3-sinf Tabiatshunoslik A. Bahromov,Sh. Sharipov,M. Nabiyev Ona tili va o`qish savodxonligi tuzuvchilari 1-2-sinf Iroda



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/64
tarix23.05.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#87718
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64
Attestatsiya qo`llanma kitobi

Granit-
“donador”
degan ma`noni anglatadi.Uning donador toshlari 
pushti,kulrang,yashil bo`ladi.Granitning rangi shu donador toshlardan qaysi 
biri ko`pligiga bog`liq.Toshkent,Namangan va Samarqand viloyatlaridan 
turli rangdagi granitlar qazib olinadi.”Temuriylar tarixi davlat 
muzeyi”,”Yoshlar ijod saroyi”zina va poydevori,eshik peshtoql
ari granit 
bilan qoplangan. 
Ohaktosh
-tosh kabi qattiq bo`ladi,shuning uchun ohaktosh 
deyiladi.Maydalanib oq mayda shag`alga aylantiriladi. 
Qum va gil
-toshlarni uzoq vaqt yemirilishidan qum hosil bo`lgan.Qum
shag`al va sementga aralashtirib mustahkam beton quyiladi.Oyna va 
shishalar oq qumdan tayyorlanadi. 
Gil
 
ham qumlarning nurashidan hosil bo`lgan.Gil zarrachalari qum 
zarrachalaridan bir necha yuz marta maydadir.Gil-chang 
zarrachalaridir.Tuproqning asosini ham gil tashkil etadi.Tuproq yuqori 
haroratda qizdirilganda chirindilar yonib,gilning o`zi qoladi.Gildan turli 
sopol va chinni buyumlar tayyorlanadi. 
Qadim zamonlarda yer yuzi xarsangtoshlardan iborat 
bo`lgan.Quyosh,yomg`ir va shamol natijasida toshlar nurab,qum va gilga 
aylana borgan.O`simliklar dastlab suvda paydo bo`lgan.Shamol ularni 
quruqlikka uchirib kelgan,suv o`tlari chirib tuproq hosil bo`lgan.Tuproq 
tarkibidagi mikroorganizmlar o`simlik chirindilari va hayvon qoldiqlari bilan 
oziqlanib,bakteriyalar bunday qoldiqlarni uzluksiz 
ravishda,chirindiga,mineral moddalarga aylantira borgan.Tuproq asosini gil 


tashkil etadi,ba`zi joylarda qum aralashgan bo`ladi.Tuproqning asosiy 
xususiyati tarkibida o`simlik va hayvonlarning chirindi,turli 
minerallar,mikroorganizmlar va qoldiqlari mavjudligidirTuproqdagi 
minerallarni temir,ohaktosh,kalsiy,kaliy,fosfor kabi moddalarning kukuni 
tashkil etadi.Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar turli bakteriya va 
zamburu`glardan iborat.Bakteriyalar-nihoyatda mayda,ko`zga 
ko`rinmaydigan jonzot.Zamburug`lar esa o`simliklar kabi o`sadigan va 
ko`payadigan organizm.Tuproq tarkibida havo va suv bor.Tuproqdagi 
jonivor va mikroorganizmlar shu havo ,suv hisobiga yashaydi. 
1-2metr chuqurlikdan olingan tuproqqa o`simlik ko`chati o`tqazilsa u qurib 
qoladi,chunki bu tuproqda yetarli ozuqa yo`q.O`simlik ildizi orqali nafas 
oladi. 
Tog`,adir,o`rmon,yaylov,cho`llarda,tabiat bag`rida o`sadigan o`simliklar-
tabiiy
 o`simliklar.Odamlar tomonidan ekilib,parvarish qilinadigan 
o`simliklar 
madaniy 
o`simliklardir.O`simliklarni o`t,buta,daraxt kabi turlarga 
bo`lamiz.O`tlarning ayrimlari dorivor hisoblanadi:zubturumning barglari 
odamning yara bo`lgan,kuygan,ari chaqqan joyiga qo`yiladi,barglari 
shamollash,oshqozon va ichak kasalliklarini davolaydi.Qoqio`t poyasi 
ichidagi sut kabi oq sharbatidan dori tayyorlanadi,ovqatga solinadi. 
Butalarning poyalari yog`ochlangan,ya`ni qattiq holatda,bir nechtadan to`p 
bo`libo`sadi.Tog`da na`matak,cho`lda juzg`un,saksovul,quyonsuyak kabi 
butalar bor.Na`matakning bir joydan o`ndan ortiq,ba`zilarida undan ham 
ko`p poyalar o`sib chiqadi,bo`yi 2 metrgacha ,aprelda oq,pushti ,sariq 
gullaydi,avgust-sentabr oylarida pishadi,mevasi shifobaxsh hisoblanadi. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə