasining
Quyosh yoritib turgan qismida kunduz,Quyosh nuri tushmaydigan qismida
esa tun bo`ladi.
10-bob fasllar
23-sentyabrda kun va tunning davomiyligi teng bo`ladi,keyin
kunlar qisqarib, tunlar uzayib boradi.22-dekabrda esa eng uzun tun va
qisqa kun kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|